1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Mavzu. Molekulyar spektroskopiya usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOLEKULYaR ANALIZ USULLARI
8 Mavzu. Molekulyar spektroskopiya usullari.
1. Reja: Molekulalarning spektrlari, xususiyatlari. Spektrning shakli, modda tuzilishi va agregat holatiga bog’liqligi. Buger-Lambert-Ber qonuni. Qonundan chetlanish va uning sabablari. Yorug’lik yutilishining molyar koeffisiyenti. MOLEKULYaR ANALIZ USULLARI Molekulaning to’liq energiyasi E elektronlar energiyasi el E , atomlar tebranish harakatining energiyasi teb E va molekula aylanma harakati energiyalarining ayl E yig’indisidan iborat bo’ladi. ayl teb el E E E E Bu energiyalarning qiymatlari orasida quyidagi munosabat mavjud ayl teb el E E E Kvant mexanikasiga ko’ra E va uning tarkibiy qismlari diskret qiymatlarni qabul qiladi. Masalan molekula, energiyasi qat’iy aniq elektron holatlarga ega. Uning bu elektron holatlariga energetik sathlar deyishadi. Miqdoriy spektrofotometrik (fotometrik) analiz, asosan molekulaning elektron energetik sathlari orasidagi o’tishlar hisobiga hosil bo’ladigan elektron yutilish spektrlari bilan bog’liq. Modda gaz holatdan kondensirlangan (suyuq va qattiq) holatga o’tganda, polosani kengligi keskin ortadi. Buning sababi, qattiq jism va suyuqlikda molekulalar orasidagi masofa kamaygani uchun qo’shni zarrachalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirning kuchayishidir. ELEKTRON SPEKTRLARNING TABIATI VA XOSSALARI Moddaning, energiyasi har xil bo’lgan elektron sathlari orasidagi o’tishlar natijasida hosil bo’ladigan spektrga elektron spektrlar deyiladi. Agar modda tashqi manbadan kelayotgan elektromagnit nurlar energiyasini yutib qo’zg’algan holatlarga o’tsa, elektron yutilish spektrlari hosil bo’ladi. Bunday o’tishlar natijasida modda chiqargan yoki yutgan elektromagnit nurlarning chastotasi spektrning yaqin ultrabinafsha (UB), ko’rinuvchi va yaqin infraqizil (IQ) sohalariga to’g’ri keladi. Demak, elektron o’tishlar natijasida hosil bo’ladigan chiqarish va yutilish polosalari spektrning 200-1000 nm oralig’ida joylashgan. Atomlardan tashkil topgan moddalar elektron chiqarish va yutilish spektriga, molekulyar birikmalar esa faqat elektron yutilish spektrlariga ega. Atomlarning elektron spektrlari ingichka chiziqlar to’plamidan, molekularniki esa bir qancha keng polosalardan iborat bo’ladi. Fotometrik usullar yordamida analiz qilinayotgan rangli birikmalar, juda ko’pchilik hollarda keng yutilish polosalari bilan xarakterlanadi. Elektromagnit nurni yutuvchi birikmaning yutilish spektri deb optik zichlik A yoki yutilishning molyar koeffisiyenti ni, moddaga tushayotgan nurni to’lqin uzunligi ga bog’liqligini ifodalaydigan, xiyla murakkab egrilikka aytiladi. Shunday qilib, yutilish spektri ) ( f A ko’rinishida ifodalanadi va u yerda yutuvchi qatlam qalinligi hamda konsentrasiya ko’rsatiladi (4.1 - rasm). 66 Fotometrik analizda yutilish polosasining kengligi katta ahamiyatga ega. Polosaning kengligi qancha katta bo’lsa, bir nechta birikma aralashmasini analiz qilish shuncha qiyin bo’ladi. Rang hosil qiluvchi reaktivning va kompleksning yutilish polosalari keng bo’lsa, ularni bir-birini qoplash (bir qismini ustma-ust tushish) ehtimoli ortadi, bu esa o’z navbatida analizni murakkablashtiradi. Polosaning kengligi, uning yarim kengligi deb ataladigan kattalik bilan xarakterlanadi. Yutilish polosasining yarim kengligi deb 1 2 masofaga aytiladi (4.1 - rasm). Ko’pchilik hollarda oddiy molekulalar uchun yutilish polosasining yarim kengligi 80 - 100 nm ga teng. 4.1-rasm. Oddiy yutilish spektrining umumiy ko’rinishi va yutilish polosasining yarim kengligini hisoblash sxemasi Bu kattalik qancha kichik bo’lsa, shuncha yaxshi. Elektron spektrlarni paydo bo’lishi, birinchi navbatda, modda elektron qobig’ini qo’zg’atilishi (qayta qurilishi) bilan bog’liq. Yutilish polosasi konturining shaklini faqat elektronlar va yadrolar harakatini hisobga olgandagina tushunish mumkin. Shuning uchun ham, molekulaning «elektron» spektri o’rniga elektron-tebranish spektri tushunchasini ishlatish aniqroq bo’ladi. Molekulalarning va atomlarning elektron spektrlari orasidagi farq, molekuladagi atom yadrolarining tebranma harakati ta’sirining natijasi deb tushuntiriladi. Atomlarning spektri chiziqli (№2 ma’ruzaga qarang), molekulalarniki esa kengligi har xil bo’lgan polosalardan (yo’laklardan) iborat bo’ladi (4.2 - rasm). 4.2 - rasm. Moddalarning molekulyar spektrlari: a - bitta polosadan iborat spektr; b - qisman bir-birini qoplovchi ikkita polosadan iborat spektr. Elektron spektrlarning tabiatini moddani turli energetik holatlarga o’tib turishi bilan tushuntirish mumkin. Moddani eng turg’un holatiga, energiyasi eng kam A a б λ max λ 1 max λ 2 max а А ½ A 1 2 67 bo’lgan holati mos keladi. Bunday holatga asosiy, boshqa holatlarga esa qo’zg’algan holatlar deyiladi. Quyidagi rasmlarda (4.3 va 4.4-rasmlar) ko’rsatilgani kabi, modda faqat aniq qiymatlarga ega bo’lgan yorug’lik kvantlarini yutishi mumkin. Elektron yutilish spektrlarini talqin qilishning («o’qish»ning) asosiga molekulyar orbitallar nazariyasi olingan. Bu nazariya, molekulaning asosiy elektron holatdan qo’zg’algan holatga o’tishini, valent elektronni band molekulyar orbitaldan bo’sh molekulyar orbitalga o’tishi orqali bog’laydi. Bu holda molekulyar orbitallarning uchta turiga, ya’ni , va n larga to’rt xil elektron o’tishlar mos keladi: * * * * , , , Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling