Ish bo`yicha hisobotda: Ishning maqsadi, topshiriqqa asosan har bir talaba o`zi yashab turgan tumanda paxta yetishtirishning qaysi mintaqa, ekish, qator orasiga ishlov berish(60 yoki 90 sm)va transport ishlari uchun kerak bo`ladigan traktor va qishloq xo`jalik mashinalari to`g`risida ma’lumotlar keltiriladi hamda olingan natijalar bo`yicha xulosalar beriladi.
8- Amaliy mashg`ulot
Mashina traktor agregatlari va yoqilg`i sarfiga bo`lgan talablarni aniqlash Ishning maqsadi:
Qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirishda sarfxarajatlarni muvofiqlashtirish, mashina-traktor agregatlaridan samarali foydalanishda yoqilg`i sarfiga bo`lgan talabni aniqlash.
Xo`jalik joylashgan mintaqaga xos texnologik xaritani tanlash
Qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirishda sarfxarajatlarni muvofiqlashtirish, mashina-traktor agregatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida har bir ekin turi uchun namunaviy texnologik xaritalaryaratilgan2.
Ayniqsa, paxta yetishtirish bo`yicha namunaviy texnologik xaritalar 3 ta mintaqa bo`yicha tuzilgan bo`lib, ularda barcha texnologik jarayonlarning sarfxarajatlari mamlakatimiz mintaqalari bo`yicha turli tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Amaliy mashg`ulotni bajarishda topshiriqda berilgan xo`jalikning tuproq-iqlim sharoitini va uning iqtisodiy-tashkiliy yo`nalishlarini e’tiborga olgan holda tuzilga ntexnologik xaritalari asos qilib olinadi yoki xo`jalik joylashgan mintaqaga xos bo`lgan namunaviy texnologik xaritalar olinib, ularga kerakli o`zgartirishlar kiritiladi.
Mashina-traktor agregatlari va yonilg`i sarfiga bo`lgan talablarni aniqlash
Mashina traktor agregatlari va yonilg`i sarfiga bo`lgan talablarni hisoblash jadvali (8.1-jadval) tavsiya qilinadigan “Asosiy qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishitirish bo`yicha namunaviy texnologik kartalar” asosida tuziladi4.
Bunda topshiriqda berilgan asosiy va almashlab ekiladigan ekin turlarini parvarishlash va o`rib-yig`ib olishda qo`llaniladigan umumiy ishlarni bajaradigan, qator orasiga ishlov beradigan, yuk tashish va ortish ishlarini bajaradigan traktorlar hamda o`rim-yig`im kombaynlari va o`zi yurar texnikalarga mos keladigan faqat mexanizatsiyalashtirilgan ishlar alohida ajratib ko`rsatiladi.
2.1-jadvaldagi 1; 2; 3; 4; 6; 7; 8; 9; 10; 11 va 15-ustunlarda berilishi kerak bo`lgan ko`rsatkichlar topshiriqda berilgan ekinlar turi bo`yicha tuzilgan texnologik xaritalarga asosan to`ldiriladi.
Hisobiy jadvalning boshqa ko`rsatkichlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi.
5-ustun. MTA bilan ishlov beriladigan maydon:
, ga (8.1)
Bu yerda: 𝐹- mazkur ekin yetishtiriladigan maydon, ga (topshiriq bo`yicha); - maydonning ish bajariladigan qismini ulushi, % (4-ustun); ishning me’yor ko`rsatkichlari, t/ga, m3/ga (2-ustun).
Do'stlaringiz bilan baham: |