1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalkopirit — CuFeS 2
Sfalerit — ZnS
Minerallning nomi Yunoncha "sfalyeros" - aldamchi so‘zidan olingandir. Sfaleritning xillari, kleyofan-oq rangli yoki rangsiz (deyarli butunlay aralashmalardan holi) bo‘lgan xili; marmatit-sfaleritning qora rangli temir aralashgan xili, pshibramit — qadimgi boy (Sd 5%gacha) xili bor. Singoniya kub. Ko‘pincha tetraedr qiyofasida uchraydi. Rangi: qoramtir yoki jigar rang; ko‘pincha qora (marmatit), kamdan- kam sariq, qizil va yashilroq bo‘ladi. Butunlay rangsiz - shaffof xilli (Ueyofon) ham bor. Uning chizig‘i oq yoki och sariq va qoramtir, temirga boy turi jigarrang chiziq beradi. Yaltirashi olmossimon. Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 3,9-4 Mustahkamligi mo‘rt Ulanish tekisligi o‘ta mukammal Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Sfalerit konlarining eng ko‘pi doimo o‘zi bilan bir assotsiatsiyada topiladigan galenit kabi gidrotermal konlarda uchraydi. Ayrim sulfid ma’danli konlarda Xalkopirit bilan paragenetik bog‘langan bo‘ladi. Gale- nit, pirit, markazit, xalkopirit, kalsit, dolomit bilan bir assotsia-tsiada uchraydi. Konlari: Xandiza, Uchkulach, Qo‘rg‘oshinkon (O‘zbekiston), Oltin — Topkan (Tojikiston), Pshibram (Slovakiya). Binnetalda (Shvey- tsariya), Santander (shimoliy Ispaniya). Sfalerit rux uchun asosiy ma’dandir. Sfalerit ma’danlaridan yana Cd, Jn, Ga kabi qimmatbaho nodir metallar ham ajratib olinadi. Asosan metall buyurnlarni rux bilan ishlatiladi. Xalkopirit — CuFeS2Minerallning nomi Yunoncha "xalbkos" - mis, "piros" - o‘t (olov) demakdir. Mis kolchedani. Singoniya tetragonal. Kristallar juda kam. Ular faqat druzali bo‘liqlarda topiladi. Oktaedrik yoki tetraedrik, kamroq skalenoedrik qiyofalarda bo‘ladi. Odatda yaxlit massalar na noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar bo‘lib topiladi. Buyrak va qalampirsimon kollomorf xalkopirit ham ma’lum. Rangi - jez sariq to‘q sariq yoki ola-bula bo‘lib tovlanadi. Yaltirashi - metall kabi. Qattiqligi - 3-4 Solishtirma og‘irligi - 4,1-4,3 Mustaxhkainligi. Ancha mo‘rt. Ulanish tekisligi mukammal emas. Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Xalkopirit ko‘pincha pirrotin bilan birga asos intruziv orasida magmatik mis-nikelb Sulfid konlarida pentlandit, magnetit, kubanit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Tipik gidrotermal va kontakt-metasomatik konlarda ham ko‘p tarqalgan. U doimo pirit, pirrotin, sfalerit, galenit, aynama ma’danlar va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada bo‘ladi. Ekzogen sharoitlarda kamdan - kam cho‘kindi jinslar orasida organik qoldiqlarning parchalanish davrida vodorod sulfidli achish sharoitlari va mis eritmalari mavjud bo‘lgan paytlarda Yuzaga keladi. Konlari: Kalmokir, Sariqcho‘qqi, Dalbnee (O‘zbekiston), Turbinsk, Kuznetsk Olatog‘i (Rossiya), Jezkazgan (Qozog‘iston), Yuta (AQSH), Bingxem, Chukikamata (Chili). Tarkibida Xalkopiriti bo‘lgan ma’danlar mis olinadigan asosiy manbadir. Sanoatbob rudalar tarkibida mis 0,5 - 2,5% bo‘ladi. Metallurgiya zavodlarida olingan mis toza holda va qotishmalar 9ez, bronza, tompak) holatida ishlatiladi. Misning anchagina qismi mashinasozlikda, paroxodlar qurishda, kimyo sanoati uchun asboblar tayyorlanadi. Mis asosan elekr sanoatida ishlatiladi. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling