1-7 Yongir o'chirish 2019. p65
Yong‘in o‘chirish avtomobilining g‘ildiraklari chayqalishiga qarshilik kuchi
Download 385.22 Kb.
|
1-7 Yongir o\'chirish 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chayqalishda avtomobil g‘ildiragiga ta’sir qiladigan kuchlar sxemasi
Yong‘in o‘chirish avtomobilining g‘ildiraklari chayqalishiga qarshilik kuchi. Pnevmatik shina bilan deformatsiyalanmaydigan yo‘lda g‘ildirakning chayqalishiga qarshilik, asosan, shinaning deformatsiyasiga energiya sarfi hisobiga hosil bo‘ladi, chunki yo‘l deformatsiyasi sezilmas. Yo‘lning 1—2 qismida (7.4- a rasm) shinaning deformatsiyasiga sarflangan ish uning shaklini tiklash uchun 2—3 (7.4-a rasm) qismda qaytarilgandan katta, chunki energiyaning bir qismi rezinaning ichki ishqalanishiga sarflanadi. Shuning uchun 1—2 qismdagi pz bosim 2—3 qismdagidan katta va harakat yo‘nalishida 0 o‘qqa nisbatan (7.4- a rasm) siljigan Rn normal reaksiyalar g‘ildirakning sirg‘alishiga to‘sqinlik qiladi.
Pnevmatik shina bilan deformatsiyalanadigan yo‘l bo‘yicha (haydalgan yer, qum, zichlanmagan qor) g‘ildirak chayqalishiga qarshilik, asosan, energiyaning tuproqni deformatsiyalash (iz hosil qilish) hamda g‘ildirak va tuproq o‘rtasidagi ishqalanish kuchini yengishga sarflanishi hisobiga hosil bo‘ladi (7.4-b rasm). 7.4-rasm. Chayqalishda avtomobil g‘ildiragiga ta’sir qiladigan kuchlar sxemasi: a — qattiq yo‘l bo‘yicha; b — yumshoq tuproq bo‘yicha; c — harakat tenglamasini tuzishda yong‘in o‘chirish avtomobilining hisob sxemalarida shartli tasvir. Avtomobil transport vositalarining harakatlanish nazariyasida Rn reaksiyani tayanch sirtga perpendikular g‘ildirakning 0 o‘qi orqali o‘tkazish, g‘ildirakning chayqalishiga qarshilikni esa yo‘l tekisligida g‘ildirak harakatiga qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan Pfn kuch hisobiga e’tiborga olish qabul qilingan (7.4-c rasm). Avtomobil transport vositalari g‘ildiragining chayqalishiga qarshilik kuchi barcha g‘ildiraklar Pjn chayqalishga qarshilik kuchlarining summasi hisoblanadi: n n pf =Ё pfn =Ё /Л , (7.12) i i bu yerda f~n g‘ildirakning chayqalishga qarshilik koeffitsienti; Rn~n g‘ildirak tayanch sirtining normal reaksiyasi; n — g‘ildiraklar soni. Yurituvchi va yuritiluvchi g‘ildiraklarning/n qarshilik koeffitsientlari deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun yong‘in o‘chirish avtomobillari harakatini hisoblashda P ni quyidagi formula bilan hisoblash mumkin (7.1-rasm): n Pf = f £ Rn =fGg cos a, (7.13) i bu yerda a — yo‘lning bo‘ylama qiyalik burchagi; f — g‘ildirak chayqalishiga qarshilik koeffitsienti; g—9,81 m/s2 — erkin tushish tezlanishi. Chayqalishga qarshilik koeffitsienti f, asosan, yo‘l qoplamasining turi va holati, shinalar tuzilishi va ulardagi havo bosimiga bog‘liq. 80—100 km/soat tezlik intervalida amaliy hisoblar uchun/ koeffitsientni faqat yo‘l qoplamasining turi va holatiga bog‘liq doimiy kattalik deb hisoblash mumkin (7.2-jadval). 7.2-jadval
Download 385.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling