1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

 
O’lchash usuli 
 
O’lchash, tadqiq qilinayotgan eritmalar o’lchanganda olingan 
natijalar bilan aniqlanayotgan elementning konsentrasiyasi ma’lum 
bo’lgan standart eritmalari uchun olingan natijalarni solishtirishga 
asoslangan. Shuning uchun, darajalash vaqtidagi va tadqiq 
qilinayotgan eritmalarni o’lchash vaqtidagi sharoitlar bir xil bo’lishi 
juda muhimdir. Shuningdek, standart eritmalarni tayyorlash aniqligi, 
hamroh elementlarning ta’sirini hisobga olish, standart eritmalarning 
fizik-ximik xossalarining o’xshashligi muhim ahamiyatga egadir. 
Asbob yuqori sezgirlikka ega bo’lgani uchun, havoning changida yoki 
ishlatilayotgan gazlarda aniqlanayotgan elementning bor yo’qligiga e’tibor berish 
kerak. Masalan, kaliyni aniqlashda asbob yaqinida sigaret chekilsa, uning 
ko’rsatishi keskin ortadi, chunki tutunda ko’p miqdorda kaliy bor. 
Darajalash chizig’i chizilgandan so’ng tadqiq qilinayotgan eritmalarning 
konsentrasiyasini aniqlashga kirishiladi. Buning uchun yana «nol» standart 
o’lchanadi. Keyin alangaga tadqiq qilinayotgan eritmalar navbat bilan kiritilib, 
ularga mos kelgan mikroampermetr shkalasining qiymati yozib olinadi va 
darajalash chizig’i yordamida elementning konsentrasiyasi aniqlanadi. 
Agar, o’lchash jarayonida, konsentrasiyasi tanlangan oraliqdan katta bo’lgan 
eritmalar uchrasa, «shkalani siljitish» ruchkasidan foydalanib, ularning miqdorini 
taxminan o’lchash mumkin. 
Yuqorida bayon qilingan ishlar eritmada boshqa elementlar bo’lmagan yoki 
aralashmadagi hamroh elementlar halaqit bermagan hollar uchun to’g’ridir. 
Boshqa hollar uchun maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanish kerak. 
Bunday usullar adabiyotlarda bayon qilingan.
Eritmadagi elementning konsentrasiyasi 5 mg/l dan katta bo’lgan hollarda, 
asbobning kompensasiyalovchi kanalini yopib ishlatish mumkin. Buning uchun, 
«optik pona» («klin opticheskiy») ruchkasini soat strelkasi bo’yicha oxirigacha 
burash kerak. Kompensasiyalovchi kanal yopiq holda asbob bir kanalli (bitta 
nurli) variantga o’tadi. 


28
Asbobni o’chirish 
1. «Shkalani siljitish» 15 ruchkasini «Arretir» holatga, «sezgirlikni katta-
katta o’zgartirish» («chuvstvitelnost grubo») 8 ruchkasini esa «0» holatga qo’ying; 
2. Gaz kranini (yoki gaz ballonining ventilini) yoping, alanga o’chgandan 
keyin esa asbobning «gaz» ventilini ham yoping
3. «Vkl» yozuvli 12 tumbler orqali asbobni o’chiring; 
4. Kompressorni o’chiring; 


29

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling