1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet11/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

ULANISH TEKISLIGI
8-jadval

Ulanish tekisligi turlari

Misollar

O‘ta mukammal

Slyuda, talk, xloritlar, gips

Mukammal

Kalsit, galit,
dala shpatlari

O‘rtacha

Avgit,
Shox aldamchisi

Nomukammal

Apatit, kassiterit, sof tug‘ma
oltingugurt va boshqalar

O‘ta mukammal
bo‘lmagan

Sof holdagi oltin, platina,
korund, magnetit



SOLISHTIRMA OG‘IRLIGI


Minerallarning solishtirma og‘irligi mineral tarkibini tashkil etuvchi ion yoki atomlarning og‘irligiga va radiuslarining o‘lchamiga bog‘liq, ya’ni solishtirma og‘irlik — zichlik demakdir. Minerallarning solishtirma og‘irligi: 1. Yengil — 1-2,5; 2. O‘rtacha — 2,5-4; 3. Og‘ir — 4-8; 4. Juda og‘ir — 8-23.
Dala sharoitida solishtirma og‘irligi aniqlanayotgan minerallar (nisbiy solishtirma og‘irlik) qo‘l bilan chamalash yo‘li bilan tekshiriladi, bu vaqtda sinalayotgan turli mineral bo‘laklari hajmining kattaligi bir xil bo‘lishi kerak.


MINERALNING QATTIQLIGI


Minerallarning qattiqligi deb shu mineralning biron tashqi mexanik tabsiriga, jumladan tirnalishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati darajasiga aytiladi.
Rasmiy mineralogiya amaliyotida minerallarning qattiqligini aniqlashda juda oddiy usuldan foydalaniladi, ya’ni bir mineralni boshqasiga chizib ko‘rib mineralning nisbiy qattiqligi aniqlanadi. Bunday qattiqlik darajasini belgilashda har qaysi keyingi Mineral o‘tkir uchi bilan awalgisini chiza oladigan o‘nta mineraldan iborat. Mineralning qattiqligi tirnoq, tanga, qalamtarosh va shisha yordamida aniqlanadi. Mineral qog‘ozni tirnamay chizsa uning qattiqligi 1 ga teng bo‘ladi. Tirnoqning qattiqligi 2 ga teng, tanganiki 3-4, oddiy shishaniki 5-6, qalamtaroshniki 6- 7.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling