1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш


Qo’zg’alishni to’xtatb o’tkazish


Download 62.88 Kb.
bet18/45
Sana21.11.2021
Hajmi62.88 Kb.
#176281
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
навбахор

Qo’zg’alishni to’xtatb o’tkazish. Nerv markazining bu xossasi ham sinnaps faoliyatiga bog‘liq. Afferent tola bo‘ylabyuqori tezlikda o‘tayotgan impulslar markazga kelib ma‘lum vaqtga to‘xtab qoladi.Chunki markazda qo‘zg‘alish bir yoki bbir nechta sinapsdan o‘tishi kerak.Qo‘zg‘alishning sinapsdan o‘tishi quyidagi uchta asosiy jarayondan iborat. Nervoxirlariga yetib kelgan impulslar ta‘sirida mediator ajraladi. Mediator sinaps yorig‘idano‘tib, postsinaptik membranaga ta‘sir qiladi va bu membrananing ion o‘tkazuvchanligini
o‘zgartirib, qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial hosil qiladi. Qo‘zg‘alishning markazichida afferent neyrondan efferent neyronga o‘tkaziladigan vaqti refleksning chin yokimarkaziy vaqti, deb ataladi. Monosinaptik refleks yoylarida bu vaqt 1,5-2 ms.Polisinaptik reflekslarning markaziy vaqti ikki, uch va bundan ko‘p marta oshadi

17. Марказий тормозланиш.

I.M.Sechenov 1862-yilda birinchi bo`lib MNT da tormozlanish hodisasini kashf etdi.
U bosh miyaning ko‘ruv do‘mboqlaridan yuqori qismi kesib tashlangan baqani olib,
oyoqlarini kislota eritmasidan tortib olish refleks vaqtinni oichadi. Oddiy sharoitda bu
vaqt (oyoq sulfat kislota eritmasiga botirilgandan boshlab, baqa tortib olgunncha o‘tganvaqt) 5-6 sekundga teng. Agar refleks paydo qilishdan oldin miyaning qirqilgan yuzasigata‘sirlovchi sifatida osh tuzi kristalli qo‘yilsa, refleks vaqti juda uzayib ketib, 15-20sekundga yetadi. Shu tajriba asosida I.M.Sechenov ko‘ruv do‘mboqlari sohasida orqamiya reflekslarini tormozlaydigan markazlar bbor, degan xulosaga keladi.
F.Gols baqaning ko‘ruv do‘mboqlari olib tashlangandan keyin ham orqoa miya
reflekslarining tormozlanishini kuzatdi. Undan tashqari, F.Gols baqaning oyog‘ini
kislota eritmasidan tortib olish refleksi tormozlanishi uchun ikkinchi oyog‘ini pinset
bilan qisish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shu asosda F.Gols miya stvolida orqa miya
reflekslarini tormozlovchi tuzilmalar bor, degan fikrga qarshi chiqdi

18. Тормозланишнинг турлари.

Hozirgi vaqtda tormozlanishning ikkita turi – birlamchi va ikkilarnchi tormozlanishtafovut qilinadi.Birlamchi tormozlanish yuzaga chiqishida maxsus tuzilmalar ishtirok etadi va butormozlanishdan oldin qo‘zg‘alish jarayoni kuzatilmaydi. Ikkilarnchi tormozlanishningrivojlanishi uchun maxsus tuzilmalar kerak emas. Bu tormozlanish ko‘pinncha markazga
impulslar o‘tkazuvchi yo`llarda kuchli qo‘zg‘alish paydo bo`lishi natijasidir.
Qaytar tormozlanish, antagonist markazlarining payvasta (retsiprok) tormozlanishi,presinaptik tormozlanish birlamchi tormozlanishga misol bo`lishi mumkin. Pessimaltormozlanish, qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanishlar esa ikkilarnchi tormozlanishgamisol bo`la oladi.
QAYTAR(POSTSINAPTIK)TORMOZLANISH
Bu tormozlanishning rivojlanishida maxsus tormozlovchi neyronlar – Renshou
hujayralari ishtirok etadi (18-rasm). Orqa miyadagi motoneyronlarning aksonlari
miyadan chiqish oldida bitta-ikkita yonshoh beradi. Bu yonshohlar orqa miyaning shusegmentida joylashgan Renshou hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Motoneyronqo‘zg‘alganda, impulslar uning aksoni bo‘ylab muskulga yetib boradi. Yonshoh orqalio‘tgan impulslar esa tormozlovchi Renshou hujayrasini qo‘zg‘atadi. Bu hujayraningaksoni motoneyron somasida tormozlovchi sinapslar hosil qiladi. Renshou hujayrasiqo‘zg‘alganda, tormozlovchi sinapslarda motoneyron membranasinigiperpolyarizatsiyaga olib keladigan mediator ajraladi. Natijada motoneyronningqo‘zg‘aluvchanligi susayadi.

PRESINAPTIK TORMOZLANISH


Nomidan bilinib turibdiki, bu jarayon aksonning sinaps oldidagi juda ingichka
oxirlarida sodir boladi. Shu akson oxirlarida boshqa neyronning akson oxirlari maxsustormozlovchi akso-aksonal sinapslar hosil qiladi (18-rasm, B).
Tormozlovchi hujayra tinch holatda bo`lganida 1-afferennt tola orqali kelgan
impulslar qo‘zg‘atuvchi neyronga to‘xtovsiz kelib, uni qo‘zg‘atadi. Bundan oldinroq 2-afferent tola lrqali kelgan impulslar tormozlovchi hujayrani qo‘zg‘atsa, aksonlari oxiridaajralgan mediator (balki u gamma- amonomoy kislota bo`lsa kerak), 1-afferent tolanidepolyarizatsiyaga uchratadi. Enda bu yerdan o‘tayotgan impulslar amplitudasikichiklashadi. Impulslarning kuchsizlanishi akso-somatik sinapslarda (4) kam miqdordamediator ajralishiga olib keladi. Natijada neyron qo‘zg‘alishi sustroq bo`ladi, utormozlanadi


Download 62.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling