1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Berilgan ish sharoitlari uchun traktorning tortish xossalari ko`rsatkichlarini hisoblash Ishning maqsadi
Download 0.5 Mb.
|
amaliy mashg`ulotlar eksoluatsiya 1-amaliy.docx111111111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarish tartibi.
Ish bo`yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, berilgan jarayonining sharoitlari (topshiriq);ishning bajarish tartibi bo`yicha hisob-kitoblar va aniqlangan ma’lumotlar 4.1-jadval ko`rinishida yoziladi hamda olingan natijalarga ko`ra xulosa beriladi. 5- Amaliy mashg`ulot Agregatning haqiqiy ish unumini foydalanish koeffitsientlari bo`yicha baholash Ishning maqsadi: Berilgan ishlab chiqarish jarayoni va agregat tarkibi uchun uning smenadagi ish unumini hisoblashdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari (topshiriq): Ishlab chiqarish jarayoni_____________________________ Ma’lumki, ish vaqtida agregat to`g`ri chiziq bo`ylab aniq harakatlanmasligi, ishlov berilgan joyni qayta qisman qo`shib ishlashi, traktorning shataksirashi, salt yurishlari, texnologik va texnik xizmat ko`rsatishda to`xtab turishi va boshqa sabablarga ko`ra uning haqiqiy ish unumi nazariy ish unumiga nisbatan farq qiladi. Topshiriqda berilgan ishlab chiqarish jarayonining amalga oshirish uchun kerak bo`ladigan agregat tarkibi, ya’ni, traktor rusumi____________ va mashina rusumi ________ 1 va 2-ilovaga asosan olinadi va uning qamrash kengligi_______m, konstruktiv kengligi _____m, harakat tezligi ________km/soat yozib olinadi. Ishning bajarish tartibi. 1. Agregatning nazariy ish unumi quyidagicha topiladi: 𝑊𝑛 = 0,1 ∙ 𝐵𝑘 ∙ 𝑉𝑛 ∙ 𝑇𝑠𝑚, ga/smena bu yerda:𝐵𝑘 – agregatning konstruktiv qamrash kengligi, m; (7-ilova). 𝑉𝑛- traktorning ma’lum uzatmadagi tezligi, km/soat; 𝑇𝑠𝑚 – smena vaqti, soat: Tsm = 7 soat Agregatning haqiqiy ish unumi bevosita ish sharoitlarida aniqlanadi va u ko`pgina omillarga, birinchi navbatda mexanizatorning malakasiga, ishlarni to`g`ri tashkil qilinishiga, agregatning texnik tayyorgarligiga va boshqalarga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun agregatning haqiqiy ish unumini aniqlashda uning haqiqiy qamrash kengligini nazariy qamrash kengligiga (β), haqiqiy tezligini nazariy tezligiga (ε) va toza ishga ketgan vaqtni smena vaqtiga nisbati (τ) bilan aniqlanadigan foydalanish koeffitsientlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. 2. Agregatning haqiqiy ish unumi quyidagicha topiladi: 𝑊ℎ = 0,1 ∙ 𝐵𝑖 ∙ 𝑉𝑖 ∙ 𝑇𝑖 = 0,1 ∙ 𝛽 ∙ 𝐵𝑘 ∙ ∙ 𝑉𝑛 ∙ 𝜏 ∙ 𝑇𝑠𝑚, ga/smena bu yerda:𝐵𝒊- agregatning ishchi qamrash kengligi, m: 𝐵𝑖 = 𝛽 ∙ 𝐵𝑘; 𝑉𝑖- agregatning ishchi tezligi, km/soat: 𝑉𝑖 = ∙ 𝑉𝑛; 𝑇𝒊- agregatning ish vaqti, soat: 𝜏 ∙ 𝑇𝑠𝑚 𝛽 - agregatning konstruktiv kengligidan foydalanish koeffitsienti; – agregatning nazariy tezligidan foydalanish koeffitsienti; 𝜏 – smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti. 3. Koeffitsientlarning miqdorlari quyidagicha qabul qilinadi: 𝛽 - koeffitsientning miqdorlari turli agregatlarning ish unumini hisoblashda quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: tirkalma pluglar uchun -1,10, osma pluglar uchun -1,03-1,07, tishli tirmalar uchun -0,98, diskali tirmalar uchun -0,96, yoppasiga ishlov berish kultivatorlari uchun - 0,98, barcha turdagi seyalkalar, qator orasiga ishlov beradigan kultivatorlar uchun – 1,0, yoppasiga mineral va mahalliy o`g`it sepgichlar uchun - 0,96. koeffitsienti asosan traktorning shataksirashiga bog`liq bo`lib, uning miqdori g`ildirakli traktorlar uchun 0,6…0,9, zanjirli traktorlar uchun0,85…0,98 tashkil etadi. smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti miqdori 5 –ilovaga asosan olinadi. Hisoblangan ko`rsatkichlarning natijalari 5.2- jadvalga kiritiladi va olingan ma’lumotlarni o`zaro taqqoslab xulosa yoziladi. 5.2-jadval Agregatning bir smenadagi ish unumini ko`rsatkichlari
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling