1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet45/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Umumiy texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ xujjat;
Maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umuiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Standart - kо‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yо‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bо‘lgan umumiy va takror qо‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjat.
Standartlashtirish - mavjud yoki bо‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va kо‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yо‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat.
Xalqaro standartlashtirish - faoliyatda barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etish mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish - dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bо‘lgan standartlashtirish.
Milliy standartlashtirish - muayyan bir mamlakat doirasida о‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyati.
Meyoriy hujjat - standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy kо‘rsatmalar, yо‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini о‘z ichiga qamrab oladigan hujjat.
Mahsulot - bu mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bо‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun mо‘ljallanadi. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat - xalqaro standart ISO 8402 (1991 y) da qisqa holda keltirilgan bо‘lib, "mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi" deb ta’riflangan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling