1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari


Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari


Download 25.86 Kb.
bet9/9
Sana07.02.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1174353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aromatik uglevodorodlar

4. Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Tabiiy gazlar, neft va toshko`mir–uglevodorodlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Tabiiy gaz tarkibida molekulyar massasi kichik bo`lgan uglevodorodlar bo`ladi. Uning hajmiy jihatdan taxminiy tarkibi 80-98 % metan, 2-20 % uning eng yaqin gomologlari etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar–H2S, N2, nodir gazlar, CO2 va suv bug`laridan iborat bo`ladi.
Odatda neftda erigan holda bo`ldigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo`ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo`ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar bo`ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo`lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo`shimchalar, chunonchi: H2S, N2, nodir gazlar, suv bug`lari, CO2 bo`ladi.
Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo`lgan (1m3 gaz yoqilganda 54400 kJ gacha issiqlik chiqadi) atzon yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqsri, tabiiy gazlar kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad–to`yingan uglevodorodlarni ancha aktiv–to`yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so`ngra to`yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalar) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo`li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko`mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo`li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko`paydi. Ko`mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbai va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Toshko`mirni qayta ishlashning asosiy usuli–kokslash (quruq haydash) usulidir. Kokslashda (havosiz joyda 1000-1200 0C da qizdirish) turli xil mahsulotlar: koks, toshko`mir smolasi, ammiakli suv, koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60 % H2, 25 % metan, 5 % CO, 2 % NO2, 2 % C2H4, 2% boshqa gazlar.
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (1m3 koks gazi yonganda 18000 kJ issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi.

Masalan, undan azotli o`g`itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.
Toshko`mir smolasi rektifikatsion usulda haydaladi, undan benzol, toluol, ksilol, naftalin, fenollar, azotli birikmalar olishda ishlatiladi. Qoramoy–smola haydalgandan keyin qolgan quyuq qora massadan elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi.
Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling