1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Asbobning tuzilishi Asbobning metall g’ilofi ichiga (1.18 - rasm) quyidagi qismlar joylashtirilgan; fotometrik qism, elektr energiyasi bilan ta’minlovchi qism, doimiy tokni kuchaytirgich, rotametrlar tuguni. G’ilofning o’ng tomoniga atomlarni qo’zg’atuvchi qism o’rnatilgan. Asbobning chapdagi yon devoriga tegishli yorug’lik filtrini (o’lchanayotgan elementni simvolini) o’rnatish uchun ruchka joylashgan. Orqa devoriga esa havo va tabiiy gazni ulash uchun ikkita shtuser, yerga ulash uchun klemma, elektr tarmog’iga ulash uchun kabel va saqlagich joylashtirilgan. Asbobning old tomoniga (1.18 - rasm) uning elektr qismini boshqarish uchun ruchkalar, mikroampermetr, asbobga kelayotgan gaz-havo aralashmasi 1 2 5 3 6 8 7 4 1.17 - rasm. Alanga fotometrining umumiy 21 nisbatini (miqdorini) boshqarish uchun ruchkalar, parda va optik ponani tegishli joyga qo’yish uchun uzatmalar joylashtirilgan. Qo’zg’atuvchi qism, tadqiq qilinayotgan eritmani aralashtirish kamerasiga purkaydigan 2 forsunkadan tashkil topgan. Asbobning ehtiyoj qismlari ichida kapilyar naylarining diametri 0.6, 0.89 va 1,01 mm bo’lgan uchta forsunka bor. Aerozol va gaz-havo aralashmasi aralashtirish kamerasidan yonish kamerasida joylashgan gorelkaga keladi. Gorelkaning holati 3 aylanma buragich orqali to’g’rilanadi. Yonish kamerasi 6 metall g’ilofdan qilingan bo’lib uning ichiga qaytaruvchi ko’zgu, alangani kuzatish uchun 5 derazacha qo’yilgan. Alangani tashqaridan tushayotgan yorug’likdan himoya qilish uchun 4 g’ilof o’rnatilgan. Fotometr qismining qutisi ikkita bo’lmaga ajratilgan. Bitta bo’lmaga obyektiv, linzalar, panjara, interferension va yutuvchi yorug’lik filtrlari, qaytaruvchi ko’zgu va optik pona joylashtirilgan. Ikkinchi, zich qilib yopilgan va ekran bilan to’silgan bo’lmaga kompensasiyalovchi va o’lchovchi fotoelementlar tuguni hamda qarshiliklar (rezistorlar) qismi joylashtirilgan. Elektr toki bilan ta’minlovchi qism va doimiy tok kuchaytirgichi shassiga terilgan, u esa asbob qutisining ostiga mahkamlangan. Asbob qutisining orqa 11 12 13 14 7 8 1 4 5 6 3 2 1.18 - rasm. PAJ - 1 alanga fotometrning umumiy ko’rinishi 1 - mikroampermetr; 2 - forsunka; 3 - gorelkaning balandligini to’g’rilovchi aylanma buragich; 4 - alangani yopadigan g’ilof; 5 - alangaga qaraydigan tirqish; 6 - yonish kamerasi; 7 - vaqt doimiysining qiymatini o’rnatuvchi ruchka; 8 - sezgirlikni katta-katta o’rnatuvchi ruchka; 9 -fotometrik pona; 10 - yorug’lik nurini to’sadigan parda; 11 - sezgirlikni asta-sekin o’rnatuvchi 22 devori olinganda uning hamma qismlariga va elementlariga erkin kirish ta’minlanadi. Kirish shtuserlaridan havo va gaz magistrallari ketadi. Gaz magistraliga gaz filtri ulangan. Havo magistralining havoni ko’paytirib ozaytirib to’g’rilaydigan 16 drosseli asbob old devorining orqasida joylashgan. Kirish shtuseri bilan to’g’rilaydigan drossel orasiga filtr qo’yilgan. Drossel vintini burash orqali havo oqimi forsunkaga va alangani puflash uchun taqsimlanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling