1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш
Download 62.88 Kb.
|
навбахор
25 Мияча физиологияси.
Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish. Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi 26 Ички секретсия безларининг умумий физиологияси Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi. Gormonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor. 1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar paydo qiladi. 3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa yuragining ishini tezlashtira oladi). 4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir). 5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega. 6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan(peptid goormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi. 7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q. 8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi Download 62.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling