1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
MARUZA. YADRO MAGNIT REZONANSI SPEKTROSKOPIYaSI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
12 MARUZA. YADRO MAGNIT REZONANSI SPEKTROSKOPIYaSI
Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasining fizikaviy asoslari YaDRO SPININING TABIATI Ma’lumki elektronning spini 2 1 ga teng. Shuning uchun u qiymati 2 3 2 ) 2 1 1 ( 2 1 h bo’lgan hususiy harakat miqdori momentiga ham ega. Ko’pchilik yadrolar ham spinga ega, lekin ularning hususiy momentlarining qiymati har xil bo’ladi. Yadrolarning eng oddiysi bo’lgan vodorod atomining yadrosi faqat bitta zarracha, ya’ni protondan iboratdir. Protonning massasi 1,67 * 10 -27 kg, zaryadi son jihatdan elektronnikiga teng, ishorasi esa musbat. Protonning spini ham elektronniki kabi 1/2 ga teng. Vodoroddan boshqa hamma atom yadrolarining tarkibiga kiruvchi yana bir zarracha neytrondir. Uning massasi protonnikiga teng, zaryadsiz va spini 1/2. Shunday qilib, agar qandaydir yadro p protondan va n neytrondan tashkil topgan bo’lsa, uning to’liq massasi (yadrodagi bog’lanish energiyasi hisobiga paydo bo’ladigan kichkina massalar defektini hisobga olmasak) p+n, to’liq zaryadi +p, to’liq spini esa p va n spinlarning yig’indisiga teng bo’ladi. Odatda har bir yadro uchun atom massasi yadro simvolining old tomonining yuqorisiga qo’yiladigan indeks orqali ko’rsatiladi. Masalan, 12 S deb belgilash massa soni 12 bo’lgan uglerod yadrosiga tegishlidir. Bu yadro uchun atomning zaryadi 6 ga teng bundan, yadroda 6 proton va 6 ta neytron borligini bilish mumkin. 13 S yadrosi (uglerodning izotopi) 6 ta proton va 7 ta neytronga ega. Har xil sondagi proton va neytronlardan tashkil topgan har bir izotopning yadrosi o’zining to’liq spin qiymatiga ega. Yadro spinlarini vektorlar kabi qo’shilishini boshqaruvchi qonunlar, afsuski hozirgacha noma’lum. Shuning uchun umumiy holda ma’lum aniq yadroning spinini oldindan aytish mumkin emas. Lekin yadro spinlari bo’yicha olingan tajribaviy natijalarni tahlil qilish ba’zi empirik qoidalar chiqarishga imkon beradi. Vodorod atomining yadrosi ( 1 H) faqat bitta protondan iborat va uning spini 1/2 ga teng, lekin yadrosi bittadan proton va neytronga ega bo’lgan vodorod atomining izotopi, deyteriyning spini proton va neytron spinlarining yo’nalishiga qarab (parallel yoki antiparallel) 1 yoki 0 qiymatlarni olishi kerak edi. Ammo tajribaning ko’rsatishicha deyteriy yadrosining spini faqat 1 ga teng. Ikkita proton va ikkita neytrondan iborat bo’lgan geliy atomi yadrosining spini ( 4 Ne) nolga teng va hakoza. Bu va tajribada olingan boshqa dalillarga tayanib quyidagi qoidalarni ta’riflash mumkin. 1. Protonlar va neytronlar soni juft bo’lgan (juft sonli proton va neytronga ega bo’lgan) (mos ravishda zaryadi va massasi juft) yadrolarning spini nolga teng bo’ladi (masalan, 4 Ne, 12 S, 16 O va hokazo ). 2. Toq sonli proton va neytronga ega bo’lgan yadrolar (zaryadi toq, massasi juft) butun sonli spinga ega bo’ladi (masalan, 14 N ning spini 1 ga, 10 V niki 3 ga teng va hokazo). 3. Toq sondagi massaga ega bo’lgan yadrolar butunning yarmiga teng bo’lgan spinga ega (masalan, 1 H, 15 N yadrolarining spini 1/2, 17 O niki 5/2 va hokazo). 95 Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasi atom yadrosining magnit xossasiga ega bo’lishiga asoslangan. Yadro fizikasi kursidan ma’lumki, ba’zi bir yadrolar, jumladan proton, burchak momenti (xususiy mexanik moment, xususiy impuls) L ga ega. Bu esa o’z navbatida, yadro magnit momenti ning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu kattaliklar quyidagi munosabat orqali bog’langan. L (6.1) bu yerda, - giromagnit nisbat, shu yadroni xarakterlovchi doimiy kattalik. Kvant mexanikasiga asosan burchak moment va yadroning magnit momentlari kvantlangan. Ularning bu xossasini klassik mexanika nuqtai-nazaridan tushuntirib bo’lmaydi. Burchak momentining dekart koordinat sistemasining ixtiyeriy tanlangan o’qiga (masalan, z o’qiga) proyeksiyasini mumkin bo’lgan maksimal qiymatlari yoki xususiy qiymatlari ( 2 / Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling