1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

bo’laklarida, 4 dan ko’p emas. 
4. O’lchash natijasining o’zgarmas qiymatga erishish vaqti 30 sekunddan 
ko’p emas. 
5. Bosim 0.08 MPa bo’lganda tadqiq qilinayotgan suyuqlikning sarf 
qilinadigan eng kam miqdori 6 ml/minutdan ko’p emas. 
6. Yarim soat ichida elektrik va fotometrik nol nuqtadan siljish, 
shkalaning 4 bo’lagidan ko’p emas. 
7. Interferension yorug’lik filtrlari o’tkazadigan nurlarning to’lqin 
uzunliklari, nm larda 
natriy uchun = 589 ± 5 
kalsiy uchun = 622 ± 5 
litiy uchun = 670 ± 5 
kaliy uchun = 768 ± 5 
8. Asbob, kuchlanganligi 220 ± 10 V bo’lgan o’zgaruvchan tok manbaiga 
ulanadi. 
Asbobning tuzilishi va ishlash prinsipi 
Alanga fotometriyasi usuli bilan ishlaydigan suyuqlik analizatori (bundan 
keyin alanga-fotometri) (1.17 - rasm) quyidagi qismlardan tashkil topgan: alanga 
fotometrining o’zi 1, membranali maxsus kompressor 2, tabiiy gaz bosimini 
to’g’rilagich 3, tabiiy gaz magistralini asbobga ulaydigan gaz shlangi 4, 
kompressorni asbobga ulaydigan gaz shlangi 5, tabiiy gaz magistrali 6, propan-
butan gaz balloni 7 va gaz ballonining reduktori 8. 
Asbobga kompressordan rezin nay orqali havo keladi. 
Bu rasmda har xil yonuvchi aralashmalar (propan-butan-havo, tabiiy gaz-
havo) bilan ishlash uchun asbobning turli qismlarini ulashning umumiy sxemasi 
ko’rsatilgan. 
Asbobning ishi, tuzi alangaga kiritiladigan elementlarning chiqarish spektri 
intensivligini o’lchashga asoslangan. Tadqiq qilinayotgan element tuzining 
eritmasi so’rilib, gorelkada yonayotgan alangaga purkaladi. 
Tabiiy gaz-havo alangasida yonayotgan aerozol aralashmasi alangani 
tegishli element chiqaradigan yorug’likning rangiga bo’yaydi. 


20
Alangada qo’zg’atilgan element atomlari o’zidan ma’lum to’lqin uzunligiga 
ega bo’lgan yorug’lik chiqaradi. 
Shunday qilib, yorug’likning to’lqin uzunligi u yoki bu elementning boshqa 
elementlar orasida bor yo’qligini xarakterlovchi ko’rsatgich hisoblanadi. 
Chiziqning intensivligi esa alangada kechayotgan jarayonning miqdoriy tomonini 
xarakterlaydi. Alangada qo’zg’atilgan atomlar sonining ko’payishi bilan ular 
chiqarayotgan yorug’likning intensivligi ortib boradi. Analiz qilinayotgan 
namunalarning eritmalari alangaga bir xil tezlik (ml/vaqt) bilan purkalgani uchun 
oxir-oqibatda yorug’likning intensivligi eritmaning konsentrasiyasiga bog’liq 
bo’ladi. 
O’lchash kerak bo’lgan spektr chizig’ini ajratib olish uchun asbobda 
interferension va yutuvchi yorug’lik filtrlari ishlatiladi. Bu filtrlarning o’tkazish 
maksimumi, aniqlanayotgan element chiqarayotgan yorug’likning to’lqin 
uzunligiga mos keladi. 
Yorug’lik qabul qiluvchi elementlar strelkali mikroampermetr bilan 
bog’langan. Mikroampermetr strelkasining og’ishi aniqlanayotgan element 
chiqarayotgan yorug’lik intensivligiga proporsional bo’ladi. 
Standart eritmalar bilan o’tkazilgan tajribaning natijalari asosida darajalash 
grafigi chiziladi. Koordinat sistemasining abssissa o’qiga standart eritmalarning 
konsentrasiyasi, ordinata o’qiga esa asbobning tegishli ko’rsatgichlari qo’yiladi. 
Darajalash grafigi orqali tadqiq qilinayotgan eritmaning konsentrasiyasini aniqlash 
mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling