1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
YaMR SPEKTROMETRLARI
Aslini olganda YaMR spetrometr tarkibi jihatdan spektrning boshqa sohalari uchun mo’ljallangan va ilgari bayon qilingan spektrometrlarga juda o’xshash. U, radioto’lqinlar manbai, namuna ushlagich, radiochastotali nurlanish detektori, qayd qiluvchi asbob va hokazolardan iborat. Ammo juda kuchli magnit YaMR spektrometrining muhim elementi hisoblanadi. Spektrometrning ajratib ko’rsata olish qobiliyati 0,5 Gs dan kam bo’lmasligini ta’minlash uchun ikkita qat’iy talab bajarilishi kerak: magnit maydonining nisbiy nostabilligi (turg’unmasligi) 10 -8 dan ko’p bo’lmasligi va maydon tadqiq qilinayotgan butun namuna bo’ylab bir xil bo’lishi kerak. Birinchi spektrometrlarda ko’pchilik hollarda doimiy magnitlardan foydalanilgan. Yaxshilab temostatlangan bunday magnitlar juda turg’un va bir jinsli magnit maydoni hosil qiladi. Lekin ularning ikkita kamchiligi bor edi. Birinchidan, bunday holda maydon induksiyasini o’zgartirish mumkin emasdi, demak o’rganish mumkin bo’lgan yadrolarning har bir tipi uchun radioto’lqinlarning individual kvars generatori talab qilinar edi va ikkinchidan, maydonning kattaligi 2 Tl ga yaqin qiymat bilan cheklangan edi. Bunday maydonda protonlarning rezonans chastotasi 90 MGs atrofida bo’ladi. Kuchli maydonlardan foydalanish qanday ustunliklarga ega ekanligini esa biz yuqorida ko’rdik. Elektromagnitlar yordamida maydon kattaligini 2,5 Tl gacha yetkazish mumkin, lekin ularning tokini zarur bo’lgan 10 -8 aniqlikkacha turg’unlashtirish uchun juda murakkab elektronika talab qilinadi. Faqat o’ta “o’tkazuvchan” magnitlardan foydalanish kuchli magnit maydonlari hosil qilishga imkon beradi (17,6 Tl va undan yuqori). Umuman olganda “o’ta o’tkazuvchan” magnit suyuq geliy bilan sovutiladigan bir nechta simli g’altakdan iborat. Past temperaturalarda maxsus simning elektr qarshiligi yo’qoladi va undan katta qiymatga ega bo’lgan doimiy elektr toki o’tkazsak u doimiy magnit maydoni hosil qiladi. Hozirgi vaqtda bunday magnitlar texnik tomondan juda mukammal qilingan, agar qimmatligini hisobga olmasak ularni ishlatish murakkab emas. Bunday tadqiqotlarda namuna tabiiyki xona haroratida (yoki ixtiyoriy talab qilingan) bo’ladi, chunki u magnitning ichidagi issiqlikdan izolyasiyalangan bo’shliqqa joylashtiriladi. Namuna turgan joyda elektromagnit hosil qilgan maydonning bir jinsliligi qutb qopqoqlarini juda aniq qilib sozlash va maydon gradiyentlarini kompensasiyalash uchun maxsus g’altaklarni ishlatish orqali erishiladi. Ko’pincha hamma yadrolar tomonidan “sinab ko’rilayotgan” maydonni o’rtachalashtirish uchun namuna qo’yilgan ampula magnit maydonida tez aylantiriladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling