1-7 Yongir o'chirish 2019. p65


Download 385.22 Kb.
bet8/19
Sana20.06.2023
Hajmi385.22 Kb.
#1627529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019

Inersiya kuchi. Ko‘pincha yong‘in o‘chirish avtomobilining harakatini avtomobil bilan chambarchas bog‘liq hisob tizimida ko‘rib chiqish qulay. Buning uchun yong‘in o‘chirish avtomobiliga inersiya kuchi va momentlarini qo‘yish lozim. Avtomobil transport vositalari nazariyasida bo‘ylama tekislikda tebra- nishlarsiz avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakatlanishida inersion kuch va momentlarni P N inersiya kuchi bilan ifodalash qabul qilingan:
Pj = 8Gj, (7.24)
J — avtomobil transport vositalari massa markazining tezlanishi, m/s2.
Inersiya kuchi avtomobil transport vositalarining massa markazlari orqali tezlanishga qarama-qarshi tomonga yo‘lga parallel yo‘nalgan. Avtomobil transport vositasida aylanuvchi massalar borligi tufayli (g‘ildirak, detallar, transmissiya, dvigatelning aylanuvchi detallari) inersiya kuchining oshishini hisoblash uchun 8 koeffitsientni kiritamiz. 8 aylanuvchi massalarning hisob koeffitsienti avtomobil transport vositasining qo‘zg‘alishda aylanuvchi va ilgarilama harakatlanuvchi detallariga sarflanadigan energiya barcha detallari faqat ilgarilama harakatlanuvchi avtomobil transport vositasining qo‘zg‘alishi uchun zarur energiyadan qancha kattaligini ko‘rsatadi.
Aniq ma’lumotlar bo‘lmaganida yong‘in o‘chirish avtomobili uchun 8 koeffitsientni quyidagi formuladan topish mumkin:
8 = 1,03 + (0,04 - 0,06) u2. (7.25)
Inersiya kuchini yengish uchun zarur N., kVt quvvat quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Nj = P v10 3 = (SGj)v10 3. (7.26)
G‘ildiraklar tayanch sirtining normal reaksiyalari. Yong£in o‘chirish avtomobili harakatlanganida Rn normal reaksiyalar o‘zgaradi. Avtomobil transport vositasi harakatlanganida n — g‘ildirakda yuklanishning kamayishi yoki oshishi normal reaksiya o‘zgarishi Xp koeffitsienti bilan tavsiflanadi:
Л, = Rn I Zn = Rn /(Gng), (7.27)
bu yerda zn — avtomobil transport vositasi gorizontal yo‘lda turganida n — g‘ildirak tayanch sirtining normal reaksiyasi; Gn — vazn kuchi zn yuklanishni yaratadigan avtomobil transport vositasining vazni.
Agar yong‘in o‘chirish avtomobili bir o‘qining chap va o‘ng tomon g‘ildiraklarining normal reaksiyalari teng bo‘lsa, unda Xni koeffitsienti, shuningdek, o‘qqa yuklanishning o‘zgarishini tavsiflaydi.
Yong‘in o‘chirish avtomobilining g‘ildiraklari o‘rtasida vazn kuchining taqsimlanishi (Gg) avtomobilning vazn markazi holati, rama va shassi qattiqligi, shinalarda havo bosimiga bog‘liq. zn ni hisoblashda, odatda, vazn markazi holatidan tashqari hech qaysi omil e’tiborga olinmaydi. Ikki o‘qli avtomobil uchun zn yuklanishni quyidagi formula bilan hisoblanadi (7.5-rasm):
Z12 = Gi,g = Zi + z, = (Gi + G,) g = (b IL) Gg; (7.28)
Z34 = G34g = Z3 + Z4 = (G3 + G4)g = (a IL)Gg, (7.29)
bu yerda zv z2 — mos ravishda old o‘q chap va o‘ng g‘ildiraklariga yuklanish; z3, z4 — mos ravishda orqa o‘q chap va o‘ng g‘ildiraklariga yuklanish.


tf3+G4)g tf


, H

Л+Л

1.5-rasm. Yong‘in o‘chirish avtomobili vazn markazining


koordinatalarini aniqlash:

1 — tarozi platformasi.
Yong‘in o‘chirish avtomobilini tuzishda bir o‘q g‘ildiraklari o‘rtasida vazn kuchining teng taqsimlanishiga erishiladi:
z 3 = z 4 = 0,5 z 34. (7.31)
Bir o‘qning chap va o‘ng g‘ildiraklarida yuklanishning tengligi bo‘yicha talablaming majburiy bajarilishi tufayli avtomobil transport vositalari va yong‘in o‘chirish avtomobillarining texnik ko‘rsatkichlarida faqat vazn kuchi har bir o‘q bilan beriladigan o‘q va vazn o‘rtasidagi masofa, G ni ko‘rsatish qabul qilingan. Ikki o‘qli avtomobil transport vositasi uchun: G, L va G12, G34 ko‘r­satiladi. Avtomobil transport vositasining texnik ko‘rsatkichlarida keltiriladigan G12 va G34 bo‘yicha ma’lumotlar, qoidaga ko‘ra, tajribada aniqlanadi. G12 va G34 ni tahliliy aniqlash uchun a, L yoki b, L masofani bilish kerak. Ikki o‘qli avtomobil uchun G va G34 ni tahliliy aniqlashda asosiy xatolik koordinatalari (a yoki b) absolut qattiqjism vazn markazi holatini hisoblash formulalari bo‘yicha aniqlanadigan avtomobil transport vositasi vazn markazi holatini hisoblashdagi xatoliklar bilan bog‘liq. Bu formulalar bo‘yicha a yoki b hisoblanishi 10—15% gacha xatolikka olib keladi.
Z12 va z34 ni tajribaviy aniqlash uchun yong‘in o‘chirish avtomobili old yoki orqa o‘qining g‘ildiraklarini taroziga qo‘yishadi (7.5-rasm). (7.30), (7.31) tengliklarni tekshirish uchun yong‘in o‘chirish avtomobillarini bir tomon g‘ildiraklari bilan taroziga qo‘yishadi.
O‘lchashda asosiy talablar: yong‘in o‘chirish avtomobilining to‘liq komplek- tatsiyasi (jangovar hisob bo‘lmaganida, uni yuk bilan hosil qilinadi); o‘lchashda yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiraklarining tayanch sirti gorizontal bo‘lishi; tormozga qo‘yilgan g‘ildiraklar va mexanik uzatgichlar qutisi richagining neyt- ral holati.
Yong‘in o‘chirish avtomobilini, qoidaga ko‘ra, ikki marta o‘lchanadi: birinchisi taroziga oldi bilan kirganida, ikkinchisi taroziga orqasi bilan kirganida. G, z12 va z34 laming o‘rta arifmetik qiymatlari qabul qilinadi.
O‘lchov natijalari bo‘yicha yong‘in o‘chirish avtomobilidan foydalanish imkoniyati haqida xulosa chiqariladi.
Uch asosiy talab bajarilishi shart:

  • yong‘in o‘chirish avtomobilining G vazni bazaviy shassining to‘liq vaznidan oshmasligi kerak bazaviy shassining o‘zining vazni va yuk ko‘tarishi;

  • yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘qlari o‘rtasidagi G vaznning taqsim- lanishi (G12 yoki G34) bazaviy shassi to‘liq vaznining o‘qlar o‘rtasida taqsim- lanishiga mos kelishi kerak;

  • yuklanish yong‘in o‘chirish avtomobilining chap va o‘ng tomon g‘ildi- raklariga teng bo‘lishi kerak.

Yong‘in o‘chirish avtomobili harakatlanganida R12 va R34 o‘qlarida yuklanish quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
P12L + PBH + PiH + PjH - (Gg cos a)H = 0; (7.32)
R12 + R34 - Gg cos a = 0. (7.33)



  1. (7.33) tengmalami o‘zgartirgach va (7.28), (7.29) formulalaming R12 va R34, z12 va z34 larni (7.27) ga qo‘yib quyidagiga ega bo‘lamiz:


^12 R12 / z12


= cos a


(7.34)


^34 R34 / z34


= cos a +


, . ,.j)H
+ sin a + o— — g a


(7.35)




bu yerda a > 0, p >0 — avtomobil transport vositasi ko‘tarilishi va qo‘zg‘alishida; a<0, p <0 — avtomobil transport vositasi tushishi va tormozlashida.

  1. va (7.35) formulalarning tahlili yong‘in o‘chirish avtomobilining ko‘tarilishi va qo‘zg‘alishida harakatlanishida orqa o‘qqa yuklanish oshishi va oldingisiga kamayishini ko‘rsatdi. Yong‘in o‘chirish avtomobili tushish va tormozlashda harakatlanganida teskari hodisa yuz beradi. Bu bilan, masalan, qo‘zg‘alishda kuzatiladigan yong‘in o‘chirish avtomobilining old qismining ko‘tarilishi va tormozlashda uning oldinga egilishi tushuntiriladi. Asfaltbeton qoplamali yo‘llarda harakatlanganda yong‘in o‘chirish avtomobilining Л12 va л34 koeffitsientlari 0,5 dan 1,5 gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Koeffitsientlarning chegara qiymatlariga o‘tkir qiyaliklar bo‘yicha harakatlanganida va yong‘in o‘chirish avtomobili barcha yurituvchi o‘qlari bilan intensiv qo‘zg‘alish yoki tormozlashi va to‘satdan tormozlashda erishiladi.


Download 385.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling