1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Berilgan ish sharoitlari uchun traktorning tortish xossalari ko`rsatkichlarini hisoblash Ishning maqsadi


Download 0.5 Mb.
bet4/13
Sana06.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1693540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
amaliy mashg`ulotlar eksoluatsiya 1-amaliy.docx111111111111111

Ish bo`yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, berilgan jarayonning sharoitlari (topshiriq);ishning bajarish tartibi bo`yicha hisob-kitoblar va aniqlangan ma’lumotlar yoziladi hamda olingan natijalarga ko`ra xulosa yoziladi.
3-Amaliy mashg`ulot
Agregat tarkibini traktor tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti bo`yicha baholash Ishning maqsadi:
Berilgan ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun traktorning tortish kuchidan unumli foydalanish darajasiga (koeffitsientiga) ko`ra tirkama va osma haydov agregatining maqbul tarkibini asoslash tartibini o`rganish.
Yer haydash jarayonining sharoitlari (topshiriq):
Dalaning o`lchamlari:
Yuzasi________ ga; uzunligi________m; qiyaligi i =_________; tuproqning solishtirma qarshiligi_______kN/m2, haydash chuqurligi ____m
Agregat tarkibini asoslash uchun traktor va pluglarni tanlashda birinchi navbatda fermer xo`jaligining alohida joylashish xususiyatlari, ya’ni: yer relyefi, tuproq-iqlim sharoiti, dalaning yuzasi va uzunligi hamda bajariladigan asosiy va yordamchi ishlarning turi hamda ularning xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Ko`p energiya talab etiladigan yer haydash ishlarini bajarishda yuzasi 5 gektargacha bo`lgan maydonlarda 60-100 kVt quvvatga ega bo`lgan DT-75M, VT100, T-401S rusumli zanjirli va Axsos-340S, TS-6070, MX-140 rusumli g`ildirakli traktorlarni, 5-10 gektarli maydonlarda quvvati 100-130 kVt quvvatga ega bo`lgan VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli va Arion-640S, TS-130, K-701, T-150K rusumli g`ildirakli hamda 10 gektardan yuqori bo`lgan maydonlarni haydashda quvvati 130 kVt dan yuqori bo`lgan Axion-850, MX-250, Magnum rusumli traktorlardan va ularga mos keladigan osma, to`ntarma pluglar bilan birga foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Yer haydash jarayonini sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun joyning tuproq-iqlim sharoitiga mos bo`lgan traktor va plug turini tanlash.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda 5, 6 va 7-ilovalardan dalaning berilgan sharoitlariga mos keladigan __________ rusumli traktor va osma yoki tirkama ____________ rusumli plug qabul qilinadi.

  1. Qabul qilingan traktor va plugning quyidagi ko`rsatkichlari: Traktorning quvvati _______kVt; og`irligi ______kN.

Plug korpusining og`irligi ___kN, traktorga ulash turi_____, qamrash kengligi,___m;

  1. Traktorning ilgakdagi tortish kuchini aniqlash.

Traktorning foydalanish ko‘rsatgichlari quyidagicha aniqlanadi: ishning bajarilishi uchun tavsiya etilgan tezliklar chegarasiga (Vi.ch = 8-12 km/soat) mos keladigan agregatning o‘rtacha tezligi Vo‘rt qabul qilingandan so‘ng ushbu tezlikka mos holda traktorning ilgakdagi tortish kuchi (Pmk, kN) aniqlanadi.
3,6Nе.нтpak
Pmk = , kN Vиш
bu erda: Ne.н - traktor dvigatelining nominal quvvati, kVt (3-ilova); трак-traktorning foydali ish koeffitsienti, трак= 0,65-0,75.
So‘ngra traktorning ishchi tezligi topiladi:
Vish = Vo‘rt (1-)
bu erda: - traktor g‘ildiraklarining shataksirash koeffitsienti.
SHataksirash qiymati δ = 0,05...0,15 (zanjirli traktorlar uchun) va δ = 0,15...0,35 (g‘ildirakli traktorlar uchun) chegarada o‘zgaradi.

  1. Plug korpusining soni topiladi: Pтк.н Gтрi

    • tirkalma plug uchun Ntp = , dona;

Втк Pтк.н Gтрi

    • osma plug uchun Nop = , dona.

Bok
Bu erda 𝐺𝑚𝑘 – traktorning og`irligi, kN; i – dalaning qiyaligi; 𝐵𝑚𝑘 – tirkalma plug korpusining qarshiligi, kN ; 𝑉𝑜𝑘- osma plug korpusining qarshiligi, kN.

  1. Plug korpusining qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:

  • tirkama pluglar uchun 𝑉𝑚𝑘 = kпhbgn(1i) , kN;

  • osma pluglar uchun 𝐵𝑜𝑘 = kпhbgn(п i) , kN.

Bu yerda: kп- tuproqning solishtirma qarshiligi, kN/m2 ; h – haydash chuqurligi, m; b – bitta korpusning qamrash kengligi, m; gп - bir korpusning og`irligi, kN, gп =2,7-3,1kN; p - osma plug bilan ishlaganda traktorga tushadigan qo`shimcha yukni hisobga oluvchi koeffitsient, p= 0,5-1,0.
Korpuslar sonining aniqlangan qiymati eng kichik butun songa yaxlitlanadi. Masalan, Ntp va Nop= 2,6 2 dona.
6. Traktorning tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti.
tirkalma plug uchun osma plug uchun formulalar bilan topiladi.
Traktorning tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti 𝑓𝑡𝑟= 0, 80…..0,95 bo`lishi kerak.
Hisoblangan ko`rsatkichlarning natijalariga asosan xulosa yoziladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling