1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


UZLUKSIZ MAROMDA IShLAYDIGAN YaMR SPEKTROMETR


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

9. UZLUKSIZ MAROMDA IShLAYDIGAN YaMR SPEKTROMETR 
Bunday spektrometr tuzilishining sxemasi 4.25-rasmda keltirilgan, rasmda 
masshtab saqlanmaganligini inobatga olish kerak. Ozgina ichki etalon (
1

spektrlari uchun TMS) qo’shilgan hajmi 0,5 ml suyuq (toza yoki eritma) namuna 
uzunligi 15 sm ga yaqin va diametri 0,5 sm dan kam bo’lmagan shisha trubkaga 
quyiladi. Qutb qopqoqlari qat’iy parallel bo’lib diametri 20-30 sm ular orasidagi 
masofa esa bor yo’g’i 2-3 sm ga teng bo’ladi. Spektr magnit maydonini yoyish 
usuli bo’yicha qayd qilinganda, namunani nurlantiruvchi radiochastotali (aytaylik 
100 MGs) maydon namuna yaqinidagi vertikal maydonga joylashtirilgan g’altak 


122
orqali hosil qilinadi. Oldin kattaligi 2,5 Tl ga yaqin bo’lgan doimiy maydon hosil 
qilinadi, keyin esa bu maydon yordamchi g’altaklardagi tok kuchini oshirish 
hisobiga bir tekisda ravon ko’paytiriladi. Yordamchi g’altaklar elektromagnitning 
qutb qopqoqlari ichiga o’rnatilgan bo’lib maxsus yoyish generatori orqali tok 
bilan ta’minlanadi. Qaysidir yadro uchun rezonans sharti bajarilgan vaqtda u 
radiochastotali manbaning energiyasini yuta boshlaydi va bu yutilish jarayonida 
namunani o’rab olgan qabul qiluvchi g’altakda signal hosil bo’ladi. Boshqa 
sohalarning spektrometrlaridagi kabi bu signal kuchaytirilib o’ziyozar asbob 
yordamida yozib (chizib) olinadi. 
Радио частотали
генератор
Радио частотали
детектор
Свип-
генератор
S
N
Компьютер
9.1-rasm. Uzluksiz maromda ishlaydigan YaMR spektrometrining chizmasi 
Bu usul texnik tomondan so’zsiz eng oddiy hisoblanadi, chunki ravon 
o’zgaruvchi magnit maydonini hosil qilish va radioto’lqinlar hosil qiluvchi kvars 
generatori chastotasining aniq qiymatini puxta qilingan termostatlash orqali ushlab 
turish juda oson. Magnit maydonini doimiy saqlab radioto’lqinlar manbaining 
chastotasini ma’lum oraliqda o’zgartirish orqali spektr olishning ikkinchi yo’li 
nisbatan qiyin. Lekin ayniqsa ikkilamchi rezonans bilan bo’ladigan ba’zi 
tajribalarda ma’lum ustunliklarga ega. 
Bu ikkala yoyish usulini faqat yetarli darajada vodorod, ftor yoki fosfor 
yadrolariga ega bo’lgan namunalarning YaMR spektrlarini olishda ishlatish 
mumkin. Misol uchun, 0,5 ml erituvchida eritilgan massasi 20 gr bo’lgan namuna 
uchun, protonlar uchun ishchi chastotasi 100 MGs bo’lgan spektrometrda taqriban 
5 minut mobaynida yaxshi spektr olish mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling