1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

lgc
lgI
I
c
2.6-rasm. Darajalash grafiklari. 
Bu hodisaning mohiyati quyidagicha: Qo’zg’algan atom tomonidan chiqarilgan 
foton, yorug’lik manbaini tark etishdan oldin shu moddaning boshqa atomlari 
tomonidan yutilishi mumkin. Fotonni yutgan atomlar, energiyasi kattaroq holatlarga 
o’tadi. Yorug’lik manbaida moddaning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bunday 
yutish shuncha ko’p sodir bo’ladi. Qo’zg’algan atomlarning umumiy yashash vaqti 
ko’payadi, bu esa o’z navbatida nurni o’chiruvchi to’qnashishlar sonining 
ko’payishiga olib keladi. Buning natijasida konsentrasiyaning ortishi bilan spektr 
chiziqlari intensivligining shunga proporsional ravishda ko’payishi sekinlashadi. 
AES usuli bilan miqdoriy analiz qilganda tashqi standart (darajalash grafigi), 
ichki standart va qo’shimcha kiritish kabi asosiy darajalash usullarining hammasini 
ishlatish mumkin. Qaysi usul tanlanishining maqbul bo’lishi, ehtimoli bo’lgan 
xalaqitlarning xarakteriga va analiz qilinayotgan namunaning tabiatiga bog’liq. 
Namunaga qo’shimcha qo’shish usuli, asosan fizik-kimyoviy xalaqit tug’dirayotgan 
bevosita multiplikativ xatoliklarni yo’qotishga imkon beradi. Lekin bu usul, spektr 
chiziqlarining ustma-ust tushishi kabi additiv spektral xalaqitga qarshi kurashda 
kuchsizdir. Texnik nuqtai-nazardan qo’shimcha qo’shish usulini, faqat eritmalarni 
analiz qilgandagina amalga oshirish mumkin (demak, alanga va induktiv bog’langan 
plazma atomizatorlarida). Lekin qattiq namunalar bilan ishlaganda (yoy va uchqun 
razryadlarida) uni amalga oshirib bo’lmaydi. Darajalash egriligini qurishda 
foydalaniladigan hamma standart namunalar, o’zining fizikaviy holati va kimyoviy 
tarkibiga ko’ra, analiz qilinuvchi namuna bilan yaqin bo’lishi kerak. 
AES USULINING METROLOGIK XARAKTERISTIKALARI VA
ANALITIK IMKONIYaTLARI 
Sezgirligi. AES da aniqlash chegarasi atomlash usuliga va aniqlanayotgan 
elementning tabiatiga bog’liq bo’lib keng oraliqda o’zgarishi mumkin. Oson 
qo’zg’atiladigan va ionlanadigan elementlar uchun (ishqoriy va ko’pchilik ishqoriy 
yer metallari uchun) alanga eng yaxshi atomlash manbai hisoblanadi (
min
C
to 10
-7

mass. gacha). Ko’pchilik boshqa elementlar uchun eng yuqori sezgirlik moddani 
induktiv bog’langan plazma usuli bilan atomlashda erishiladi (10
-8
% mass. gacha). 
Atomlashning an’anaviy manbalari yoy va uchqun razryadlarida aniqlash chegarasi 
yuqori bo’lishining (uchqunda, yoyga qaraganda bir-ikki tartib yuqori) sababi, bu 
razryadlarni fazoning juda kichik qismida sodir bo’lishidir. Bug’latilgan namuna 
miqdorining kamligi ham shunga mos. 


11

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling