1-7 Yongir o'chirish 2019. p65


Avtomobil g‘ildiragiga ta’sir qiladigan kuchlar sxemasi


Download 385.22 Kb.
bet3/19
Sana20.06.2023
Hajmi385.22 Kb.
#1627529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019

Avtomobil
g‘ildiragiga ta’sir
qiladigan kuchlar
sxemasi

px koeffitsient kattaligi yo‘l qoplamasining turi va holatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarish nafaqat turga, balki yo‘l qoplamasining sirtki qatlamiga ham bog‘liq. Bunda yo‘l qoplamasining turi va holati px koeffitsienti kattaligiga boshqa omillardan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun ma’lumotnomalarda px yo‘l qoplamasi turi va holatiga bog‘liqlik keltiriladi.
Shinaga bog‘liq va px koeffitsientga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga solishtirma bosim (shinada havo bosimi va g‘ildirakka yuklanishga bog‘liq) va protektor turi kiradi. Ularning ikkalasi bevosita shinaning yo‘l qoplamasi bilan yaxshi bog‘liqlik hosil qilish uchun tomonlarga bosimni oshirish yoki suyuqlik plyonkasini yorish qobiliyati bilan bog‘liq.
Pva Yn ko‘ndalang kuchlar bo‘lmaganida px koeffitsienti yo‘l bo‘yicha shina sirg‘alishi oshishi bilan o‘sadi. px ning maksimumiga 20—25% sirg‘alishda erishiladi. Yurituvchi g‘ildiraklarning to‘liq sirg‘alishida px koeffitsienti maksimal- dan 10—25% kam bo‘lishi mumkin (7.3-a rasm).
Avtomobil harakat tezligi oshishi bilan px, odatda, kamayadi (7.3-b rasm). 40 m/s tezlikda u 10—15 m/s tezlikdagidan bir necha marta kichik bo‘lishi mumkin.


7.3-rasm. Turli omillarning px koeffitsientga ta’siri:
a — sirg‘alishga bog‘liq ravishda px koeffltsientining o‘zgarishi;
b — g‘ildiraklar chayqalish tezligiga bog‘liq ravishda px koeffitsientning
o‘zgarishi; 1 — asfalt-beton qoplamali quruq yo‘l;

2 — asfalt-beton qoplamali ho‘l yo‘l; 3 — muzlagan ravon yo‘l.
px ni, odatda, tajriba usulida g‘ildiraklarni bloklab, joyida aylantirish usuli bilan aniqlanadi. Tajribada shatak ilmog‘idagi tortish kuchini va bloklangan g‘ildiraklarning normal reaksiyasini ro‘yxatga olinadi. Shuning uchun px bo‘yicha ma’lumotlar qoidaga ko‘ra, sirg‘alishda ilashish koeffitsientiga tegishli.
pu ko‘ndalang ilashish koeffitsientini, odatda, px ga teng qilib olinadi va hisoblarda p ilashish koeffitsientining o‘rtacha qiymatlaridan foydalaniladi (7.1- jadval).
G‘ildiraklarning ilashish koeffitsientida farq bo‘lgan avtomobil transport vositalarining tortish-tezlashish xossalarini hisoblashda yo‘l bilan ilashishda yurituvchi g‘ildiraklar ta’minlashi mumkin bo‘lgan maksimal tortish kuchi ham e’tiborga olinmaydi, u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
7.1-jadval


Download 385.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling