1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


BUGER-BER-LAMBERT QONUNIDAN ChETLANIShNING SABABLARI


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

 


71
BUGER-BER-LAMBERT QONUNIDAN ChETLANIShNING SABABLARI 
 
Yorug’lik yutilishining asosiy qonuniga ko’ra optik zichlik bilan konsentrasiya 
orasidagi bog’lanish chiziqli xarakterga ega. Bu qonunni bajarilishi uchun zarur 
bo’lgan shart-sharoitlarga rioya qilmaslik, chiziqli bog’lanishning buzilishiga olib 
keladi. 
Bu qonun monoxromatik nurlar uchun chiqarilgan. Agar optik zichlikni 
o’lchashda, yorug’likning yetarli darajada keng qismini o’tkazuvchi yorug’lik 
filtrlaridan foydalanilsa, eritmaning optik zichligi bilan konsentrasiyasi orasidagi 
to’g’ri proporsionallikdan chetlanish kuzatiladi. Bundan tashqari, Buger – Ber - 
Lambert qonuni faqat shu holda bajariladiki, qachonki eritmada, moddaning 
konsentrasiyasi o’zgargani bilan hyech qanday kimyoviy o’zgarish bo’lmasa, ya’ni 
moddaning yuqori konsentrasiyalarida erigan molekulalar o’rtasida assosiasiya hosil 
bo’lmasa, shuningdek modda ionlarga dissosiyalanib ketmasa. 
Shunday qilib, bu qonundan chetlanishning sabablari fizikaviy va kimyoviy 
bo’lishi mumkin. 
Buger – Ber - Lambert qonunidan chetlanishning fizikaviy sabablari. Buger 
- Ber - Lambert qonuni erigan moddaning konsentrasiyasi 0,01mol/l dan kam bo’lgan 
suyultirilgan eritmalar uchun to’g’ri. Katta konsentrasiyalarda yorug’lik yutuvchi 
zarrachalar bir-biriga juda yaqin joylashadi. Bu holda har bir zarracha o’ziga qo’shni 
bo’lgan zarrachadagi zaryad taqsimlanishiga ta’sir qiladi, bu esa o’z navbatida
zarrachani ma’lum to’lqin uzunlikdagi yorug’likni yutish qobiliyatiga ta’sir qiladi va 
qonundan chetlanish kuzatiladi. 
Buger – Ber - Lambert qonunidan ancha chetlanish, yorug’lik oqimini yetarli 
darajada monoxromatik bo’lmaganligi bilan bog’liq. Eritmaning yutilish polosasini 
ifodalovchi egriligidan ikkita A va B qismlarni ajratamiz (4.5a - rasm). Yutilish 
polosasini A qismiga to’g’ri keladigan to’lqin uzunliklari yordamida optik zichlikni 
konsentrasiyaga bog’liqligini o’lchasak to’g’ri proporsional bo’lmaydi, chunki u, 
polosaning A qismi ichida ko’p o’zgaradi. Yutilish polosasining B qismini ichida 
 
kam o’zgaradi va optik zichlikni konsentrasiyaga bog’liqligi amalda to’g’ri chiziqdan 
iborat bo’ladi (4.5b- rasm). 
 
4.5 - rasm. Yutilishning molyar koeffisiyentini yorug’likning to’lqin uzunligiga 
bog’liqligi (a) va optik zichlikni yutilish polosasining A va B qismlariga kiruvchi 
to’lqin uzunliklari bilan o’lchagandagi darajalash egriliklari (b). 

, нм
А 
С 
А 
Б 
а 
б 
А полоса 
Б полоса


72
Optik zichlikni spektrofotometrlar yordamida o’lchaganda, ya’ni 
monoxromatik yorug’lik ishlatilganda yaxshi natijalar olinadi. Ba’zida (eritmaning 
konsentrasiyasi katta bo’lgan hollarda) eritmaning sindirish ko’rsatgichi bilan bog’liq 
bo’lgan juda kichik xatolik bo’ladi. Bu xatoni tuzatish uchun qonun ifodasidagi 

o’rniga 
2
2
)
2
/(

n
n

kattalikni kiritish kerak. Eritmaning konsentrasiyasi 0,01 mol/l 
dan kam bo’lgan hollarda odatda, bu xatolik juda kichik va uni hisobga olmasa ham 
bo’ladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling