1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш
Download 62.88 Kb.
|
навбахор
22Спинал шок.
Orqa miyaning ko‘ndalangiga toia kesilishi sut emizuvchi hayvonlarda juda og‘ir ahvolga – spinal karaxtlik rivojlanishiga olib keladi. Tananning orqa miyani qirqilgan joyi ostidagi segmentlar nervlaydigan qismlarida ixtiyoriy harakatlar umrbod yo‘qoladi. Bu sohalarda sezgilar ham butunlay yo‘qolib, aslo tiklanmaydi. Qirqilgandan so‘nng ma‘lum vaqt davomida pastki segmentlardagi markazlar yuzaga chiqaradigan somatik va vegetativ reflekslar yo‘qoladi. Bir-ikki oy davomida tananing shikastlangan sohasida teri qurib, qizaradi, harorati ko‘tariladi. Chunki tomirlar va ter bezlariga simpatik markazlarning ta‘siri susayadi. Qon tomirlar kengayadi, ter ajtalishi kamayadi.Tannaning katta sohasida qon tomirlarning birdan kengayishi qrterial qon bosimining xavfli darajada pasayishiga sabab bo`lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan orqa miyaning qirqilgan joyidan past qismida reflekslar asli holiga kela boshlaydi. Pay reflekslari paydo bo`ladi, qon tomirlar tonusi tiklanadi. Keyingi davrda orqa miya yuzaga chiqaradigan reflekslar kuchayadi. Somatik reflekslardan birinchi galda bukuvchi reflekslar kuchayadi. Olti-yetti oydan so‘ng yoyuvchi reflekslar ham paydo bo`ladi. Spinal karaxtlik rivojlanishiga orqa miya qirqilgandan keyin shikastlangan sohadanpast qismiga supraspinal ta‘sirlarning o‘tmay qolishi sabab bo`lsa kerak. Chunki reflektor faoliyat tiklangandan keyin orqa miya takroran qirqilganda, spinal karaxtlik rivojlanmaydi. Spinal karaxtlikning og‘irligi va davomiyligi hayvonlarning qanchalik rivojlanganiga bog‘liq. Baqada bu holat faqat bir necha minut davom etsa, primatlarda hafta va oylarga cho‘ziladi. Orqa miyaning yarmi ko‘ndalangiga kesilsa, kesilgan tomondagi muskullar shol bo`ladi, muskul holatini va og‘riqni sezish buziladi, qon tomirlar ham shol bo`lib, kengayib ketadi. Qarama-qarshi tomondagi muskullarning ixtiyoriy harakatlari saqlanib qoladi, muskul holatini sezish ham buzilmaydi, ammo og‘riqni va haroratni sezish yo‘qoladi. Taktil sezgi tananing har ikki tomonnida ham sal pasayadi. Bu alomatlaryig‘indisi Broun-Sekar sindromi deyiladi. Orqa miya tajriba uchun ko‘ndalangiga kesiladi ham. Bosh miyasi orqa miyasidan ajratilgan – spinal hayvonlarda spinal karaxtlik tugaganidan so‘ng, orqa miya reflekslarimiyaning yuqori qismlarini ta‘siridan xalos bo`lganida o‘rganish imkoniyati paydobo`ladi. Download 62.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling