1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
FOTOMETRIK ANALIZ
FOTOMETRIK REAKSIYaLAR Ko’pincha spektrofotometrik analizlar o’tkazish uchun moddaga rang beruvchi yoki aksincha, uni rangsizlantiruvchi (onda-sonda) kimyoviy reaksiyalar o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunday reaksiyalar fotometrik (rangli) reaksiyalar deyiladi. Quyidagi hollarda fotometrik reaksiyalar o’tkaziladi: Aniqlanuvchi komponent rangsiz yoki yorug’likni kam yutganda; Aniqlanuvchi va begona komponentlarga tegishli polosalar bir-birini qoplaganda (bir-birini ustiga tushganda); Aniqlanuvchi komponent turli xil kimyoviy shakllarda qatnashganda. Elementlarni, birinchi navbatda metallarni spektrofotometrik aniqlashlarda deyarli hamma vaqt fotometrik reaksiyalar o’tkaziladi. Bunday reaksiyalar natijasida aniqlanuvchi komponent, ko’pchilik hollarda organik birikmalar yoki ba’zi hollarda noorganik ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Organik moddalarni aniqlaganda esa rangli birikmalarni (azobirikmalar, polimetin va xinonim kabi bo’yoq moddalar) sintez qilishga murojaat etishadi. Analitik kimyoda ishlatiladigan boshqa har qanday reaksiyalar kabi fotometrik reaksiyalar ham, ularning ximizmidagi farqlarga qaramasdan ma’lum nisbatda va ajratish (tanlash) qobiliyatiga ega bo’lishi va tez sodir bo’lishi kerak. Bundan tashqari fotometrik reaksiya maxsulotlari tomonidan yorug’likning yutilishi, yaxshi takrorlanuvchi va vaqt bo’yicha doimiy bo’lishi kerak. Aniqlanayotgan modda uchun konsentrasiyaning keng oralig’ida Buger-Ber-Lambert qonunining bajarilishi juda muhim. Agar reagent rangli bo’lsa, yana bitta shart qo’shiladi: fotometrik reaksiya yuqori keskinlikka (kontrastlikka) ega bo’lishi kerak, ya’ni eritmani rangga bo’yovchi reagent va reaksiya maxsulotining yutilish polosalari bir birini qoplamasligi kerak. Fotometrik reaksiyalar orqali moddani aniqlash bevosita va bilvosita usullarga bo’linadi. Bevosita spektrofotometrik aniqlash, aniqlanuvchi moddani rangli birikmaga o’tkazish va keyin uning nur yutishini o’lchash orqali amalga oshiriladi. Fe 3+ - O, S OH C OH O + - O, S H O C O Fe 3+ O + H + 2Mn 2+ +5S 2 O 8 2- +8H 2 O Ar + , кат 2MnO 4 - +10SO 4 2- +16H + Aniqlanuvchi reagent rangli 74 modda birikma Bilvosita aniqlashlar uchun aniqlanuvchi modda bilan o’zaro ta’sir natijasida parchalanadigan (bunday holda aniqlanuvchi moddaning miqdori yordamchi moddaning nur yutishini kamayishiga ko’ra aniqlanadi) F - + O O SO 3 - O O H Al 3+ + H 2 O O O SO 3 - O O H H OH - + + AlF 2+ Aniqlanuvchi yordamchi reaksiyaning rangsiz maxsulotlari modda rangli modda yoki yangi rangli birikma hosil qiluvchi yordamchi rangli moddalar ishlatiladi: 2Cl - + Ar 2 CrO 4 тв = 2ArCl тв + CrO 4 2- Aniqlanuvchi yordamchi rangli modda modda birikma Bilvosita usullarda rangli birikmaning tarkibida aniqlanuvchi modda bo’lmaydi. Fotometrik reaksiyalar aniqlanuvchi moddani rangli birikmaga to’liq o’tkazishni ta’minlaydigan sharoitlarda o’tkazilishi kerak. Eritmaning rN i, reagentlarning konsentrasiyasi, reaksiya vaqti va temperatura muhim shart sharoitlarga kiradi. Noorganik va organik moddalarni aniqlashga bag’ishlangan ko’plab reaksiyalar mavjud. Fotometrik reaksiyalar tanlashda o’lchashning sezgirligi va selektivligi kabi ko’rsatgichlar hisobga olinishi kerak. Xulosa qilib aytganda, fotometrik aniqlash usullari uch xil reaksiyaga asoslangan. 1. X + R XR (bevosita usul) bu yerda X - aniqlanayotgan ion, R - XR birikmani elektromagnit nur yutishini ta’minlaydigan kimyoviy modda, XR - elektromagnit nur yutuvchi birikma. 2. MR + Y MY (bilvosita usul) Y - aniqlanishi kerak bo’lgan ion, MR - elektromagnit nur yutuvchi birikma. 3. X + R XR (bilvosita usul) X - aniqlanayotgan ion, XR - erimaydigan birikma. Amalda hamma elementlarni aniqlash uchun fotometrik usullar ishlab chiqilgan. Bevosita usulda aniqlanayotgan ion va bo’yoq moddasi hosil qilgan birikmaning, bilvosita usullarda esa tarkibida aniqlanayotgan ion bo’lmagan zarralarning yutilish polosasi o’lchanadi. Oxirgi reaksiyada hosil qilingan cho’kma ajratilib eritmaga o’tkaziladi va cho’kmani tashkil etuvchilaridan biri fotometrik usul orqali aniqlanadi. Shunday qilib, bilvosita usullar elektromagnit nurlarni yutuvchi birikmani buzishga hamda 75 cho’kma hosil qilish reaksiyalariga va keyin cho’kmani eritib uni bir komponentini topishga asoslangan. Albatta, bevosita usullar eng yaxshi natija beradi. Uchinchi tipdagi reaksiyaga asoslangan usullar yomon natijalar beradi. Shuning uchun, uni 1 va 2 xil usullar bo’lmagan holdagina ishlatish kerak. Bilvosita usullar ishqoriy metallarni va ko’pchilik metalmaslarni sulfat hamda galogenid ionlarni aniqlashda ishlatiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling