1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy Kompyuterlar
- IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple
Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar
tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol boʻla roladi. Shaxsiy Kompyuterlar-hozirda koʻpchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil qiladi. U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: - sistema bloki - monitor - klaviatura - sichqoncha - tashqi qurilmalar - Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) koʻrinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan boʻlib, ular quyidagilardir: - Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin boʻlgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. - Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi. - Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1 - Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi. - Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki). - Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver) - Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver) - Faqat oʻqish uchun moʻljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat. - Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali koʻplab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. - Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. - Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash koʻrish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil koʻrinishlari mavjud, ya‘ni ular oʻzidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) soʻzlarini uchratish mumkin. Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda boʻlgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda. - Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng boʻlgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng boʻlgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng boʻlishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini oʻrnatish mumkin. - Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak boʻladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yoʻlaklariga ajratadi. Quyi chastotali yoʻlak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yoʻlakli chastotalar esa qabul qilish uchun qoʻllaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: - IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling