1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet16/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Sulfidlar.


Sulfid minerallari tarkibiga metallarning oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali birikmalari kiradi. Sulfid birikmalari hosil qiladigan kimyoviy elementlarning soni 40 tadan oshiq. Minerallarning soni 300 dan ortiq.

  1. Galenit — PbS

  2. Sfalerit — ZnS

  3. Xalkopirit — CuFeS2

  4. Pirit - FeS2

  5. Markazit - FeS2

  6. Galenit - PbS

Mineralning nomi lotincha "galena"- qo‘rg‘oshin ma’dani so‘zidan kelib chiqqan.
Xillari: selenli galenitdir. Galenitning "svinchak" deb aytiladigan fizik xili galenitning mayda donali zich xira massasidan iborat.
Singoniya kubik ba’zan oVaedr yonlari bilan murakkablashgan kub, kamroq oktaedr ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Galenitning yakka-yakka kristallari faqat bo‘shliqlardagina topiladi. Donador massalar bo‘lib yoki boshqa jins orasida noto‘g‘ri xol-xol donalar shaklida uchraydi.
Rangi- qo‘rg‘oshindek kulrang. Chizig‘ining rangi kulrang-qora.
Yaltirashi metalldek.
Qattiqligi - 2-3
Solishtirma og‘irligi - 7,4-7,6
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi o‘ta mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Galenit deyarli faqat gidrotermal konlarda tarqalgan. Galenit doimo sfalerit ZnS bilan bir paragenezisda uchrashi juda ham haraktyerlidir. Galenit bilan bir assotsiatsiyada uchraydigan boshqa minerallar: arsenopirit, pirit, xalkopirit, aynama ma’danlar, kumush, qo‘rg‘oshin, mis sulbfosollari va boshqalar. Konlari: Xandiza, Uchquloch, Qo‘rg‘oshinkon (O‘zbekiston), Ad-rasman, Oltin-topkan (Tojikiston), To‘rlan (Qozog‘iston), Sadom (Shimoliy Kavkaz) va Missuri (AQSH). Galenit eng muhim qo‘rg‘oshin ma’danidir. Harbiy sohada, tipografiya metalli tayyorlashda, kislota chidamli apparatlar ishlashda, ovchilikda, rentgen va radiy nurlaridan himoya qilishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin tuzlari bo‘yoqchilikda va tibbiyotda ishlatiladi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling