1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


-yilni hijriy qamariy yilga aylantiring


Download 174.94 Kb.
bet36/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

3.1483-yilni hijriy qamariy yilga aylantiring.
(M-621):33+ (M-621)
(1483-621):33+(1483-621)=888
23-bilet
1.Devonning manba sifatidagi o‘ziga xosligi va tuzilishi.
Devon so‘zining lug‘aviy ma’nosi – yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam. Devon sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Devonga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar, masalan, kotiblar, shogirdlar, muxlislar tomonidan tartib berilgan. Sharq adabiyotida devon tartib berish an’anasining o‘ziga xos qonuniyatlari bor. Devonga kiritilgan she’rlar, bir tomondan, janriga ko‘ra, ikkinchi tomondan esa g‘azallarni alifbo tartibiga ko‘ra joylashtiriladi. Devonlar, asosan, g‘azal janri bilan, ba’zan esa qasida bilan boshlanadi. Navoiyning “Xazoinul maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi “G‘aroyib sig‘ar” devoniga g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, masnaviy, qit’a, ruboiy tarzida tartib berilgan bo‘lsa, “Badoiul vasat” devoni g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, qasida, qit’a, chiston, tuyuq tarzida tartiblangan.
Alisher Navoiy merosini to‘liq va mukammal o‘rganishimizda shoir asarlarining qo‘lyozma nusxalarini topish hamda ommalashtirish muhim. H. Sulaymonov Istanbuldagi To‘pqopi saroy kutubxonasida saqlanayotgan Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan ko‘chirilgan Navoiy kulliyotining tartibini shoir o‘zi tuzib chiqqan degan so‘zlarni qayd etadi.[1] Mazkur kulliyotda shoirning 27 asari jamlangan.[2]
Har bir asar yangi sahifada alohida-alohida juda chiroyli naqshlar bilan bezatilgan maxsus ramkalarda “Kitobi Lison ut-tayr”, “Kitobi Layli va Majnun”, “Kitobi chor devon” kabi nomlangan. Navoiy kulliyotining ikkinchi sahifasida “Kitobi munojotnoma” alohida sahifadan boshlanib, hamd va na’t, munojotlar qizil rangda matn ichida berilgan.
Hozirgi zamon adabiyot ilmida badiiy asar matni tahlil va talqinning asosiy ob’ektiga aylandi. Zotan, matn zamirida asar muallifining dunyoqarashi, inson va jamiyat haqidagi konseptsiyasi, badiiy-estetik printsiplari, san’ati, makon va zamon, milliy tafakkur mujassam bo‘ladi. Qolaversa, matn tahlili badiiy asarni xolis baholashga imkon yaratadi.
Erkin ilmiy-ijodiy muhit barqarorlashgan Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahlilining zamonaviy, ilg‘or tendentsiyalari bo‘y ko‘rsata boshladi. Adabiy merosga yangicha nuqtai nazardan yondashish, mumtoz adabiyotimiz namunalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan asosi sifati har jihatdan o‘rganish istiqlol yillarida faol tus oldi. Yaqin o‘tmishda “diniy-mistik”, “g‘ayrisho‘roviy”, “saroy adabiyoti” degan siyosiy yorliqlar bilan o‘qish-o‘rganish man etilgan asarlar ilmiy o‘rganilib, ko‘p nusxalarda chop etildi. Bu borada matnshunoslar, tadqiqotchilar xizmati e’tirofga loyiq. Biroq adabiy merosimiz namunalarini bugungi talab darajasida mukammal tadqiq etish va nashrga tayyorlash matnshunoslik sohasi oldiga jiddiy vazifalarni qo‘yayotgani sir emas. Ayni paytda matnshunoslik muammolari nimalardan iborat, ularning yechimi qanday, degan savollar dolzarb bo‘lib turibdi.
Bugungi kunda matnshunosligimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi. Jumladan, ko‘plab asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash zarur. Shu kungacha Lutfiy, Sakkokiy singari shoirlar asarlari bosilib chiqqan. Biroq ular devonlarining mukammal nashrlarini tayyorlash lozim. Mana, yaqinda Lutfiyning avvalgi nashrlariga kirmay qolgan she’rlarini Anqara nashri asosida chop etdik. “Majolis un-nafois” izohlari bilan nashr qilinmoqda. Kelgusida Lutfiy devonining mukammal nashrini tayyorlashimiz lozim. Sakkokiy va yana boshqa ko‘p shoirlarning mukammal nashrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarur.
Alisher Navoiy asarlari nashrlari ustida ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Masalan, shoir asarlarining akademik (ilmiy), ilmiy-ommabop nashrlarini tayyorlash kerak. Ularni tayyorlashda, albatta, shu kungacha chiqqan nashrlardan foydalanish bilan birga qo‘lyozmalarga ham qayta murojaat etish lozim. Matnshunoslikdagi ilmiy-tanqidiy matn, chog‘ishtirma matn, ilmiy nashr, ilmiy-ommabop nashr kabi tushunchalarni, ular o‘rtasidagi farqlarni tushunib yetishimiz kerak. Chop etilayotgan asarga ilova qilinadigan sharh va izohlar, lug‘atlar ham shunga qarab belgilanishi lozim. Shu paytgacha bizda “Xazoyin ul-maoniy”ning ilmiy matni mavjud emas. Bizning nazarimizda, keyingi yillardagi dastlabki mukammal nashr hisoblangan “Xazoyin ul-maoniy” (1959 - 1960), keyingi 20 jildlikka kirgan devonlar ham ilmiy-tanqidiy matn asosida chop etilmagan. Albatta, ularni tayyorlash uchun ko‘p mehnat sarflangan, katta-katta olimlarimiz jiddiy izlanishlar olib borganlar. Shunday bo‘lsa-da, “Xazoin ul-maoniy”ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan.


Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling