1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.947-yilni milodiy yilga aylantiring
- 2.Diplomatik nashr, faksimil nashr, akademik nashr.
2.Mustaqillik davrida matnshunoslik rivoji
Mustaqillik davrida matnshunoslik rivoji, oʻzbek tilining taraqqiyoti va oʻzining adabiyotining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi.Oʻzbek tilida yozuvchi va oʻquvchi ko'plab yirik mutaxassislar chiqqan va ularga qarshi keldi. Ularning oʻzaro hamkorlik qilishlari bilan adabiyotimizning yangi shakllari, xususan, hikoya va roman janrida yaratilgan asarlar keng tarqaldi. Matnshunoslik sohasida esa, Mustaqillik davrida turli sohalar bo'yicha ilg'or ma'lumotlar to'plami tuzildi. Adabiyotdagi rivojga qaraganda, shuningdek, jurnalistika sohasida ham katta rivojlanish ko'rish mumkin edi. Bundan tashqari, Mustaqillik davri matnshunosligi oʻzida turli mazmunlarni ham taqdim etdi. Milliy g'oya va mustaqillikning muhimligini yetakchilik bilan aks ettirgan asarlarning yanada ko'proq tarqalishi hisoblanadi. Jumladan, Mustaqillik davri matnshunosligi Oʻzbekistonda adabiyotning yanada kuchliroq tarqalishiga sabab bo'lgan muhim yurtimizda taraqqiyotga mo'ljallangan yillar hisoblanadi. 3.947-yilni milodiy yilga aylantiring H - (H:33)+621=M 947-(947:33)+621=1539 24-bilet 1.XX asrda Navoiy asarlari matnlari tadqiqi. O‘zbek matnshunosligi XX asrning 40-yillarida ilmiy yo‘nalish sifatida chinakam rivojlanish yo‘liga kirdi. Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan katta e’tibor o‘zbek matnshunosligining yorqin namoyanadalarini maydonga keltirdi. Turli mamlakat kutubxonalari va ayrim shaxslar qo‘lida saqlanib kelayotgan shoir asarlari qo‘lyozmalari ro‘yxatini tuzish, ularning nodir nusxalarini aniqlash, mavjud barcha manbalarni tavsif qilish sohasida muhim ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Natijada Alisher Navoiyning deyarli hamma asarlari qo‘lyozmalari ro‘yxati tuzildi va ularning yozilish sanalari aniqlandi. Ushbu izlanishlar V.Bartold, E.Bertels, A.Semyonov, A.Sa’diy, S.Volin, O.Sharafuddinov, Ogoh Sirri Levend, Ch.R’yo, E.Bloshe, V.Minorskiy, E.Rossi, Fahmi Haratay, H.Sulaymon, M.Hakimov kabi matnshunos olimlarning tahsinga sazovor xizmatlari tufayli bajarildi. Ma’lumki, Alisher Navoiyning 500 yillik tavalludini o‘tkazish munosabati bilan tuzilgan Navoiy komiteti qoshida matnshunoslik komissiyasi tashkil etilgan edi. Ushbu matnshunoslik komissiyasi faqat Alisher Navoiy asarlarini xalqqa etkazishga emas, balki o‘zbek matnshunosligi sohasining takomillashuviga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu komissiya rahbarligida Alisher Navoiy asarlarining yig‘ma matni, nasriy bayoni, tanlanma nusxasi kabi nashrlari tayyorlanishi bevosita matnshunoslikning ilmiy-nazariy rivojlanishiga olib keldi. Xususan, matnshunoslik komissiyasi ishini boshqargan Solih Mutallibov tomonidan shoir asarlaridan bir nechasi nashrga tayyorlandi[17]. S.Mutallibov ilmiy faoliyatida Navoiy ijodi muhim o‘rin tutdi. Navoiy yaratgan hikmatli so‘z va iboralarning ma’nosini anglash, ularni kitobxonlarga etkazish borasidagi dastlabki ish ham S.Mutallibov tomonidan bajarildi[18]. S.Mutallibov shoir hikmatlarini matbuot orqali ommalashtirish maqsadida ularni e’lon qilib bordi[19]. Matnshunoslik komissiyasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy asarlari yig‘ma-qiyosiy matn shakli tayyorlandi. Yig‘ma-qiyosiy matn shakli nashrida asosiy nusxalar orasidagi farqlarni ko‘rsatuvchi ilmiy apparatni tuzib chiqish yo‘lga qo‘yildi. Bu jihatdan 1940 yili Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari yig‘ma-qiyosiy matn shakli va uning ilmiy apparati tayyorlangani diqqatga loyiqdir. Ushbu asar O.Usmonov va P.Shamsiev tomonidan tayyorlanib, lotin alifbosida keng ommaga mo‘ljallanib nashr etildi[20]. Asar matni Parij (1841), Istanbul (1895) va Qo‘qonda (1917) nashr qilingan kitoblar asosida tuzilib, Parij nashri tayanch nusxa sifatida olindi. Boshqa ikki nusxadagi farqli o‘rinlar ilmiy apparatda qayd etib borildi. Nashr ilmiy apparati unchalik katta bo‘lmasa-da, shoir asarlari matnini tuzishda ilmiy yondashuvning dastlabki namunalaridan biri bo‘lganligi bilan ahamiyatlidir. Bu nashr Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnini tuzish yo‘lidagi birinchi harakat va shoir asarlarini muallif tahririga yaqinlashtirish yo‘lida olg‘a qo‘yilgan qadam edi.[21] MatnshunoslikningbubosqichidaNavoiyasarlarimatniningnasriybayonlaribilanbirganashrgatayyorlanganimuhimhisoblanadi. Shoirning “LaylivaMajnun”, “Sab’aisayyor”, “Mahbubul-qulub”, “FarhodvaShirin” kabiasarlarinasriybayonibilannashretildi. Garchibunashrlartoshbosmanusxalarasosidatayyorlanganbo‘lsa-da, matnshunoslikkomissiyasiasarmatnininazoratgaolgan, ularningmukammalbo‘lishinita’minlagan. Jumladan, “FarhodvaShirin” dostonimatnivanasriybayoninitayyorlashdaG‘afurG‘ulom 1901 yiliShohmurodkotibtomonidanko‘chirilib, ToshkentdaPorsevmatbaasidabosilgannusxavaundantashqario‘zqo‘lidamavjudbo‘lganqo‘lyozmalargamurojaatetgan. G‘afurG‘ulom “FarhodvaShirin”dostonimatnivao‘ziyaratgannasriybayonxususidashundayyozadi: “Menbosmagatayyorlabbo‘lgandanso‘ng, NavoiyyubileyikomitetiningmatnshunoslikkomissiyasibuasarniO‘zbekistondavlatxalqkutubxonasidasaqlanganqadimnusxalarbilansolishtirib, tekshiribchiqdi. Menasoslanibtayyorlagannusxalardagikamchiliklarnitopib, unito‘latdi”.[22] O‘zbekmatnshunosligirivojidagiyanabirmuhimhodisaasarmatnitanlanmanusxasiningtayyorlanishibo‘ldi. Uni 1940 yiliSadriddinAyniytuzibchiqdi.[23] SadriddinAyniynashrxususidashundayyozadi: “AlisherNavoiyning “Xamsa”sida 50 mingmisradanortiqshe’rbor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim. Bu nusxani tartibga solishda har bir doston va bo‘limlardan xarakterli bo‘lgan parcha va misralarni terib oldim. Ammo har bir doston va boblarning ayrim tashlangan parcha va misralarining mazmunini bayon qildim. San’atkorona ishlangan, lekin u san’at oddiy o‘quvchilarning ko‘ziga ilinmay qoladigan, tushunishi qiyinroq bo‘lgan misra va baytlarni, shuningdek, Navoiyning shaxsiy hayotiga, yoki zamondoshlariga oid bo‘lgan joylarni izohlab o‘tdim. Ba’zi parcha va hikoyalarning tuzilishlari, ulardagi qahramonlar to‘g‘risidagi o‘z fikrimni ham bet ostida bayon qildim”.[24] A.Hayitmetov ta’kidlaganidek, S.Ayniy “Xamsa” dostonlari matnlarini izohlash, ularga lug‘atlar tuzish, ulardagi she’riy san’atlarni o‘rganish, tushunilishi qiyin bo‘lgan baytlarni soddalashtirib berish kabi masalalar ustida ko‘p ilmiy izlanishlarni olib bordi.[25] Sadriddin Ayniy bu katta va mas’uliyatli ish jarayonida “Xamsa” dostonlari mazmuni, syujetini saqlab qolishga harakat qildi. U obrazlar xarakterini gavdalantirib ko‘rsatuvchi, ularning orzu-intilishlarini ifodalangan satrlarni aynan saqlab qoladi. Sadriddin Ayniy tomonidan qo‘llangan bu usul xalq og‘zaki ijodi dostonlaridagi liro-epik shaklni xotirga keltiradi. Chunki “Xamsa” tarkibidagi dostonlar nazm-u nasr qorishmasida berilgan. “Xamsa” hoshiyalarida Sadriddin Ayniy tomonidan keltirgan va buyuk shoir badiiy mahoratini ochishga xizmat qiladigan izohlar chuqur ilmiyligi bilan ham diqqatga molikdir. O‘tgan asrning 50–60-yillarida qo‘lyozma manbalarni o‘rganish va nashrga tayyorlash davr siyosiy talabi ham edi. 1957 yiliToshkentdasharqshunoslarningButunittifoqbirinchikonferensiyasio‘tkazildi. ShukonferensiyadaishtiroketgandavlatrahbariN.A.Muhiddinovningnutqidashundayso‘zlarnio‘qiymiz: “Afsuski, bizo‘rtaasrSharqiningko‘zgako‘ringanfanvamadaniyatarboblariasarlarinijudasekinnashretmoqdamiz. Respublika hukumatining Alisher Navoiy asarlarining to‘la to‘plamini nashr etish to‘g‘risidagi qarori sust bajarilmoqda”.[26] BudavrdafaqatNavoiyasarlariemas,balkiko‘plabmumtozadabiyotvakillariasarlarininashrqilishgae’tiborkuchaydi. Shuninguchunba’ziasarlarmukammalo‘rganildi, ba’zilariesato‘latadqiqetilmasa-da, ilmiy-ommabopshakldaxalqimizgaetkazildi. Masalan, 1959 yili “O‘zbekadabiyoti” (xrestomatiyao‘rnida) 4 jildlikkitobinashrio‘zbekmumtozadabiyotitarixidagio‘qilmagansahifalarnio‘qish,hayotivaijodio‘rganilmayqolganijodkorlarnikashfetib,ularningasarlarinusxalarinianiqlashgayordamberadiganmuhimmanbabo‘ldi. Bu kitobda asosan yig‘ilgan yangi materiallar e’lon qilindi, shoirlar ijodini yoritishda asosiy jihatlar belgilandi. Bu davrga xos jihatlardan biri shunda ko‘rinadiki, Navoiy asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish sohasida katta amaliy faoliyati olib borildi. Jumladan, S.Mutallibov 1944-yili “Hayrat ul-abror”ning tanqidiy matni” mavzuida nomzodlik, 1952-yili P. Shamsiev “Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonining ilmiy-tanqidiy matni va uni tuzish prinsiplari” nomli nomzodlik, 1970-yili “Alisher Navoiyning “Xamsa”sining ilmiy-tanqidiy teksti va uni tayyorlash prinsiplari” nomli doktorlik, H.Sulaymonov 1961- yili “Alisher Navoiy lirikasining tekstologik o‘rganilishi” nomli doktorlik, S.G‘anieva 1956-yili “Majolis un-nafois”ning III va IV majlislari ilmiy-tanqidiy matni va adabiy tahlili” mavzuida[27] nomzodlik, L.Xalilov 1975 yili “Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asarining tekstologik tadqiqi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Navoiy asarlari nashri o‘zbek matnshunosligi ilmiy-nazariy taraqqiyotining eng yuqori bosqichini boshlab berdi. O‘zbek matnshunoslik maktabi yaratgan tekstologik prinsiplar keyingi tadqiqotlarning takomillashuviga zamin yaratdi. Matnshunoslikning ushbu rivojlanish bosqichida ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning nazariy jihatlari ishlab chiqildi. 2.Diplomatik nashr, faksimil nashr, akademik nashr. Akademik nashr — fan, adabiyot va sanʼat asarlarining ilmiy asosda tayyorlangan nashri. Asosan mutaxassislar va ilm ahliga moʻljallanadi, ilmiy tadqiqot maqsadini koʻzda tutadi. Akademik nashr ijodkorning butun merosini toʻliq qamrab olishi, asarlarining ilmiy oʻrganilgan matni bilan birga turli jihatlarini ham oʻz ichiga olishi, ilmiy qayd, izoh va sharxlarga ega boʻlishi bilan boshqa nashrlardan farqlanadi. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi „Fan“ nashriyotida nashr etilgan Oybek asarlarining 20 jildligi, H. Olimjon asarlarining 10 jildligi Akademik nashr hisoblanadi.[ Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling