metilbenzol yoki toluol, dimetilbenzol yoki ksilol, etilbenzol.
Agar benzol molekulasidagi vodorod atomlari bir necha radikal bilan almashgan bo`lsa, uning orto-, meta- va para- hosilalari hosil bo`ladi. Bunday moddalarni nomlash uchun formuladagi uglerod atomlari nomerlanadi, orto- (o-), ya`ni 1,2–izomer, meta- (m-), ya`ni 1,3–izomer va para- (p-), ya`ni 1,4–izomer ifodalar qisqacha yoziladi.
Stirol. Benzol molekulasida bitta vodorod atomi vinil radikaliga almashinsa vinilbenzol yoki stirol hosil bo`ladi.
Stirol–xushbo`y rangsiz suyuqlik, suvdan yengil, 145 0C da qaynaydi. To`yinmagan uglevodorodlarning xossalarini saqlab qolgan: bromli suvni va KMnO4 eritmasini rangsizlantiradi.
Stirol juda oson polimerlanib, polistirol hosil qiladi. Uning butadiyen bilan birga polimerlanish xususiyati ayniqsa qimmatlidir, buning natijasida butadiyen–stirol kauchuklarning turli navlari (issiqbardosh va sovuqbardosh, yedirilishga chidamli, juda elastik, moylar ta`siriga chidamli) olinadi. Ulardan shinalar, transportyor, eskalatorlarning lentalari, yengil mikrog`ovak tagcharmlar tayyorlanadi.
2. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Olinishi. Aromatik uglevodorodlar, ya`ni benzol va uning gomologlari ko`plab miqdorlarda neftdan va toshko`mirni quruq haydash (kokslash) paytida hosil bo`ladigan toshko`mir smolasidan olinadi. Toshko`mir koks–kimyo va gaz zavodlarida quruq haydaladi.
Siklogeksanning benzolga aylanish reaksiyasi (degidrogenlanish) benzolni 300 0C da katalizator (Pt kukuni) ustidan o`tkazilganda sodir bo`ladi. To`yingan uglevodorodlarni degidrogenlash reaksiyasi bilan aromatik uglevodorodlarga ham aylantirish mumkin. Masalan:
CH3CH2CH2CH2CH2CH3 C6H6 + 4H2
Do'stlaringiz bilan baham: |