maʼnosiga ega. Shulardan kelib chiqib, muammo amaliyotining birinchi bosqichi – aʼmoli
tashiliy – yengillatuvchi amallar deb ataladi. Bu bir necha amallar guruhidan iborat
boʻlib, ular intiqod, tahlil, tarkib va tabdil qoidalaridan iboratdir. Bu qoidalar
oʻziga xos uslublar asosida amalga oshiriladi. Chunonchi, intiqod qoidasi 1) bir necha
soʻzdagi birinchi harflarni saralash; 2) bir necha soʻzdagi oxirgi harflarni saralash; 3)
ikkalasini birga saralash; 4) bir necha soʻzdagi oʻrta harflarni saralash; 5) bir necha
soʻzdagi birinchi va oʻrta yoki oxirgi va oʻrta harflarni birga saralash; 6) bir soʻzning
birinchi va oxirgi harflarini saralash; 7) tartibi bilan saralash; 8) soʻz boshi yoki
oxirdan ikkitadan harf saralash; 9) maʼlum soʻzlar vositasida harf saralash; 10) oʻrta
harflarning hammasini olish; 11) biror soʻzdan koʻp va boshqa soʻzdan bir harf saralash
uslublarini birlashtiradi. Tahlil qoidasi sheʼriy maʼnosi sodda va muammolik
maʼnosi murakkab boʻlgan muammolarni yechish uslubidir. Tarkib tahlilning aksi, yaʼni
sheʼriy maʼnosi murakkab va muammolik maʼnosi sodda uslubga asoslangan qoida.
Tabdil qoidasi 1) harfni boshqa harfga oʻzgartirish va 2) ikki qismni boshqa ikki
qismga badal qilish uslubilariga asoslanadi.
2.Tabdil, transkripsiya, transliteratsiya.
Transliteratsiya (lotincha: trans — „qarshi“, „orqali“ va littera — „harf“) deb bir yozuv tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi[1][2].Transliteratsiya qatʼiy va boʻshashtirilgan boʻladi. Qatʼiy transliteratsiyada bir yozuv harflari boshqa yozuv harflari bilan birma-bir almashtiriladi, masalan, yunoncha Ελληνική Δημοκρατία ("Ellenik Respublika") Ellēnikē Dēmokratia deb transliteratsiya qilinadi, bunda yunon harflari mos lotin harflari bilan almashtiriladi. Boʻshashtirilgan transliteratsiyada harflar birma-bir almashtirilishi shart emas, agarda asl yozuvda ular beradigan tovush boshqa yozuvdagi mos harflar tovushiga mos kelmasa, masalan, Ελληνική Δημοκρατία → Ellinike Dimokratiya (bunda transliteratsiya yunon talaffuziga tayanadi).Transliteratsiya bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida soʻzlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan harfma-harf aks ettirishdir. Transkripsiyadan farqli ravishda transliteratsiya muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish koʻradi. Bironbir alifboga asoslanar ekan, transliteratsiya harflarni shartli qoʻllashga, qoʻshimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yoʻl qoʻyadi. Transliteratsiya dastlab 19-asrda Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, kirill, arab, hind va boshqa yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxonalar uchun tuzilgan yoʻriqnomalar 20-asrda lotincha boʻlmagan yozuv gizimlarini lotinchaga oʻgirish andozasining asosi boʻlib xizmat qildi. Hozirgi transliteratsiyaga oid tavsiyalar Xalqaro standartlar tashkiloti — ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. Transliteratsiya oʻzining universalligi tufayli koʻp tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti boʻlib xizmat qilishi mumkin. Transliteratsiyani amaliy transkripsiyadan farqlash kerak. Transliteratsiya xalqaro boʻlishi mumkin va boʻlishi kerak, chunki u bironbir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa bironbir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan oʻqish qoidalariga tayanadi. Transliteratsiya qad. qoʻlyozma yodgorliklar, jahon xalqlari tarixi, tili va adabiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |