1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
n-butanol
C C H 107 8.2 14 14 132 9.3 fenilatsetilen 1 3 0 1 2 5 1 2 0 11 5 11 0 1 0 5 1 0 0 9 5 9 0 8 5 8 0 7 5 75 MHz 13C NMR In CDCl3 81,53 77,0 73,9 121,7 129,1 132,4 128,4 m.b C C C C 1 2 3 5 4 6 6 5 4 3 2 1 С № atomining tartib , m.b. T 1 , s 3 132,4 5,3 2 128,4 5,3 1 129,1 4 121,7 5 81,53 75 6 73,9 125 4.34 —rasm. 1,4-Difenilbutadiyenning 13C YaMR spektri. YaMR spektrlari yordamida organik moddalarning tuzilishini aniqlash O’tgan bo’limlarda biz kimyoviy birikmalarning tuzilishini va tarkibini o’rganish uchun YaMR usulini qo’llash mumkinligini asosladik. Misol uchun, spektr chiziqlari uchun ning qiymati tadqiq qilinayotgan molekulada tarkibida vodorod bo’lgan qanday guruhlar borligi haqida katta aniqlik bilan birdaniga hukm chiqarishga imkon yaratadi, spektr chiziqlarining nisbiy intensivligi esa to’g’ridan to’g’ri bu guruhlarning molekuladagi nisbiy miqdorini beradi. Bundan tashqari har bir guruhga tegishli chiziqning multiplet tuzilishi shu guruh bilan o’zaro ta’sirlashuvchi vodorod yadrolarining soni to’g’risida ma’lumot beradi va shu orqali molekulaning qaysi guruhlari uning yaqin qo’shnilari ekanligini ko’rsatadi. Shunga muvofiq molekulaning tarkibida CH 3 CH 2 -, - CH 2 CH 2 -, (CH 3 ) 2 CH fragmentlar borligini YaMR spektrlari bo’yicha darhol aniqlash mumkin. 120 ТМС 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 шкала 7.6-rasm. YaMR usulining analitik ishlatilishiga misol. C 6 H 5 COOCH 2 CH 3 etilbenzoatning spektri. Struktur tahlilda YaMR spetroskopiyasining qo’llanilishi va u bilan bog’liq bo’lgan murakkabliklarni muhokama qilish uchun misol sifatida 7.6 rasmda keltirilgan spektrni qaraymiz. Spektrdagi multiplet polosalarning markazlari quyidagi kimyoviy siljishlar bilan xarakterlanadi: =8.2, 7.5, 4.4 va 1.3 m.b.u. Chapdan birinchi ikkita signal kimyoviy siljishlarining qiymati va ikkita oxirgi signalning tuzilishi (shakli) ularni mos ravishda fenil (C 6 H 5 ) va etil (C 2 H 5 ) guruhlarga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Bu guruhlarning integral intensivliklari 5:2:3 (bu yerda fenil guruhining ikkala signali qo’shilgan) nisbatda bo’lishi molekulada fenil va etil guruhlari teng miqdorda bo’ladi deb xulosa qilishga imkon beradi. Agar shu bilan birga tadqiq qilinayotgan molekulaning element tarkibi C 9 H 10 O 2 ham ma’lum bo’lsa, bu holda kimyoviy siljishlari 8,2 va 7,2 m.b.u. bo’lgan multiplet chiziqlarni mos ravishda karbonil guruhiga nisbatan orto va meta (yoki para) holatlarda joylashgan vodorod atomining yadrolariga tegishli ekanligini ham darhol bilsa bo’lardi. Kimyoviy siljishlari =4,4 va 1,3 m.b.u. bo’lgan signallar CH 3 CH 2 OCO - guruhga tegishli bo’ladi. Bu ma’lumotlarning hammasidan tadqiq qilinayotgan modda etilbenzoat ekanligi haqida yagona xulosa kelib chiqadi. Moddaning YaMR spektri tadqiq qilinayotgan molekulada fenil va etil guruhlari borligini aniq ko’rsatishiga qaramasdan u, molekulaning tarkibida magnit xossasiga ega bo’lmagan yadrolar bo’lgan guruhlarning bor-yo’qligi haqida hukm chiqarishga imkon bermaydi. Buni bizning misolimizga qo’llasak gap O va CO guruhlari haqida borayapti. Lekin, qandaydir yo’l bilan (masalan, element tarkibini o’rnatish yoki IK spektridan) molekulaning tarkibida bu guruhlarning borligi ma’lum bo’lsa, bunday holda YaMR spektri ularning molekulada o’zaro joylashgan joyini ko’rsatadi. Misol uchun, spektr chiziqlarining tuzilishini o’rganishdan CH 3 va CH 2 guruhlari bir-biri bilan qanday bog’langanligini ya’ni to’g’ridan-to’g’rimi yoki biror zveno masalan O yoki CO orqalimi aniq bilish mumkin. Agar bog’lanish CH 3 -O-CH 2 yoki CH 3 -CO-CH 2 ko’rinishlarida bo’lganda edi yadrolar o’rtasidagi spin-spin o’zaro ta’sirning doimiysi hisobga olmaydigan darajada kichik bo’lardi. Bu juda oddiy misol YaMR usulini analitik maqsadlarda ishlatish uchun uslubiy tomondan yondashishga misol (namuna) bo’ladi. Tadqiq qilinayotgan molekulaning tuzilishini faqat YaMR spektriga tayanib to’liq aniqlash juda oddiy holatlar uchun mumkin xolos. Lekin boshqa tadqiqot usullari, ayniqsa tebranish 121 spektroskopiyasi bilan birgalikda YaMR usuli noma’lum molekulalarning tuzilishi to’g’risida juda ko’p foydali ma’lumotlar olishga imkon beradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling