3.Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang.
Qasdi jonimg‘a chu mujgoning ikki saf tuzdi,
Biri qosh yosi, biri g‘amzang o‘qin kirguzdi.
SAFIY va SAFO
Halli: ism moddasi “ikki saf”, “qosh yosi” va “gʻamza oʻqi”. Ikki “saf”dan biriga “yo” qoʻshilsa, “Safiy” boʻladi. Yana bir “saf”ga “gʻamza oʻqi” anglatayotgan “alif” tarkib topsa, “Safo” hosil boʻladi.
21-bilet
1.Nashr turlari
26-biletning birinchi savoli
2.Germenevtika: Qur’oni Karimni tafsirlash, sharhlash, fiqhiy masalalar bilan bogliq ijmo’, aqoyid ilmlarning keng yoyilishi
Germenevtika – qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. Sh.Jabborov o‘zining “Germenevtika – tushuntirish ilmi” kitobida aytadi: “XVIII-XIX asrlarda nemis olimlari tomonidan fan sifatida tafakkur maydoniga tashlangan falsafiy germenevtika boshqa ko‘rinishda azaldan SHarqda ham mavjud bo‘lgan bilish, tushunish, sharhlash va izohlash bilan bog‘liq ta’limotdir. Germenevtika metodi bilan G‘arbda Injil matnlarini izohlaganlaridek, bizda ham Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladigan, hadisi sharif ma’nolarini izohlaydigan, mutafakkir ajdodlarimizning asarlarini sharhlaydigan mufassirlar, muhaddislar, faqihlar ilmi azaldan shakllanib, rivojlanib kelgan”.
Manbalarda tafsir so‘zining ma’nodoshi sifatida ta’vil (تأويل) so‘zi ham qo‘llangan. Ta’vil so‘zining lug‘aviy ma’nosi – qaytish, istilohiy ma’nosi – gapni sharhlash, ma’nolarini bayon qilish. Muavvil – gapni ehtimol qilingan ma’nolardan biriga qaytaruvchi. Islom mintaqa madaniyati shakllanishi bilan kitob yaratishda ham ko‘pgina umumiy jihatlar bu mintaqada barqarorlashib qoldi. Bu hol jumladan kitobning tuzilishida o‘z aksini topgan va odobi tasnif degan nom olgan. Kitobning tuzilishi ko‘p hollarda quyidagicha bo‘lgan:
—Basmala—har bir kitob «bismillo»dan boshlangan.
—Hamd— Ollohning madhi, «tahmid» ham deyishadi. Matnning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, unda Ollohning bag‘oyat buyukligi va barcha ishlarga qodirligi, unga muallif munosabati aks etadi.
—Маtn— kitobning asosiy qismi bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi.
—Ichki unvon — tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba’zan boshqa masalan qizil siyoh bilan, ba’zan qalin harflar ( jumladan nasriy asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o‘rtasida beriladi.
—Hoshiya— jadval (matn ramkasi)dan tashqarida joylastirilib, ko‘pincha tushib qolgan o‘rinlarga qistirmalar qo‘yish, izoh berish, matn fikrini tasdiqlash uchun xizmat qiladi.
Ammo, shubhasiz, matnshunoslikning qat’iy prinsiplari, xususan, kitobat san’atida matn shaklining qat’iy strukturasi Turonzamin erlariga islom dini va arab yozuvi bilan birga kirib keldi. O‘rta Osiyoda hadis ilmining beqiyos rivoji, Qur’oni Karimni turli tafsir va sharhlari, fiqhiy masalalarga oid ilmlarning (aqoyid, fatvo) keng yoyilishi matnshunoslikda muayyan an’analarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Hadis to‘plamlari, fiqhiy majmualar, diniy naql va rivoyatlardan xrestomatiyalar tuzish va ularni ko‘chirish maktablari shakllandi. Allomalarning asarlariga ko‘plab sharhlar yozilishi bilan qo‘lyozma nusxalar matni strukturasida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Matn turlarining ko‘payishi bir asarning turli shakllarida ko‘chirilishiga va turli nomlar bilan mashhur bo‘lib ketishiga sabab bo‘ldi. Kotiblar mas’uliyatiga doir maxsus risolalarning paydo bo‘lishi bu bosqich nihoyasida matnshunoslikka ilm sifatida qarash boshlanganligini isbotlaydi. O‘zbek matnshunosligi shakllanishi va rivojining 1-bosqichi qadim davrlardan temuriylar sulolasi hukmdorligigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi.
3.856-yilni milodiy yilga aylantiring.
856-(856:33)+621=1451
22-bilet
Do'stlaringiz bilan baham: |