1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Darajalash chizig’ini chizish usuli
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Darajalash chizig’ini chizish usuli U yoki bu elementning konsentrasiyasini aniqlash darajalash chizig’ini qurishdan boshlanadi. Darajalash chizig’i har bir element uchun standart eritmalar bo’yicha chiziladi. Standart eritmalar esa «Alanga fotometriyasida ishlatiladigan darajalash chiziqlarini qurish uchun standart eritmalar tayyorlash usuli» ga ko’ra tayyorlanadi. Standart eritmalarning konsentrasiya oralig’i aniqlanayotgan elementning eritmadagi kutilayotgan konsentrasiyasini hisobga olib tanlanadi. Bu oraliqni tanlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: standart eritmalarning eng katta konsentrasiyasi tadqiq qilinayotgan eritmalarning konsentrasiyasidan kichik bo’lmasligi kerak. Darajalash chizig’ini qurish uchun: 1. Asbobni «Asbobni ishlatish tartibi» bo’limida ko’rsatilganday qilib ishga tayyorlang; 2. Asbob qiziyotgan vaqtda standart va tadqiq qilinayotgan eritmalarni o’lchash uchun ishlatiladigan polietilen stakanchalarni tozalab yuving. O’lchanadigan eritma bilan ularni chaying. Chang tushmasligi uchun stakanchalarning ustini yoping; 3. Standart eritmalar ichida ikkita stakanchada «nol» eritma (aniqlanadigan komponent bo’lmagan) bo’lishi kerak. Ularning bittasi, bir eritmadan ikkinchi 26 eritmaga o’tganda kapilyarni va sistemani yuvish uchun, ikkinchisi esa «nol» standart eritma sifatida ishlatiladi. Bir eritmadan boshqasiga o’tganda sistemani shu eritmaga tegishli «nol» eritma bilan yuvish kerak; 4. Asbob, aniqlanayotgan elementga to’g’rilanganligini tekshiring; 5. «Sezgirlikni asta-sekin o’zgartirish» («chuvstvitelnost plavno») ruchkasini o’rta holatga o’rnating; 6. So’ruvchi kapilyarning ostiga o’lchash uchun tayyorlangan standart eritmalardan konsentrasiyasi eng katta bo’lgani quyilgan stakanchani qo’ying; 7. «Sezgirlikni katta-katta o’zgartirish» («chuvstvitelnost grubo») yozuvli ruchkani burab shunday holatga o’rnatish kerakki, mikroampermetrning strelkasi asbob shkalasidan tashqariga chiqmasin ya’ni, «0» dan kamaymasin va «100» dan ko’paymasin; 8. «Sezgirlikni asta-sekin o’zgartirish» («chuvstvitelnost plavno») ruchkasini burab mikroampermetr strelkasini «100» bo’limning chizig’iga to’g’rilang; 9. Eritmani kapilyardan olib va yorug’likni to’suvchi pardani yopib «nol nuqtani o’rnatish» («ust. nulya») ruchkani burab mikroampermetr strelkasini «0» chiziqqa to’g’rilang; 10. Pardani oching va kapilyar ostiga «nol» eritmani (ya’ni distillangan suvni) qo’yib «optik pona» («opticheskiy klin») ruchkasi bilan mikroampermetr strelkasini shkalaning «0» chizig’iga to’g’rilang; 11. Kapilyar ostiga yana konsentrasiyasi eng katta bo’lgan standart eritmani qo’ying, agar zarur bo’lsa 13 «chuvstvitelnost plavno» va 14 «chuvstvitelnost grubo» ruchkalar yordamida mikroampermetr strelkasini «100» chiziqqa to’g’rilang; 12. Kapilyar ostiga «nol» eritmani qo’ying, bu holda mikroampermetr strelkasi «0» chiziqqa to’g’ri kelishi kerak. Agar shunday bo’lmasa keyingi amallarni takrorlang. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling