1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

N
N

). Magnit maydonining induksiyasi 1,4 Tl va 
namunaning temperaturasi uy temperaturasiga teng bo’lganda protonlar uchun 
E

farq 
0,021 J/mol ga yaqindir. Bunday holda, quyi energetik holatda joylashgan yadrolarning 
miqdori qo’zg’algan sathdagilarining sonidan 0,001% ko’p bo’ladi. Lekin, shu farq, 
sathlar orasidagi o’tish ehtimoliyatining katta-kichikligini bu esa o’z navbatida, qayd 
qilinadigan signalning intensivligini belgilaydi. YaMR spektroskopiyasining 
tajribalarida namuna, ko’pincha diametri 5 mm bo’lgan shisha trubkaga quyilib, u esa 
o’z navbatida, bir jinsli magnit maydoni hosil qiluvchi magnit qopqoqlari o’rtasiga 
joylashtirilgan datchikka qo’yiladi. Namunaga chastotasini o’zgartirish mumkin 
bo’lgan elektromagnit nurlari (to’lqinlari) bilan ta’sir etiladi. Agar, namunaga ta’sir 
qilayotgan elektromagnit to’lqinlarning chastotasi ikki energetik sath orasidagi o’tish 
chastotasiga teng bo’lsa, yadrolar bu to’lqinlarning energiyasini rezonans yo’li bilan 
yutib qo’zg’algan sathga o’tadi. Qo’zg’atuvchi to’lqinlarning manbai sifatida 
radiochastotali generator yoki radio to’lqinlari tarqatuvchi peredatchik ishlatiladi. 
Generatorning yadrolar tomonidan yutilgan energiyasini radiochastota sohasida 
ishlaydigan elektrik ko’prik orqali qayd qilish mumkin. Ko’prik orqali ajratib olingan 
signal kuchaytiririladi va o’ziyozar asbob yordamida yozib olinadi. Shunday qilib 
yozib olingan spektrdan YaMR spektr chiziqlarining rezonans chastotasini topish
mumkin. Demak, YaMR spektrometr ham, optik spektrometr qanday elementlarni o’z 
ichiga olsa, shu elementlarga egadir; elektromagnit nurlar manbai, namuna uchun 
yacheyka va detektor. Lekin, shu bilan birga, ular orasida bir nechta keskin farq bor. 
Bularning birinchisi, 
L
g’altak tomonidan hosil qilinadigan radio to’lqinlar, har bir 
chastota uchun monoxromatikdir, shuning uchun ham, murakkab «nurni» spektrga 
yoyuvchi prizmaning yoki difraksion panjaraning keragi yo’q. Ikkinchi farq qiluvchi 


102
xususiyati, namunani albatta kuchli doimiy magnit maydoniga joylashtirish kerak. 
Bundan tashqari, qattiq jismlarning YaMR spektrlari bilan, suyuqliklarning YaMR 
spektrlari bir-biridan katta farq qiladi.
Odatda yadrolarning, quyi va qo’zg’algan energetik sathlarga muvozanatli 
taqsimlanishi qo’zg’algan holatga o’tgan yadrolar quyi sathga qaytadi deb hisoblaydi. 
Yadrolarning quyi sathga qaytish jarayoni bo’lmasa, ikkala sathda joylashgan 
yadrolarning farqi nolga intiladi (ikkala sathda joylashgan yadrolarning soni 
tenglashadi) va bunday holda sistema to’yinish holatiga keladi. Qo’zg’algan 
holatdagi yadrolarning magnit energiyasini, ularni o’rab turgan muhitga, issiqlik 
energiyasi tarzida berilish (o’tish, aylanish) jarayoniga relaksasiya hodisasi deyiladi. 
Relaksasiya hodisasi sababli yuqori energetik sathdagi yadrolar quyi sathga o’tadi. 
YaMR tajribalarini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun, energiyaning yutilishi qanchalik 
muhim bo’lsa, relaksasiya hodisasi ham shunchalik muhimdir. Odatda, YaMR 
spektrometrlarida maydon kuchlanganligi 1,4 yoki 2,3 Tl bo’lgan elektromagnitlar va 
o’ramlari suyuq geliy bilan sovutiladigan, maydon kuchlanganligi 11,6 Tl (500 MGs 
1
H uchun) bo’lgan solenoidlar ishlatiladi. Shuning uchun, yuqorida aytilganiday 
protonlar uchun rezonans chastotasi radio diapazoniga to’g’ri keladi. Shunday qilib, 
boshqa yaxshi ma’lum bo’lgan spektrometrik usullar qatorida YaMR 
spektroskopiyasi, elektromagnit spektrning uzun to’lqinli chetidan joy oladi. 
Rezonans shartini (oldingi ma’ruzadagi 4.10) tajribada ikki xil yo’l bilan amalga 
oshirish mumkin; magnit maydonini doimiy saqlab turib, namunani 
«nurlantirayotgan» radio chastotali generatorni chastotasini o’zgartirish orqali 
(chastota bo’yicha yoyish), yoki chastotani doimiy saqlab, doimiy magnit maydonini 
kattaligini o’zgartirish orqali (maydon bo’yicha yoyish) energetik sathlar orasida 
o’tishlarni amalga oshirish mumkin. Maydon bo’yicha yoyish orqali YaMR 
spektrlarini yozganda maydonning kattaligi spektr yozilayotgan qog’ozga nisbatan 
chapdan o’ngga qarab oshirib boriladi. Maydon bo’yicha yoyish usuli bilan 
ishlaydigan spektrometrlarni magnit qutblarini qopqoqlariga maxsus g’altaklar 
o’rnatilgan (yoyish g’altaklari). Bu g’altaklar orqali, magnit maydonining kattaligi 
0
B
ni kichkina 
B

oraliqda uzluksiz o’zgartirish mumkin. Chastota bo’yicha yoyish 
usulida, o’zi yozar asbobning perosi chapdan o’ngga qarab harakat qilganda chastota 
shu yo’nalish bo’yicha kamayib boradi. Shuning uchun, odatdagiday, o’zi yozar 
asbob chapdan o’ngga qarab harakatlanganda birinchi bo’lib, rezonans chastotalari 
katta bo’lgan yadrolarning signallari yoziladi. Yuqorida aytib o’tilgan 
elektromagnitlardan tashqari, YaMR spektrometrlarida doimiy magnitlar ham 
ishlatiladi. Bunday magnitlarning kamchiligi, ularning atrof muhitning 
temperaturasiga va boshqa magnit maydonlarining ta’siriga juda sezgirligi hamda, 
katta maydonlarni hosil qilib bo’lmasligidir. Lekin, bunday magnitlarga 
elektromagnit o’ramlaridagi issiqlikni olib chiqayotgan suv orqali sovutish sistemasi 
kerak bo’lmaydi. Oxirgi yillarda shunday YaMR spektrometrlari qurildiki, ularda 
doimiy magnit maydoni hosil qilish uchun o’ta o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega 
bo’lgan solenoidlardan foydalanildi. Aniqrog’i, bunday solenoidlar YaMR 
spektrometrlari uchun qurildi. Bunday magnitlar, oddiy elektromagnitlarga va doimiy 
magnitlarga qaraganda kuchlanganligi katta bo’lgan magnit maydonlari hosil qiladi. 
Bu esa o’z navbatida, YaMR tajribalarining sezgirligini keskin oshirishga olib keladi. 
Bunday magnitlarning boshqa ustunliklari ham bor. Lekin bunday magnitli 


103
spektrometrlarning narxi va ularni ishlatish uchun bo’ladigan xarajatlar oddiy YaMR 
spektrometrlarining narxidan juda yuqoridir. 


104

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling