1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Minerallarning magnitlik xususiyati


Download 162.92 Kb.
bet13/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Minerallarning magnitlik xususiyati. Aniq magnitlik xususiyatiga ega bo‘lgan mavjud miyaerallarnnng soni juda kamdir. Kuchsiz paramagnitlik xususiyatiga ega bo‘lgan minerallarning (pirrotinning kam oltingugurtli) xillarini magnit osonlikcha o‘ziga tortadi. Biroq shu.nday minerallar ham borki, ular magnitdan iborat, ya’ni ferromagnitlik bo‘lib, temir qirindilari, mix va boshqa temir buyumlarni o‘ziga tortadi. Magnetit, nikelli temir, ferroplatinaning ba’zi xillari shunday xususiyatga ega. Nihoyat, magnitdan qochuvchi (sof tug‘ma vismut) diamagnit minerallar ham bor.
Magnitlik xususiyatga ega bo‘lgan minerallarning soni ko‘p emas, shuning uchun u diagnostik belgi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Magnitlik xususiyat erkin aylanadigan magnit strelkasi yordami bilan tekshiriladigan mineral namunasini shu strelkaga yaqinlashtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Magnit strelkasi yordamida bilib bo‘lmaydigan kuchsiz magnitlik xususiyatga ega bo‘lgan minerallarling soni ancha ko‘p.
Shlixlar deb aydiladigan, ya’ni minerallarning yuvib olingan og‘ir fraksiyasini tekshirishda elektromagnit yordamida minerallarni fraksiyaga ajratish, ularning manashukuchsiz magnitlik xususiyatndagi farqqa asoslangan.
Minerallarning radioaktivligi. Mendeleev davriy sistemasining eng oxirida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan uran-radiy radioaktyv elementlar gruppasi bor. Radioaktivlik hodisasini 1896 yildayoq A. Bekkerel kashf etgan edi. Bu sodada olib borilgan so‘nggi tekshirishlar atomlar tuzilishining umumiy qonunlari bilan yadro fizikasi deb ataladigan fanning taraqqiy etishiga olib keldi.
Ma’lumki, ximiyaviy birikmalarning ham, ionlarning ham hosil bo‘lishi umuman hamma ximiyaviy protsesslar deyarli doimo atomlarning tashqi elektron qobiqlari tuzilishi va o‘sha elektronlarning qayta gruppalanishi paytida ajralib chiqadigan energiya bilan bog‘liq bo‘ladi, bunda atom yadrolarida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi. Radioaktiv parchalanish hodisasi esa, aksincha o‘sha yadrolarning o‘zida sodir bo‘ladigan almashinishlar bilan bog‘liqdir. SHunga muvofiq atom yadrolarining tuzilishi haqida eslatib o‘tish kerak.
Atomlarning tuzilishida uch xil asosiy zarrachalar: yadrodagi proton va neytron, yadroni o‘rab turgan elektronlarning ishtirok etishi aniqlangan edi. Protonlarning soni—atom soniga, neytronlar soni esa massa soni (atom og‘irligiga yaqin) bilan atom son orasidagi farqqa teyagdir.
Davriy sistemaning so‘nggi elementlarning yadrosi unchalik barqaror bo‘lmagan atomlarga ega. Shunday elementlar uchun quyidagicha nur zarrachalarini uzluksiz chiqarib turishida o‘z aksini topgan radioaktiv parchalanish deb ataladigap hodisa juda ham xarakterlidir:
1) α-zarrachalar, ya’ni atom soni 2 va massa soni 4 bo‘lgan geliy atomlari yadrosi; ular juda katta tezlik bilan otilib chiqadi va havoni ionlashtiradi, ya’ni uni elektr o‘tkazuvchan qilib qo‘yadi; shu zarrachalarning ajralib chiqishi, o‘sha element atomining sekin-asta birmuncha engilroq elementlar atomlariga aylanishga olib keladi, shu bilan birga har bir zarrachaning ajralishi paytida atom soni 2 ga, massasi esa 4 birlikka kamayadi;
2) β-zarrachalari elektronlarga teng qimmatlidir; tabiiyki shunday zarrachalar bittasining ajralib chiqishi yadro zaryadini bittaga orttiradi (massa soni saqlangani holda); demak, parchalanishdan qolgan mahsulotning atom soni ham bittaga ko‘payadi;
3) γ- nurlari elektromagnit nurlanishdan iborat bo‘lib, rentgen nurlariga o‘xshab ketadi.
Atomlarning mana shunday uzluksiz parchalanishlari juda katta energiya sarf qilish bilan birga temperaturaga va bosimga bog‘liq bo‘lmagan ravishda yuz beradi. α - va β - zarrachalarining ketma-ket so chilib turishi natijasida yuzaga keladigan eng so‘nggi mahsulot — qo‘rg‘oshinning barqaror izotopi bo‘ladi. SHular o‘rtasida bo‘lgan atomlarni hosil qiluvchi radioaktiv parchalanishning tezligi juda keng miqyosda sekundning bir necha bo‘laklardan to milliardlab yillargacha o‘zgaradi. Muayyan izotop atomlarining hamma miqdori yarmining radioaktiv parchalanishi uchun ketgan vaqt yarim parchalanish davri» deb aytiladi. Bu vaqt har qaysi izotop uchun o‘zgarmasdir.
Ketma-ket radioaktiv parchalanishning quyidagicha uchta qatori aniqlangan: 1) uran qatori I U238 dan boshlanadi, bunda parchalanishiing oraliq mahsuloti qatorida yarim parchalanish davri 1600 yil bo‘lgan radiy ham hosil bo‘ladi; 2) aktiniy qatori, uranning boshqa kzotopi — U235 dan boshlanib, parchalanishning oraliq mahsulotlari orasida aktiniy aralashmalari ham bo‘ladi va 3) toriy qatori Th232 izotopidan boshlanadi.
Minerallarning radioaktivligi havoning ionizatsiyalanishiga qarab elektroskoplar, ionizatsion kameralar va turli sistemadagi schyotchiklar yordamida aniqlanadi. Ximiyaviy aktiv nurlar chiqarishga qobiliyatli bo‘lgan uranli minerallar foto plastinkasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Radiografiyalarni olish uchun xuddi shunday xususiyatdan foydalaniladi. SHu maqsad uchun jilolangan ruda namunasini qorong‘i uyda yoki yashikda ma’lum vaqtgacha fotoplastinka ustiga qo‘yiladi. Aktiv nur yorug‘lik sezuvchi plastinka qavatiga rasmiy ximiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Plastinka ishlanganidan keyin unda qolgan qop-qora dog‘ tarkibida urani bo‘lgan minerallar borligini ko‘rsatadi. Radyografiyaiing pozitiv tasviridagi, ya’ni foto qog‘ozidagi oq joylar rudaning radioktiv elementlarga boy qismiga, qora joylar esa ular bo‘lmagan qismiga to‘g‘ri keladi.
Juda uzoq davrlar davomida yuz beradigan radioaktiv parchalanish hodisasidan tarkibida bir paytlar radioaktiv minerallar hosil bo‘lgan xilma-xil tog‘ jinslarining absolyut geologik yoshini aniqlashda foydalaniladi. Har bir radioaktiv moddaning parchalanish tezligk doimiygina bo‘lib qolmasdan, balki temperatura bilan ham, sodir bo‘layotgan ximiyaviy reaksiyalar bilan ham bog‘liq emas, avvalo shuning uchun ham yoshni shunday aniqlash mumkin bo‘ladi. Buning ikkinchi muhim sababi mineralning parchalanishidan hosil bo‘lgan so‘nggi mahsulotlar (geliy bilan qo‘rg‘oshin) miqdorining o‘sha mineral yuzaga kelgan paytdan boshlab o‘tgan davr bilan bevosita bog‘liq bo‘lishidadir.



Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling