1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Tarixiy asarlarda mualliflar odatda tarixi ma'lumotlarga ega bo'lgan insonlar yoki tarixi voqealarni tahlil qilish uchun ma'lumotlarni jamlab beradilar


Download 174.94 Kb.
bet31/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

4. Tarixiy asarlarda mualliflar odatda tarixi ma'lumotlarga ega bo'lgan insonlar yoki tarixi voqealarni tahlil qilish uchun ma'lumotlarni jamlab beradilar.

5. Tarixiy asarlarda mualliflar odatda tarixi voqealarni bir-biri bilan bog'liqligini ko'rinishida taqqoslab turadi.
2.Hamid Sulaymonovning o‘zbek matnshunosligi rivojidagi o‘rni
Hamid Sulaymonovich Sulaymonov (1910.5.5 — Toshkent — 1979. 8.6) — oʻzbek adabiyotshunosi, matnshunosi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Filol. fanlari doktori (1961), professor (1971). Moskva kinematografiya institutini tugatgan (1932). Toshkent pedagogika instituti oʻqituvchisi, kafedra mudiri va Toshkent Davlat Universiteti dotsenti (1935—50). 50y.larda qatagʻonga uchragan. 60y.larda oklangan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti sektori mudiri (1962—67). Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1967— 69) va Qoʻlyozmalar instituti (1978—79) direktori. Asosiy ilmiy faoliyati Alisher Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bagʻishlangan. Navoiy qoʻlyozmalari bibliografiyasini tuzgan (1946—47) va shoirning "Badoye ulbidoya", "Navodir unnihoya" devonlari qoʻlyozmalarini topib (1959), ular shoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. "Xazoyin ul-maoniy" tanqidiy matnini tuzgan va nashr ettirgan (1958—60). "Devoni Foniy" qoʻlyozmalarini (Fransiyadan) topib, fotonusxa asosida nashr ettirgan (1965). Hofiz Xorazmiyning 2 j.li "Devon"i fotonusxasini Haydarobod (1975, Hindiston)dan Toshkentga olib kelib (1977), soʻz boshi yozib chop ettirgan (1980). Xattotlik va kitobat sanʼatiga oid ilmiy asarlar yozgan. "Boburnoma"ga ishlangan rasmlar" (1959), "Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar" (1980, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda), "Amir Xusrav asarlariga ishlangan rasmlar" (1983, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda) albomlarini tuzgan va chop ettirgan. Toshkent, Andijon, Qoʻqon, Samarqand, Jizzax shahridagi adabiyot muzeylari hamda Qoʻlyozmalar institutining tashkil etilishiga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga S. nomi berilgan.
Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi.[19] 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilk devon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilk devon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling