1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
H
O C H J masofaga teng bo’ladi (7.3 - rasm). Odatda, lekin doim emas, magnit yadrolari o’rtasidagi spin-spin ta’sirning effektivligi (kuchi, uzoqligi) ular orasidagi masofa uch bog’dan uzun bo’lmagandagina seziladi. Shuning uchun ham, OH gruppasi protoni bilan metil gruppasining protonlari o’rtasidagi ta’sir kuchsiz bo’lganligi uchun u bu gruppalarning spektrida namoyon bo’lmaydi. Spektr chiziqlarini qaysi fizikaviy hodisalar hisobiga hosil bo’lishi (ya’ni, qaysi chiziqlar qanday ta’sirlar hisobiga paydo bo’lganligi) 7.3 - rasmda ko’rsatilgan. Bu «tarmoqlangan spektr» elektronlar bilan ekranlanganligi turlicha bo’lgan har bir yadroning chizig’ini qurishdan boshlanadi. Keyingi qatorda eng katta J ning ta’siri hisobiga hosil bo’ladigan spektr ko’rsatilgan. So’ngra J ning har bir qiymati uchun qo’shimcha chiziqlarni qurish kerak va bu ishni oxirgi spektr olinguncha davom ettirish kerak. Bu jarayon uchun tanlash qoidasiga ko’ra ekvivalent yadrolarning bir- biriga ta’siri natijasida nozik tuzilish (struktura) ya’ni, polosaning bir nechtaga ajralishi sodir bo’lmaydi, masalan, CH 3 gruppasi protonlarining bittasi, shu gruppa protonlarini qolgan ikkitasini rezonansini ajratmaydi. 7.5 - rasmda tasvirlangan ketma-ketliklarni ya’ni, proseduralarni ishlatmasdan polosalarni ajralishi uchun umumiy bo’lgan qoidalarni ifodalaymiz. Umumiy holda, A yadroning polosasidagi ekvivalent bo’lmagan V atomi yadrosining ta’siri hisobiga hosil bo’lgan chiziqlar soni quyidagi formula orqali ifodalanadi. 1 2 B A S n (7.14) bu yerda, A n - A yadroning spektridagi polosalar soni B S - ekvivalent bo’lgan B yadrolari spinlarining yig’indisi. Bu formulaning qo’llanilishi 7.1- jadvalda keltirilgan misollar orqali ko’rsatilgan. Bu polosalarning nisbiy intensivligi haqidagi ma’lumotni m r ) 1 ( binomni qatorga yoyish koeffisiyentlari orqali olish mumkin, bu yerda, 1 n m , r - noma’lum o’zgaruvchi; agar polosalar soni to’rtta bo’lsa 4 n va 3 m binomni qatorga yoyib, quyidagini olamiz 108 1 3 3 2 3 r r r Bu ifodaning koeffisiyentlari 1:3:3:1 polosalarning nisbiy intensivligini beradi. 7.1- jadval. Turli molekulalarda spin-spin ta’sir hisobiga ajralish. molekula Polosalari ajraladigan gruppalar (A) A polosaning ajralishiga sabab bo’luvchi gruppalar (V) B S n A CH 3 CH 2 O H CH 3 CH 2 O H PF 3 PF 3 (CH 3 ) 4 N + CH 3 CH 2 P F CH 3 CH 2 CH 3 F P N 1 3/2 3/2 ½ 1 3 4 4 2 3 Agar, spini I = ½ bo’lgan yadrolarning spektridagi ajralish qaralayotgan bo’lsa, binomni yoyish koeffisiyentlarini esda saqlab qolish uchun, Paskal uchburchagidan foydalanish mumkin. Bu uchburchakni juda oson qurish mumkin, chunki, yuqori qatorda yonma-yon turgan ikkita ixtiyoriy elementning yig’indisi pastgi qatorda shu ikkalasining orasida turgan elementga tengdir. Agar, ekvivalent bo’lmagan gruppalarning V va S yadrolari uchinchi yadro A ning signalini multiplet strukturaga (nozik tuzilishning boshqacha nomlanishi) ajratsa, uning (ya’ni A ning) spektridagi polosalar soni quyidagi formula orqali ifodalanadi. ) 1 2 )( 1 2 ( C B A S S n (7.15) Biz, etil spirtining metilen gruppasiga tegishli signalini muhokama qilganimizda, xuddi shu qoidadan foydalandik. Ya’ni CH 3 gruppasi spinining ta’siri hisobiga hosil bo’lgan kvartet polosaning har bir chizig’i, OH gruppasi protonining ta’siri ostida yana ikkiga (dublet) ajraldi va buning natijasida CH 2 gruppaning yakuniy spektrida sakkizta chiziq paydo bo’ldi. Agar, polosasi qaralayotgan yadroga spini 1 I bo’lgan yadro ta’sir qilganda ham polosadagi chiziqlar soni (7.14) formula orqali topiladi lekin, binomni yoyish koeffisiyentlari, bu chiziqlarning nisbiy intensivligi haqida ma’lumot bermaydi. Masalan, 7.4.b - rasmda protonning signali spini 1 I bo’lgan deyteronning ta’siri natijasida uchta chiziqqa ajraldi. Bu uchala chiziqning integral intensivliklarining 1 1 1 1 2 1 1 3 3 1 1 4 6 4 1 1 5 10 10 5 1 1 6 15 20 15 6 1 109 nisbati binom koeffisiyentlari qoidasiga ko’ra 1:2:1 bo’lishi kerak, lekin, ularning intensivliklari bir-biriga teng, chunki, deyteronni, magnit kvant soni +1, 0 va -1 ga teng bo’lgan holatlarda bo’lish ehtimoliyati deyarli bir-biriga tengdir. Protonning signali 14 H yadrosining ta’siri ostida nozik tuzilishga ajralganda ham, xuddi shunday holat ro’y beradi. Molekuladagi yadrolarning ekvivalent emasligi to’g’risida kimyoviy siljish ham, spin-spin ta’sir ham ma’lumot beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling