1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Berilgan ish sharoitlari uchun traktorning tortish xossalari ko`rsatkichlarini hisoblash Ishning maqsadi


Agrotadbir o`tkaziladigan maydon ulushini rejalashtirish


Download 0.5 Mb.
bet8/13
Sana06.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1693540
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
amaliy mashg`ulotlar eksoluatsiya 1-amaliy.docx111111111111111

Agrotadbir o`tkaziladigan maydon ulushini rejalashtirish. Agrotexnik tadbir o`tkaziladigan maydonning ulushi (5-ustun) belgilashda uning necha foizi mexanizatsiya yordamida bajarilishini aniqlash zarur. Masalan, chuqur yumshatish to`rt yilda bir marta o`tkazilsa - 25%, 1,5 marta ishlasa bo`lsa -15% deb olinadi.
Agregat tarkibini aniqlash. Belgilangan ishni bajaradigan agregat tarkibiga kiruvchi traktor rusumi 6-ustunda va qishloq xo`jaligi mashinasi rusumi 7-ustunda ko`rsatiladi. Agar ish turi qo`l kuchi bilan bajarilsa bu ustunlar birlashtirib “qo`lda” deb yoziladi.
Agregatni tanlashda ish unumdorligi va yonilg`i sarfiga ta’sir etuvchi omillar (dalaning o`lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi kabi) e’tiborga olinishi kerak.Ish sharoiti og`ir bo`lgandalalar (qiyaligi yuqori, toshloq) uchun maxsus texnikalarni, ya’ni ushbu sharoitlarda ishlatiladigan agregatlarn itanlash zarur.
Ishning o`lchov birligi (8-ustun) bajariladigan ishning turiga qarab ga, t, km, m.kub ko`rinishida beriladi.
Agregatning kunlik ish unumi (9-ustun) me’yoriy hujjatlardan, xoronometraj va sinov ma’lumotlaridan, namunaviy texnologik kartalar va boshqa hujjatlardan olinishi mumkin. Agar agregatning bir soatlik foydalanish ish unumi berilgan bo`lsa, uni smena vaqtiga ko`paytirib, uning kunlik ish unumi aniqlanadi. Ish kuni uzunligi dala ishlarini bajarishda 6 (kimyoviy ishlov berishda), 7 va 10 soatlik (asosiy ishlarni bajarishda) qilib belgilanadi.
Bajarilgan jami ish hajmi (10-ustun) o`lchov birligi (8-ustun) gektar hisobida bo`lsa, ekin ekiladigan maydonni agrotadbir o`tkaziladigan maydon ulushiga (5-ustun) ko`paytirish va 100%ga bo`lish bilan aniqlanadi.
Agar ish hajmi tonna, tonna-kilometr, metrkublarda o`lchansa, u holda ish hajmini gektarga aylantirish uchun ekin ekiladigan maydonni agrotadbir o`tkaziladigan maydon ulushiga (5-ustun) ko`paytirib, agrotadbirni bir gektar maydonda o`tkazish me’yoriga (3-ustun) bo`lish orqali aniqlanadi.
Mexanizator,ishchilar toifasini va sonini aniqlash. Mexanizator va ishchilar toifasi (11va 12-ustun) traktorning quvvati va bajaradigan ishning murakkabligini e’tiborga olgan holda mavjud me’yoriy qo`llanmalar va namunaviy texnologik kartalardan olinadi. Bunda mexanizator-traktorchi soni mexanizatsiyalashgan ishlar uchun bir nafarga teng deb olinadi.Ba’zi ishlarda, masalan, ekish vaqtida traktorchidan tashqari 1-2 nafar xizmat ko`rsatuvchi xodimlar ham ishtirok etishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling