1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Berilgan ish sharoitlari uchun traktorning tortish xossalari ko`rsatkichlarini hisoblash Ishning maqsadi


Mehnat sarfi va ish haqini hisoblash


Download 0.5 Mb.
bet9/13
Sana06.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1693540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
amaliy mashg`ulotlar eksoluatsiya 1-amaliy.docx111111111111111

Mehnat sarfi va ish haqini hisoblash.Jami ish hajmini bajarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfini aniqlash uchun ish hajmini(10-ustun) agregatning kunlik ish unumiga (9-ustun) bo`lib topiladi va mexanizatorlar (15-ustun),ishchilarniki (16-ustun) alohida yoziladi Xuddi shunday mexanizator va ishchining ish haqlari mos ravishda ularning soni, toifa bahosi va mehnat sarfini o`zaro ko`paytirib, 17 va 18-ustunlarga alohida yoziladi.
Amaliy texnologik karta qaysi davrga tuzilayotgan bo`lsa, namunaviy texnologik kartadagi tarif qiymati shu davrdagi minimalish haqi asosida qayta hisoblanishi lozim.
Yoqilg`i sarfini aniqlash. Bir birlik yoqilg`i sarfi (19-ustun) mavjud me’yoriy qo`llanmalar va namunaviy texnologik kartalardan olinadi. Jami bajarilgan ish hajmi uchun yoqilg`i sarfi (20-ustun) jami ish hajmini (10-ustun) bir birlik yoqilg`i sarfiga (19-ustun) ko`paytirish bilan aniqlanadi.
Barcha ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari 6.1-jadvalga kiritiladi.
6.1-jadval Amaliy texnologik karta
Hududning nomi:_________viloyati_________tumani __________________nomli fermer xo`jaligi;
Mintaqa__________, ekinturi____________; Ekish sxemasi__________ekin maydoni_______ga; hosildorlik _______ s/ga; dalalarning o`rtacha uzunligi______m, qiyaligi _______, sho`rlanish darajasi__________%; yuk tashish masofasi_______km.



Ishni ng nomi







Agrega t-ning
tarkibi va rusumi







Ishtoifasi, razryadi

Toifalar qiymati, so`m

Mehnat
sarfi, kishikun

Ish haqi, so`m

Yoqilg`i sarfi

























1

2

3

4

5

6

7

8

9

1
0

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20





























































Ish bo`yicha hisobotda: Ishning maqsadi, topshiriqqa asosan har bir talaba o`zi yashab turgan tumanda paxta yetishtirishning qaysi mintaqa, ekish usuli va ekinlar qatororasi (60 yoki 90 sm) to`g`risida ma’lumotlar va unga asosan tuzilgan amaliy texnologik kartaning (6.1-jadval)hisob-kitobi keltiriladi hamda olingan natijalar bo`yicha xulosalar beriladi.
7- Amaliy mashg`ulot
Xo`jalik sharoiti uchun maqbul namunaviy texnologik xarita hamda traktorlar vaqishloq xo`jaligi mashinalarini tanlash
Ishning maqsadi: Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qo`llaniladigan amaliy texnologik kartalar tuzish bo`yicha ko`nikmalar berish.
Kerakli jihozlar: 2016-2020 yillar bo`yicha qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qo`llaniladigan texnologik kartalar, ko`rgazmali qurollar, o`quv filmlari, adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi: har bir fermer xo`jaligi mutaxassislari tomonidan biznes-reja tuzishdan oldin, namunaviy texnologik kartalar asosida xo`jalikning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda ekiladigan har bir ekin turi uchun amaliy texnologik kartalar tuzib chiqiladi va hududning qaysi mintaqaga to`g`ri kelishi, hosildorlikni qanchalik bo`lishiga qarab sarf xarajatlar hisoblanadi.
Amaliy texnologik kartalarni tuzishdan maqsad:

  1. mintaqalarni o`ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilg`or agrotadbirlar va mashinalar tizimidan samarali foydalanib, ekinlar yetishtirish jarayonining mexanizatsiyalash darajasini oshirish;

  2. mehnat va moddiy resurslardan unumli foydalanish;

  3. mahsulot yetishtirishda ishchi kuchi, yoqilg`i, ma’danli o`g`itlar va mexanizatsiya sarflarini qisqartirish;

  4. mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida foydalanadigan texnika va jihozlarni arzonroq turlari bilan almashtirish;

  5. bir o`tishda bir necha turdagi ishlarni bajaradigan qurama (aralash) agregatlardan keng foydalanishdan iborat.

Ma’lumki, mamlakatimizda paxta yetishtirish bo`yicha namunaviy texnologik kartalar 3 ta mintaqa bo`yicha tuzilgan bo`lib, amaliy texnologik kartalarni tuzishda xo`jalik mutaxassislari uchun qo`llanma vazifasini bajaradi.
Respublika tumanlarining mintaqalar bo`yicha taqsimlanishi 1-ilovada keltirilgan. Ammo paxta yetishtiradigan fermer yerlariniu yoki bu mintaqaga kiritish birmuncha shartli xarakterga egadir. Chunki, bir tumanning hududida ham tuprog`i turli mintaqalarga taalluqli bo`lgan yerlar mavjud.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling