1. Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari. Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari


Benzolning elektron tuzilishi. Benzol molekulasida uglerodning har qaysi atomi sp


Download 25.86 Kb.
bet2/9
Sana07.02.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1174353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aromatik uglevodorodlar

Benzolning elektron tuzilishi. Benzol molekulasida uglerodning har qaysi atomi sp3–gibridlanish holatida bo`ladi. U ikkita qo`shni uglerod atomlari va vodorod atomi bilan uchta -bog`lanish orqali bog`langan. Natijada yassi oltiburchaklik hosil bo`ladi: C ning oltita atomining hammasi va barcha -bog`lanishlar C-C va C-H bitta tekislikda yotadi. Gibridlanishda ishtirok etmaydigan to`rtinchi elektronning (p-elektronning) elektron buluti gantel shaklida bo`ladi va benzol halqasining tekisligiga perpendikulyar yo`naladi. Qo`shni C atomlarining bunday p-elektron bulutlari halqa tekisligining usti va ostida bir-birini qoplaydi. Natijada oltita p-elektron umumiy elektronlar buluti va barcha C atomlari uchun yagona kimyoviy bog`lanishni hosil qiladi. Katta elektron zichlikning ikkita sohasi -bog`lanishlar tekisligining ikkala tomonida joylashadi.
-elektron buluti C atomlari orasidagi masofaning qisqarishiga olib keladi. Benzol molekulasida bu masofalar bir xil va 0,14 nm ga teng. Oddiy va qo`shbog`larda bu masofalar tegishlicha 0,154 va 0,134 nm bo`lur edi. Demak, benzol molekulasida oddiy bog`lanishlar ham, qo`shbog`lar ham yo`q. Benzol molekulasi – bitta tekislikda yotadigan bir xil CH-guruhlardan tekib topgan barqaror olti a`zoli sikldir. Benzolda C atomlari orasidagi barcha bog`lanishlar teng qimmatli bo`lib, benzol yadrosining o`ziga xos xususiyatlari ana shu tufaylidir. Bu holni benzolning ichiga chizilgan to`g`ri to`rtburchaklik shaklidagi struktura formulasi eng aniq aks ettiradi. Lekin ko`pincha qo`shbog`larni ko`rsatgan holda Kekule formulasidan ham foydalaniladi.
Benzolning gomologik qatori. Benzol gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n-6. Gomologlarni benzolning molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlari o`rnini turli xil uglevodorod radikallari egallagan hosilalari sifatida qarash mumkin. Masalan:
C6H5CH3 C6H4(CH3)2 C6H5C2H5

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling