1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari


Rus olimlari N. D. Zelinskiy va B. A. Kazanskiy usuli bo`yicha benzol olish uchun aktivlangan ko`mir solingan 600


Download 25.86 Kb.
bet4/9
Sana07.02.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1174353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aromatik uglevodorodlar

Rus olimlari N. D. Zelinskiy va B. A. Kazanskiy usuli bo`yicha benzol olish uchun aktivlangan ko`mir solingan 600 0C gacha qizdirilgan nay orqali atsetilen o`tkaziladi. Atsetilenning uchta molekulasi polimerlanishi natijasida benzol hosil bo`ladi: 3HCCH  C6H6
Fizik–kimyoviy xossalari. Benzol–rangsiz, uchuvchan, o`t olish xavfi bor, suvda amalda erimaydigan, o`ziga xos hidli suyuqlik. Uning qaynash temperaturasi 80,1 0C. Sovitilganda u osongina qotib, oq kristall massaga aylanadi, suyuqlanish temperaturasi 5,5 0C. Aromatik uglavodorodlarning qaynash temperaturasi ularning nisbiy molekula massasi ortib borgan sari qonuniy ravishda ortadi.
Suyuq benzol va benzol bug`lari zaharlidir. Odatdagi sharoitda aromatik uglevodorodlarning ko`pchiligi rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, o`ziga xos hidi bor.
Benzol yadrosi ancha mustahkam. Aromatik uglevodorodlarning o`rin almashinish reaktsiyasiga moyilligi ham shu bilan tushuntiriladi.
Kimyoviy xossalari jihatidan benzol va boshqa aromatik uglevodorodlar to`yingan va to`yinmagan uglevodorodlardan farq qiladi. Ular uchun xos reaksiyalar benzol yadrosidagi vodorod atomlarining o`rnini olish reaksiyalaridir. Bu reaksiyalar to`yingan uglevodorodlardagiga qaraganda oson sodir bo`ladi. Organik birikmalarning ko`pchiligi shu yo`l bilan olinadi.
1. O`rin olish reaksiyasi. 1) Benzol katalizator–temir (III) tuzlari ishtirokida o`rin almashinish reaksiyasiga kirishadi. Masalan, benzol brom bilan (katalizator FeBr3 ishtirokida) reaksiyaga kirishganida H atomining o`rnini Br atomi oladi: C6H6 + BrBr  C6H5Br + HBr
brombenzol
Brombenzol–suvda kam eriydigan rangsiz suyuqlik.
Boshqa katalizatorda benzoldagi hamma vodorod atomlari o`rnini galogen olishi mumkin. Masalan, benzolga AlCl3 ishtirokida xlor yuborilganda shunday reaksiyaga kirishadi.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling