1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Shovqindan signalni ajratish 
Yuqorida aytilganiday (8.6 bo’limda) fonning shovqini har qanday spektral 
asbobning sezgirligini cheklaydi. Agar, spektr chiziq shovqin fluktuasiyasidan 
ko’tarilmasa uning mavjud ekanligiga ishonch bo’lmaydi. Signalni ishonch bilan 
aniqlash uchun signalning balandligi shovqin darajaasidan (C/H) 3-4 baravar katta 
bo’lishi kerak. Berilgan tadqiqot ob’kti uchun C/H nisbatni ko’paytirishning bir 
nechta yo’li bor, lekin ularning hammasi qo’shimcha vaqt sarflashni talab qiladi. 
Masalan, radiotexnik tadbirlar yordamida o’ziyozar asbobni yuqori chastotali 
shovqinni sezmaydigan holatga keltirish yo’li bilan perosining tebranishini 
(titrashini) so’ndirish mumkin. Bunday holda, fonning chizig’i ancha silliq 
bo’ladi, lekin har qanday o’zgarishga peroning reaksiyasi sekinlashgani uchun 
(shu jumladan foydali signallarga ham) spektrga yoyish tezligini ancha 
sekinlashtirish kerak. Shovqindan Furye spektroskopiya ham himoyalanmagan, 
kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni yozishda unga signal bilan birga detektor va 
kuchaytirgichning shovqini ham o’tadi, hamda Furye almashtirish bajarilgandan 
so’ng ular spektrda begona chastotalarning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Nisbatan arzon, kuchli kompyuterlarning paydo bo’lishi signal sifatini 
yaxshilashning «to’plash usullari» deb ataluvchi yangi usullarini paydo bo’lishiga 
olib keldi. Bu usul kompyuterning xotirasiga spektrning har bir qismini 
to’laligicha batafsil yozishni talab qiladi. Albatta Furye spektroskopiyada biz bu 
ishni baribir qilishimiz kerak edi, lekin endi, masalan bir-biriga yaqin joylashgan 
2000 ta chastotaning qiymati uchun spektr intensivligini yozish va intensivlikning 


114
bu qiymatlarini xotiraning 2000 ta yacheykasida saqlash talab qilinadi. To’plash 
usulining tub mohiyati shundan iboratki, har safar xotirada saqlanayotgan 
ma’lumotlar ustiga intensivlikning yangi qiymatlarini qo’shib bu jarayonni juda 
ko’p marta takrorlash mumkin. Spektrning har bir alohida o’tishida signal fonning 
shovqini ichida ko’rinmasligi mumkin, lekin spektrlarni n marta qo’shgandan 
keyin xotiraga yozilgan signal n marta ko’payadi. Shu vaqt ichida, shovqin o’z 
xarakteriga ko’ra tasodifiy hodisa bo’lganligi uchun ba’zida qo’shiladi, ba’zida 
esa ayriladi va shuning uchun signalga qaraganda sekin yig’iladi. Spektrni yig’ish 
n marta takrorlangandan keyin shovqin darajasi 
n
marta ortishini ko’rsatish 
mumkin, demak signal shovqin nisbat (C/H) 
n
n

marta oshadi. Agar 
chastota bo’yicha yoyish orqali odatdagi spektroskopiyada bitta spektrni yozish 
uchun bir necha minut vaqt ketsa, signal-shovqin nisbatni o’n marta oshirish 
uchun zarur bo’lgan 100 ta shunday yozuvni to’plash (jamlash) uchun ketadigan 
vaqt qabul qilib bo’lmas darajada katta bo’ladi. Shuning uchun, to’plash usuli 
odatdagi spektroskopiyada juda kam ishlatiladi. To’plash usulining Furye 
spektroskopiya bilan kombinasiyasi esa aksincha nihoyatda unumdordir. Bu yerda 
spektrni bir marta yozish uchun bor yo’g’i bir-ikki sekund vaqt ketadi xolos, 
shuning uchun 100 ta spektrni yig’ish uchun bir necha minut kifoyadir va 
ko’pincha bunday usul bilan C/H nisbatni 10 marta yaxshilash uchun ketadigan 
vaqt, odatdagi spektroskopiya yordamida bitta spektrni yozish uchun ketadigan 
vaqtdan ham kam bo’ladi. Yig’ish usuli bilan Furye spektroskopiyani birgalikda 
qo’shish juda qulay (ba’zida esa zarurdir, masalan 
13
C YaMR spektrlarini qayd 
qilishda), shuning uchun hamma Furye spektrometrlarda spektrlarni yig’ish 
oldindan hisobga olingan.
Spektrometrni kompyuter bilan qo’shish boshqa ustunliklarga ham ega. 
Kompyuter xotirasiga erituvchi spektrini yoki boshqa ixtiyoriy fon signalini 
kiritish va keyin esa o’rganilayotgan moddaning haqiqiy spektrini olish uchun uni 
ayirib tashlash mumkin. Shuningdek, spektr chiziqlarining amplituda 
intensivliklarini avtomatik ravishda yozish va shu ma’lumotlar bo’yicha 
moddaning konsentrasiyasini aniqlashni ham kompyuterga topshirish mumkin. 
Hatto spektrometrni o’zini boshqarishni ham kompyuterga topshirish mumkin — u, 
namunalarni avtomatik ravishda almashtiruvchi robotning ishini boshqarishi, har 
bir namuna spektrini yozish uchun optimal rejim tanlashi va spektrometrni shu 
rejimga moslab sozlashi mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling