1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari


Download 25.86 Kb.
bet1/9
Sana07.02.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1174353
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aromatik uglevodorodlar


Aromatik uglevodorodlar. Neft va tabiiy gaz.
Reja.

1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari.
2. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
3. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.
4. Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari.


1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari.


Molekulasida atomlarning o`ziga xos bog`lanishli siklik guruhi–benzol yadrosi bor birikmalar aromatik birikmalar deyiladi. Aromatik uglevodorodlarning xalqaro nomi–arenlar.
Arenlarning molekulalari halqali tuzilishga ega. Bundan tashqari, ularning ba`zilari xushbo`y hidga ega. Shuning uchun ularning ilgarigi tarixiy nomi–aromatik uglevodorodlar saqlanib qolingan. Hozirgi vaqtda tuzilishi va kimyoviy xossalari jihatidan aromatik uglevodorodlarga kiradigan, garchi ular bunday hidga ega bo`lmasa ham juda ko`p moddalar ma`lum.
Arenlarning eng oddiy vakili benzol C6H6. Benzol molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani dastlab nemis kimyogari Kekule 1865 yilda taklif etgan edi. Benzol molekulasida oltita uglerod atomi va oltita vodorod atomi bo`ladi.
Benzol molekulasining tuzilishini atsetilendan hosil bo`lish reaksiyasi bilan uzil–kesil isbotlandi. Struktura formulasida navbatlashib keladigan uchta birlamchi va uchta ikkilamchi C-C bog`lanishlar tasvirlanadi. Lekin bunday tasvirlash benzolning haqiqiy tuzilishini aks ettirmaydi. Haqiqatda benzolda C-C bog`lanishlar teng qimmatli va ularning xossalari birlamchi bog`lanishlarning ham, qo`shbog`larning ham xossalariga o`xshaydi. Bu xususiyatlari benzol molekulasininig elektron tuzilishi bilan tushuntiriladi. Arenlarning molekulalari halqali tuzilishga ega. Bundan tashqari, ularning ba`zilari xushbo`y hidga ega. Shuning uchun ularning ilgarigi tarixiy nomi–aromatik uglevodorodlar saqlanib qolingan. Hozirgi vaqtda tuzilishi va kimyoviy xossalari jihatidan aromatik uglevodorodlarga kiradigan, garchi ular bunday hidga ega bo`lmasa ham juda ko`p moddalar ma`lum.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling