(alif )
|
( be )
|
(jim )
|
( dol)
|
(he )
|
(vov )
|
( ze)
|
(he )
|
(to )
|
(yo )
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
(Kof )
|
(Lom )
|
( Mim)
|
( Nun)
|
( Sin)
|
(Ayn )
|
( Fe)
|
( Sod)
|
(qof )
|
(re )
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
80
|
90
|
100
|
200
|
(shin )
|
(te )
|
(se )
|
(xe )
|
(zol )
|
( zot)
|
(zo )
|
(g‘ayn )
|
300
|
400
|
500
|
600
|
700
|
800
|
900
|
1000
|
Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun quyidagi tartibda sun’iy so‘zlardan iborat 8 guruh o‘ylab topilgan:
ABJAD
|
HAVVAZ
|
HUTTI
|
KALAMAN
|
SA’FAS
|
QARASHAT
|
SAXXAZ
|
ZAZAG‘
|
alif – 1
be – 2
jim -3
dol -4
|
he (hoyi havvaz)- 5
vov – 6
ze -7
|
he (hoyi hutti) -8
to
(itg‘i) - 9
yo -10
|
Kof -20
Lom -30
Mim -40
Nun -50
|
Sin -60
Ayn -70
Fe -80
Sod -90
|
qof-100
re-200
shin-300
te-400
|
se-500
xe-600
zol-700
|
zot-800
zo (izg‘i)-900
g‘ayn-1000
|
Turkiy va forsiy til alifbolarida arab tiliga qo‘shilgan 3ta harf- “p,” “ch”, “g “arab tilidagi “b”, “j” va “k” harflari asosida yasalgani uchun shu arab harflari anglatgan raqamlarni ifodalaydilar.
TA’RIX
Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma bu – biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Hirot aslzodalari davralarida bu o‘yinga katta qiziqish bilan qaralardi. Masjid, madrasa, karvonsaroy, hovuzlarning qurilish sanasini belgilash uchun maxsus satrlar to‘qilar va binolarga chiroyli qilib yozib qo‘yilardi180. Arab, fors va turkiy xalqlar mumtoz adabiyotida bu janr juda mashhur bo‘lib, hatto shoirlar o‘rtasida mahorat mezonini ham anglatgan.
Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Amir Alisher Navoiy Hirotda madrasa qurdirganda unga mudarris etib Mir Atoullohni tayinlaydi. Shunda yangi mudarris buning sharafiga shunday ta’rix bitadi:
Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab,
Farmud maro ifodai ahli talab.
Chun dar shashumi mohi rajab ijlos,
Ta’rix talab az “shashumi mohi rajab”[1].
(Mir ilmu adab uchun madrasa qurib, ilm ahli talabini ifodalashni buyurdi. Darslarga o‘tirish rajab oyining oltinchi kuni boshlanganidan uning ta’rixini “rajab oyining oltinchi kuni”dan izla. )
Ushbu ta’rix moddasida ikkita “shin” 600, ikkita “mim”-80, alif-1, hoyi havvaz-5, re-200, jim-3, be-2 raqamlarini ifodalab kelmoqda. Ularni qo‘shsak, hijriy 891 yil chiqadi. Milodiy yilga aylantirsak 1486 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, muallif sana, yil va oyni ustalik bilan ta’rix moddasida aks ettira olgan.
Ikkinchidan, raqamlarni hosil qiluvchi harflar yig‘indisi muayyan ma’noni anglatilishi shart. Ana shu so‘z tarix moddasi deb ataladi. Kichik bir she’r, qit’a yoki baytda tarix moddasining muayyan leksik birlikni ifodalashi bilan bir qatorda uning she’r kontekstiga mos kelishi shoirdan katta mahorat talab qiladi. Masalan, qozi Ixtiyoriddin Mo‘‘min Mirzo vafotiga “xarobi mulk”, ya’ni “mamlakat xarob bo‘ldi” so‘zini ta’rix qilgan. Abjad bo‘yicha ushbu ta’rix moddasidan hijriy 903 yil chiqadi
Uchinchidan, ta’rix moddasi kam sonli bo‘lsin. Masalan, Alisher Navoiy shahzoda Shoh G‘arib Mirzo mast holda vafot etganiga ishora qilib, “maxmur” , ya’ni “mast” so‘zini ta’rix qilgan. Undan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 886 yil chiqadi.
Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Masalan, Navoiy o‘zining “ Farhod va Shirin” dostonini tugatgan yilni shunday qayd etgan:
Chu tarixi yilni onglay dedim tuz.
Sekiz yuz seksan erdi dog‘i to‘quz. (FSH. MAT. 477-bet).
Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining Bo‘ston” asarida asar xotimasi ta’rixini shunday ochiq ifodalagan:
Zi shashsad fuzun bud panjohu panj,
Do'stlaringiz bilan baham: |