Nazorat savollari:
Solishtirma og‘irlik nima?
Solishtirma og‘irlikning qanday usullari bor?
Solishtirma og‘irlikni aniqlashning eng qulay va oson usuli.
Solishtirma og‘irlikni aniqlash formulasi.
Piknometrik usul bilan solishtirma og‘irlikni qanday aniqlanadi?
Solishtirma og‘irlik nimaga bog‘liq bo‘ladi?
5-amaliy mashg‘ulot.
Minerallarni tashqi belgilariga qarab aniqlash.
Ishning maqsadi: minerallarning fizik xususiyatlarini aniqlash:
Buning uchun har bir talaba o‘ziga berilgan namunaning fizik xususiyatlarini quyidagi tartibda aniqlaydi: eng avvalo Mineralning tashqi ko‘rinishini aniqlaydi. Minerallar kristall ko‘rinishida uchraydi, qo‘shaloq kristallar, o‘sishmalar, tuproqsimon massa holida uchraydi. Kristallning tashqi ko‘rinishiga qarab mineralning singoniyasi aniqlanadi. Ammo buni har doim aniqlab bo‘lavyermaydi. Buning uchun mineral donalarining shaklini aniqlash kerak (izometrik, ignasimon, tolasimon, varaqsimon, nayzasimon, tangachasimon, qalamchasimon, zirapchasimon). Ko‘pincha minerallar agregat ko‘rinishida uchraydi. Minerallar agregati quyidagicha bo‘ladi: druzalar, radial nursimon, taroqsimon yoki cho‘tkasimon, sekretsiyalar, bodomtoshlar, yiriklari jeodalar, oolitlar, konkretsiyalar, oqiq-tomma, tuproqsimon massalar holida bo‘ladi.
7-jadval
Yaltirashi
|
Mineralning nomi
|
Metalldek
|
Molibdenit, pirit, galenit, Xalkopirit, sof oltin
|
Metallsimon
|
Gematit, grafit, kuprit, kolumbit
|
Nometall:
olmosdek
shishadek
v) yog‘langandek
g) xira
ipakdek
sadafdek
|
Olmos, Ueyofan, kassiterit, sirkon
Rutil, sof oltingugurt
Kvars, flyuorit, korund, berill, talk, nefelin, opal
Kaolin, Pirolyuzit, magnezit Xrizotil, asbest, selenit
Muskovit, island shpati, gips
|
Do'stlaringiz bilan baham: |