1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


RENTGEN SPEKTRI UChUN ATAMALAR MAJMUI


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

RENTGEN SPEKTRI UChUN ATAMALAR MAJMUI 
Rentgen spektridagi chiziqlarni belgilash uchun rentgen kvanti hosil bo’lish 
mexanizmini ko’rsatuvchi simvollarning birikmasi ishlatiladi.
Masalan, MgK
1
, bu yerda Mg - elementning simvoli, K - atomni qo’zg’atish vaqtida 
ionlangan elektron sath bosh kvant sonining indeksi, keyinchalik xuddi shu sathga 
relaksasiya natijasida yuqoriroq turgan sathdan elektron o’tadi, 
 - elektron o’tish 
0,13 0,15 0,17 0,19 0,21 нм

1024
2048
I,
/
имп с
7.3-расм. Металл отишмасининг рентген флуоресцент спектри. 


58
natijasida bosh kvant son (n) o’zgarishining qiymatini ko’rsatadi. 
)
(
3
),
(
2
),
(
1









n
n
n
1, 2, 3 - elektron sathchaning nomeri. Rentgen spektrida 
 - chiziqning intensivligi maksimal bo’ladi, buning sababi 
1

n
bo’lganda elektron 
o’tishlar imkoniyatining (ehtimoliyatining) eng katta bo’lishidir. Rentgen nurlari 
chiqarilganda va yutilganda sodir bo’ladigan elektron o’tishlarning sxemasi hamda 
buning natijasida hosil bo’luvchi spektr chiziqlarining belgilanishi 7.4 - rasmda 
keltirilgan. 
7.4 - rasm. Rentgen chiqarish spektrlarining hosil bo’lishi. 
SPEKTRNI QO’ZG’ATISh MANBALARI 
Rentgen emission (chiqarish) (REA), rentgen absorbsion (yutilish) (RAA) va 
rentgen fluoressent (RFA) usullarida spektrni hosil qilish uchun rentgen trubkasi 
ishlatiladi. Termoemission katod va yaxshi issiqlik o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan 
qiyin eruvchi materialdan (W, Mo, Cu va boshqalar) qilingan sovutiladigan anoddan 
iborat elektrodlar rentgen trubkasining asosiy elementlari hisoblanadi. Trubkaning 
havosi so’rib olinib yuqori vakuum hosil qilinadi. Kuchlanganligi 20-60 kV bo’lgan 
elektr maydonida tezlashtiriladigan termoelektronlar anod yuzasiga kelib uriladi. 
Anod materiali orqali elektronlar o’tganda, ularning bog’langan va erkin 
elektronlardan elastik va noelastik sochilishi sodir bo’ladi. Birlamchi elektronning 
sochilish jarayoni uning energiyasini kamayishiga, harakatining sekinlashishiga 
ya’ni, tormozlanishiga olib keladi. 
Atomning elektromagnit maydonida tezlanish bilan harakat qilayotgan 
zaryadlangan zarracha (elektron) o’zidan uzluksiz elektromagnit rentgen nurlanish 
(tormozlanish natijasida nurlanish) spektrini chiqaradi. Agar, noelastik sochilish 
jarayonida birlamchi elektronning bog’langan elektronga bergan energiyasi, tegishli 
elektron sathni ionlashtirish energiyasidan katta bo’lsa, bu holda shu energiya sathida 
joylashgan elektronning urib chiqarilishi sodir bo’ladi va bu hodisaga elektron zarb 


59
orqali ionlashtirish deyiladi. Agar birlamchi elektronning energiyasi ionlash 
energisidan 3 - 4 marta katta bo’lsa, bunday jarayonning sodir bo’lish ehtimoli eng 
katta bo’lishi tajribada aniqlangan. Bu ma’lumot rentgen trubkasining tegishli ishchi 
parametrlarini tanlashda hisobga olinadi. Ionlangan atomni turg’un holatga qaytishi 
ya’ni relaksasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshadi, birinchisi xaraktristik rentgen 
nurini (kvantini) chiqarish (7.5- rasmga qarang) va ikkinchisi oje-elektronni chiqarish 
orqali. Shunday qilib, rentgen trubkasining chiqarish spektri - bu tormozlanganda 
chiqadigan uzluksiz va xarakteristik nurlanishlarning to’plamidan iborat bo’ladi. 
Odatda rentgen trubkalari, chiqarish spektrining u yoki bu qismini ajratib olish uchun 
ishlatiladigan metall filtrlar bilan butlanadi.
e
ikkil
e
birlam
I bosqich
qo’zg’atish
h

rentg
II bosqich
relaksatsiya
7.5-rasm. Rentgen nuri hosil bo’lishining modeli. 
REA da tekshirilayotgan namuna rentgen trubkasining anodiga o’rnatiladi. 
Namunani elektronlar bilan bombardimon qilish natijasida uning yuzasidan rentgen 
nurlari chiqa boshlaydi. RAA va RFA usullarida spektrni qo’zg’atish uchun rentgen 
trubkasi chiqarayotgan birlamchi rentgen nurlari ishlatiladi. RAA usulida 
ishlatiladigan rentgen nurlarining monoxromatiklik darajasi yuqori bo’lishi kerak. 
Elektronzondli rentgen spektral mikroanaliz usuli (RSMA) REA ning ko’rinishi 
hisoblanadi. Bu usulda rentgen spektrini qo’zg’atish uchun bir xil energiyaga ega 
bo’lgan elektronlar dastasi (dastaning energiyasi 10 - 30 keV diametri 1 - 2 mkm) 
yoki o’lchami 10x10 dan to 50x500 mkm maydonda o’zgartiriladigan elektron dasta-
rastr ishlatiladi. Birinchi holda, nuqtaviy analiz, ikkinchi holda esa, yuzaning qismini 
analiz qilish amalga oshiriladi. Shunday qilib, RSMA lokal analiz usuli hisoblanadi 
(lokal - ma’lum bir joyni analiz qilish). Bu usulda qo’zg’atish manbai sifatida 
elektron pushka ishlatiladi. Elektron pushka avto yoki termoemission katod hamda 
tezlatuvchi va fokuslovchi elektrostatik yoki magnit linzalardan tashkil topgan 
sistemadan iborat bo’lib yuqori vakuum sharoitida ishlaydi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling