1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
4.6.1.
13 S YaDROSINING YaMR SPEKTROSKOPIYaSI Uglerod-13 ( 13 C) yadrosi YaMR spektroskopiyasi ham, proton spektroskopiyasining asosida yotgan qoidalarga asoslanadi. Ularning farqi shundaki, 13 C yadrosi uchun kimyoviy siljishlarning o’zgarish oralig’i va spin-spin ta’sirning doimiysi protonlarnikiga qaraganda nihoyatda kattadir. Uglerod-13 bilan ishlagan vaqtda, etalon modda sifatida TMS ni olib kimyoviy siljishlarni unga nisbatan - shkalada m.b.u. larda o’lchash qulaydir. Bu holda ham, xuddi proton spektroskopiyasidagidek TMS ning signali ixtiyoriy ravishda nol deb qabul qilingan. Bu shkalada 13 C uchun, kimyoviy siljishlar 0 dan to 250 m.b.u. oraliqda joylashadi. Xuddi proton spektrlaridagidek yadro uchun, kimyoviy siljishning aniq qiymati atomning o’ziga va u bilan ta’sir qilayotgan boshqa atomlarga bog’liqdir. Shuning 115 uchun ham, o’rinbosarni ta’sir qilish effektining kattaligi bilan, ularning elektromanfiyligi o’rtasida juda aniq korrelyasiya ya’ni, bog’liqlik mavjud. Ko’rinayotgan rezonans chiziqlarining (alohida) ma’lum atomlarga tegishli ekanligini aniqlash sohasidagi katta muvaffaqiyatlarga ( 13 C spektroskopiyasida) bir nechta o’rinbosarning to’liq ta’sirini kattaligini topishda, additiv qo’shish qoidasini ishlatish orqali erishildi. Uglerod-13 spektrlari uchun kimyoviy siljishlarni katta oraliqda o’zgarishi hisobga olinsa, tekshirilayotgan molekulaga kiruvchi har bir yadro uchun, alohida ajralib turadigan rezonans chiziqlarining borligi xarakterlidir, ular amalda bir-birining ustiga tushmaydi, ya’ni bir-birini qoplamaydi. Tabiiyki bu narsa molekulaning spektri va uning tuzilishi orasidagi bog’lanishni topishni ancha yengillashtiradi. Lekin, 13 C chiziqlarining integral intensivligi bilan shu chiziqni beruvchi atomlarning soni orasida oddiy muvofiqlik yo’q (biz buni keyinroq qaraymiz). Uglerod-13 spektrlarini oddiy tuzilishga ega bo’lishining yana bir sababi bor. Buning sababi, 13 C izotopi bilan boyitilmagan namunalarda 13 C yadrosi bilan qo’shni 13 C yadrolari orasidagi spin-spin ta’sirni umuman hisobga olmaslikdir. Bu ta’sirni hisobga olmaslikning sababi esa bunday ta’sirning yo’qligidan emas, balki tabiiy namunalarda 13 C izotopning miqdori (konsentrasiyasi) bor yo’g’i bir foizni tashkil etganligidadir. Agar buni hisobga olsak, ikkita shunday yadroning bir-biridan bir necha bog’ uzoqlikda joylashish ehtimoliyati juda kichik ekanligini oson fahmlash mumkin. Boyitilgan namunalarda molekulada bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri yoki ikki-uch bog’ orqali bog’langan ikkita 13 C yadrosi spin-spin ta’sir natijasida AX tipidagi spektrni beradi. Haqiqatan ham, namunaning har bir molekulasida 100 ta uglerod yadrosi bo’lsa, har bir molekulaga o’rtacha faqat bitta 13 C yadrosi to’g’ri keladi. Qo’shni protonlar bilan 13 C yadrolari o’rtasidagi spin-spin o’zaro ta’sir YaMR spektrlarida aniq ko’rinadi va bu hol spektr chiziqlarini qaysi yadroga tegishli ekanligini topishda ba’zida yordam bersa, ba’zida zarari tegadi. Foydasi shuki, ba’zi rezonans chiziqlarni talqin qilishni, ya’ni qaysi guruhga tegishli ekanligini topishni osonlashtiradi. Protonlarning ta’siri qisman so’ndirib olingan spektrda 13 C va proton o’rtasidagi kichkina spin-spin ta’sir doimiyliklari (geminal, visinal va uzoq) yo’qoladi. Faqat bevosida bog’langan 13 C va 1 H o’rtasidagi katta spin-spin doimiyliklar qoladi xolos. Lekin bu spektrlardagi spin-spin ta’sir doimiyliklarining qiymati, spin-spin ta’sir so’ndirilmasdan olingan spektrladagi xuddi shunday ta’sir doimiyliklaridan kichik bo’ladi. Bunday tajribalarda olinadigan 13 C YaMR spektrlari birinchi tartibli spektrlar kabi ko’rinishga ega bo’ladi va juda oson talqin qilinadi. Birlamchi (CH 3 ), ikkilamchi (CH 2 ), uchlamchi (CH) va to’rtlamchi uglerod atomlarining spektrlari mos ravishda kvartet, triplet, dublet va singletdan iborat bo’ladi (4.31-rasm). 116 20 60 100 140 180 b a C H H C O H C O CH 3 C O C H C H H CH 3 4.31-rasm. Vinilasetatning protonlarning ta’siri qisman so’ndirib olingan 13S YaMR spektri. a-protonlarning ta’siri to’liq so’ndirib olingan; b- protonlarning ta’siri qisman so’ndirib olingan. Uglerod-13 va proton o’rtasidagi spin-spin o’zaro ta’sir so’ndirilmasdan olingan spektrlarda molekulaning C H gruppasi spin-spin ta’sirning doimiysi Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling