1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
SPEKTRGA AJRATISh VA QAYD QILISh USULLARI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
SPEKTRGA AJRATISh VA QAYD QILISh USULLARI
AES da nurlanishni spektrga yoyish usullari uni qayd qilish usullari bilan yaqin bog’langan. Emission spektroskopiyada erishilayotgan barcha yutuqlar yuqori unumli difraksion panjaralarning ishlatilishi bilan bog’liq. Kamera obyektivining fokus masofasini oshirish va difraksion panjaraning shtrixlar sonini ko’paytirish orqali asbobning teskari chiziqli dispersiyasini yaxshilash mumkin. 2-jadval. Bir metrli monoxromator uchun shtrixlar zichligining (yassi panjara) va spektr tartibining teskari chiziqli dispersiyaga ta’siri (230 nm to’lqin uzunligida). Shtrixlarning zichligi, mm -1 2400 3600 2400 3600 Spektrning tartibi 1 1 2 2 Teskari chiziqli dispersiya, nm/mm 0,382 0,235 0,157 0,061 3-jadval. Difraksion panjaralarning ajratib ko’rsata olish kuchi (230 nm to’lqin uzunligi uchun). Shtrixlarning zichligi, mm -1 Spektrning tatibi Panjaraning eni, mm Ajratish, nm Ajratib ko’rsatish kuchi I I max I max /2 1 max 2 2.5 - расм. Спектр чизи ининг эгриси (контури). 7 1080 1 60 3,5 65000 1080 2 60 1,7 130000 1800 1 84 1,5 150000 2400 1 110 0,9 260 000 4200 1 84 0,7 350 000 2400 2 140 0,3 670000 3600 2 140 0,2 1000000 AES da fotoelektrik va fotografik usullar spektrni qayd qilishning asosiy usullari hisoblanadi. Yalpi yarim miqdoriy analizlar o’tkazish uchun spektrni ko’z bilan kuzatish orqali qayd qiluvchi asboblar (stiloskoplar) ishlatiladi. Fotoelektrik qayd qilish uchun detektor sifatida, yorug’lik oqimini elektr signaliga aylantiruvchi (fotoelementlar, fotoelektron ko’paytirgichlar, fotodiodlar) qurilmalar ya’ni fotoelektrik o’zgartirgichlar xizmat qiladi. Bu holda elektr signalining kattaligi, detektorga tushadigan yorug’lik oqimining intensivligiga proporsional bo’ladi. Keng tarqalgan fotokimyoviy detektorlarga fotoplastinka va fotoplyonkalar kiradi. Bu holda yorug’lik oqimining intensivligi fotoplastinkadagi spektr chizig’i tasvirini qorayish darajasini ya’ni, optik zichligini aniqlaydi. Qorayish darajasi fotometrik usul bilan o’lchaniladi. Oxirgi 20 yilda yorug’lik qabul qilgichlar sifatida fotoplastinka va fotoplenkalanning o’rnini fotoelektron ko’paytirgichlar (FEK) egalladi. FEK lar ikki qismdan, ya’ni tushuvchi fotonlarni elektronlarga aylantiruvchi fotokatod va elektronlar sonini ko’paytiruvchi dinodlardan iborat. AES da bir va ko’p kanalli qayd qilish usullari ishlatiladi. Namuna chiqargan nurlanishni spektrga yoyish uchun monoxromatorlar va polixromatorlar ishlatiladi. Atomlarning chiqarish spektrlari chiziqlarga juda boy. Shuning uchun, ajratib ko’rsatish kuchi yuqori darajada katta bo’lgan spektral asboblardan foydalanish kerak. Moddalarni alanga bilan atomlaganda chiqarish chiziqlarining soni kam bo’lganligi uchun ajrata olish kuchi past bo’lgan monoxromatorlardan foydalanish mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling