1-amaliy mashg`ulot topshirig`i
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari
Download 70.54 Kb.
|
1-amaliy mashgulot topshirigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soz birikmasi
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) – kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy omil sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa o‘tdim gapida -ga shakli qishloq so‘zini o‘tmoq fe’li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko‘rsatkichi men so‘zini o‘tmoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.
Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog‘lash bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini ham ta’minlaydi. Кelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal ko‘rsatkich. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi. Shaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi. So'z birikmasi - ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil bo'lgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning ko'zi, kitobni o'qimoq, oydin kecha va boshqa Har qanday Sb. birdan ortiq mustaqil so'zning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy— tobe qism, maʼlumot — hokim qism). Sb. komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga bulinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan Sb. sodda Sb. hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, suz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab Sb. deyiladi. Mas, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe kiyem, mutaxassis — hokim qism). Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra S b. ning 2 turi farqlanadi: ot Sb., feʼl Sb. Ot Sb. hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan Sb. dir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl Sb. hokim kismi feʼl bilan ifodalangan Sb. laridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili Soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchil i Sb. (ukamni oʻynatdim) va holli Sb. (tez gapirmoq, qishlokla yashamoq). Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Download 70.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling