1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Shunday qilib, ketma-ket yaqinlashish usuli orqali o’lchash


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Shunday qilib, ketma-ket yaqinlashish usuli orqali o’lchash 
oralig’i o’rnatiladi. O’lchash oralig’i o’rnatilgandan so’ng darajalash 
chizig’i chiziladi. Buning uchun alangaga navbat bilan «nol» dan to 
maksimal konsentrasiyagacha bo’lgan standart eritmalar kiritiladi. 
Har bir namuna uchun o’lchash natijasi yozib olinadi Bu 
ma’lumotlar asosida konsentrasiya-hisob koordinat sistemasiga 
darajalash chizig’i chiziladi. 
Asbobning ko’rsatishini yozib olish va aniqlanuvchi elementning eritmadagi 
konsentrasiyasini o’lchash bo’yicha keyingi ishlar gaz va havo sarfini hamda 
asbobning hamma ruchkalarining holatini o’zgartirmasdan olib borish kerak. 
Alangadan kelayotgan yorug’likni o’lchash mikroampermetr strelkasi shkalaning 
biror qiymati atrofida to’xtaganda (biror qiymat atrofida tebranib turganda) 
amalga oshirilishi kerak. 
Past konsentrasiyalar bilan ishlaganda strelkaning tebranish amplitudasi 
katta bo’lishi mumkin. Tebranish amplitudasini kamaytirish uchun vaqt doimiysini 
o’zgartiruvchi 7 ruchkadan foydalanish mumkin. 
Agar, tadqiq qilinayotgan eritmaning konsentrasiyasi haqida ma’lumot 
umuman bo’lmasa, bunday holda, asbobning sezgirligini pasaytirib, kelayotgan 
yorug’likning intensivligini o’lchash kerak. Keyin mikroampermetrning strelkasi 
shkalaning o’ng tomoniga o’tgunga qadar asbob sezgirligini asta-sekin oshirish 
kerak. So’ngra shunday standart eritma tanlash kerakki, u ham strelkani taqriban 


27
shunchaga og’dirsin. Bu standart eritmaga qarab darajalash chizig’i chizish uchun 
qanday eritmalar tayyorlash kerakligi aniqlanadi. 
Asbobda 15 «shkalani siljitish» ruchkaning borligi uni qayta sozlamasdan
o’lchash oralig’ini 4 - 5 marta ko’paytirish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun, 
asbob kalibrovkasini «0» holatda tugatib, boshqa ruchkalarga tegmasdan «shkalani 
siljitish» ruchkasini «100» holatga burash kerak va alangaga konsentrasiyasi katta 
bo’lgan standart eritmalarni kiritib darajalashni davom ettirish mumkin. Keyin 
yana ham kattaroq konsentrasiyaga o’tiladi, agar strelka shkaladan chetga chiqsa, 
ruchka «200» ga, so’ngra «300» ga buraladi. 
Asbob o’zgarmas sharoitda ishlagan vaqtda, darajalash chizig’i davriy 
ravishda (8 - 10 ta namunani o’lchagandan so’ng) tekshirib turilishi kerak. Havo 
yoki gazning bosimi o’zgarganda alanga konuslarining o’lchami va rangi 
o’zgaradi. Bunday holda darajalash chizig’ini yangidan chizish kerak. 
Gaz va havo bosimlarining o’zgarishi asbobning old tomoniga o’rnatilgan 
rotametrlar yordamida nazorat qilinadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling