1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш


Гипоталамо-гипофизар система


Download 62.88 Kb.
bet25/45
Sana21.11.2021
Hajmi62.88 Kb.
#176281
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
навбахор

29 Гипоталамо-гипофизар системаGipofizning glandotrop gormonlarini va o'sish gormonini qonga o'tishinigipotalamusning gipofizotrop sohasi boshqaradi.
Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar gipofizning oldingi bo'lagidan
(adenogipofizdan) gormonlarning sintezlanishi va qonga o'tishini tezlashtiradigan
rilizing-gormonlarni (liberinlarni) va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni(statinlarni) ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni adenogipofizga qon yetkazadi. Yuqori gipofizar arteriya gipotalamusning gipofizotrop sohasida mayda kapillyarlarga bo'linib, neyrosekretor hujayralar atrofida mayda to'r hosil qiladi (29-rasm). Bu kapillyarlar to'ridan qon oqib o'tayotganda gipofizotrop gormonlar unga o'tadi. Kapillyarlar yig'ilib, gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi. Portal tomirlardagi qon adenogipofiz hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi.
Adenogipofiz faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan oltita rilizing-gormon va
uchta statin ma'lum (5-jadval). Bu gormonlarning nomi qonga o'tishni boshqrib turadigan gipofizar gormonga bog'liq. Masalan, gipofizdan tireotrop gormonning qonga o'tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-rilizing-gormon yoki tireoliberin deyiladi.Gipofizotrop gormonlarning qonga o'tib, gipofizga yetib kelishi chetdagi endokrinbezlar gormonlarining qondagi miqdoriga bog'liq. Masalan, qonda kortizon miqdori ortsa, gipotalamusdan adrenokortikotrop gormonning rilizing omili qonga oz miqdorda o'ta boshlaydi. Natijada gipofizdan AKTG ning qonga o'tishi kamayadi. Bu o'z navbatida, kortizonning buyrak usti bezidan qonga o'tishini sekinlashtiradi. Natijada kortizonning qondagi miqdori me'yoriga tushadi. Boshqa gipofizotrop gormonlar inkretsiyasi ham shu xilda boshqariladi.


Download 62.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling